Yuqori tezlik magistrallarini ishlatish tajribasi


Yo‘lovchi poyezdlarining harakatlanish tezliklari bo‘yicha temir yo‘llar tasnifi


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/24
Sana04.02.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1161506
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
Ertagangngi fandan maruzalar to\'plami

 
Yo‘lovchi poyezdlarining harakatlanish tezliklari bo‘yicha temir yo‘llar tasnifi 
 
Yuzaga kelgan tasnifga muvofiq yuqori tezlikdagi temir yo‘llarga yo‘lovchilar 
ixtisoslashtirilgan harakatlanuvchi tarkibda yuksak darajadagi xavfsizlik va qulaylik 
darajasi bilan soatiga 200 km dan katta tezliklarda muntazam va ommaviy tashish ishlari 
amalga oshiriladigan liniyalar oid hisoblanadi. Bu qabul qilingan me`yorlar va loyiha 
ko‘rsatkichlari, muhan-dislik-texnik yechimlari, harakatlanuvchi tarkibning talab 
darajasidagi qu-rilish-texnologik ijrosi va harakatlanuvchi tarkibdan, statsionar qurilmalar 
va inshootlar, barcha tizimlar, shuningdek infratuzilmadan foydalanish yordamida 
ta`minlanadi. Temir yo‘l transportida masalan, havodagi «tovush tezligi» (330 m/s) kabi 
«yuqori tezlikdagi» harakat hududi, me`yorini uzil-kesil belgilab bera-digan obyektiv 
chegara mavjud emas. Biroq yuqori tezlikdagi harakat zonasi chegaralarini aniqlab olishga 
harakat-intilish yo‘q emas. «G‘ildirak-rels» ko‘rinishidagi an`anaviy temir yo‘l transport 
tizimi uchun soatiga 250 km va undan katta tezliklarga erishganda harakatlanuv-chi tarkib 
harakatiga ko‘rsatiladigan qarshilik keskin ortishi, va buning oqi-batida, poyezd tortuviga 
qilinadigan energetika xarajatlarining oshishi ku-zatiladi. Soatiga 250 km dan katta 
harakatlanish tezliklari uchun statsionar qurilmalar, infratuzilma va harakatlanuvchi 
tarkibni texnik jihatdan oddiy liniyalarga qaraganda yuqori darajada jihozlash talab etiladi. 
Bu qurish ka-pital xarajatlari ortishi, harakatlanuvchi tarkibning foydalanish (ekspluatat-


siya) qiymati ko‘tarilishiga olib kelib, bu hol iqtisodiy jihatdan yo‘lovchi-larni 400-800 km 
uzunlikdagi marshrutlarda yalpi tashishda o‘zini oqlaydi.Temir yo‘l transporti ixtiro etilgan 
dastlabki davrlardayoq uning asos-chilaridan, umumiy foydalanishdagi birinchi temir yo‘l 
quruvchilaridan bi-ri bo‘lgan Jorj Stefenson «Temir yo‘l ekipaji va relslar yagona transport 
mashinasi sifatida ko‘rilishi kerak» degan edi. Tezlik boshqa ko‘rsatkich-lardan farqli 
ravishda yo‘l tuzilmasi va harakatlanuvchi tarkibning bir-biriga optimal muvofiqligi nuqtai 
nazaridan ana shu mashinaning «yaxlitligi, birligini» tavsiflab keladi. Poyezdlarning 
maksimal, yanada muhimrog‘i o‘rtacha harakatlanish tezligini bir kilometrga oshirish 
ulkan tashkiliy-texnik, muhandislik kuchlari va moddiy xarajatlarni talab etgan.XX asr 
boshida temir yo‘l transportida soatiga 140-160 km tezlikdagi harakat yuqori tezlikda 
harakatlanuvchi transport toifasiga oid hisoblangan. Asr oxiriga kelib yuqori tezlikli 
harakat chegarasi soatiga 200 km qiymatiga qadar ko‘tarildi. Bugungi kunda ko‘plab 
mamlakatlarda qabul qilingan bu qiymat ko‘p jihatdan konvencional ko‘rinishga ega bo‘lib, 
tarixiy jihatdan yuzaga kelgan deb aytish mumkin.Tezyurar (katta tezlikdagi) temir yo‘l 
harakatining zamonaviy taraqqi-yot bosqichi jahon temir yo‘l hamjamiyatida yuqori 
tezlikli temir yo‘l harakatining tezliklar gradatsiyalarida qo‘shimcha yuz berganligi bilan 
tavsiflanadi. Agar bunga qadar «tezyurar temir yo‘llar», «tezyurar poyezd-lar» 
tushunchalariga bir ma`noda, uzil-kesil ta`rif berilgan bo‘lsa (ingliz tilidagi adabiyotlarda 
«High speed railways», «High speed trains»), endi tobora ko‘proq tezlikning navbatdagi, 
nisbatan yuqori toifasi, ya`ni «Extre-me high speed» yoki «Very high speed» — 
«favqulodda» yoki «o‘ta» katta tezlikdagi temir yo‘l, poyezd ham belgilab beriladi.Mos 
ravishda, xorijiy temir yo‘l adabiyotlarida, xususan, Xalqaro Temir yo‘llar Uyushmasi 
materiallarida yuqori tezlikdagi harakat uchun mo‘ljallangan liniya va poyezdlarni uch 
toifaga ajratish mumkin: 

tezyurar – katta tezlikdagi liniyalar – tezligi 201-250 km/s (rekonstruksiya qilingan 
oddiy magistral temir yo‘llar); 

yuqori tezlikdagi – tezligi 251-300 km/s (maxsus qurilgan katta tezlikdagi liniyalar); 

o‘ta katta yoki juda yuqori tezliklar uchun mo‘ljallangan – tezligi 300 km/s dan yuqori 
(maxsus qurilgan o‘ta katta tezlikdagi liniyalar). Ularni o‘ta katta tezlikdagi 
magistrallar deb ataymiz. 
Katta tezlikdagi magistrallar uchun mo‘ljallangan harakatlanuvchi tar-kiblarni ishlab 
chiqaradigan bir necha kompaniyalar o‘ta katta tezlikli po-yezdlar yaratish ishlarini 
tugatdilar yoki shunga yaqin keldilar: «Siemens» kompaniyasi (GFR) – Ispaniya va XXR 
uchun mo‘ljallangan, konstrukcion tezligi 350 km/s bo‘lgan «Velaro» platformasidagi 
poyezdni; «Bombar-dier» kompaniyasi (Kanada) – konstruksion tezligi 350 km/s gacha 
bo‘lgan «Zefir» platformasidagi poyezdni; «Talgo» kompaniyasi (Ispaniya) – «Avril» 
poyezdi (380 km/s) va «Hyundai Rotem» kompaniyasi (Koreya Respublikasi) – HEMU-430 
(430 km/s) poyezdini. Bu poyezdlar aynan «juda katta tezlikka ega bo‘lgan poyezdlar» 
sifatida baholanmoqdalar. Zamonaviy temir yo‘l transportining ishini bayon etish va tahlil 
qilishda tezlikning turli ko‘rinishlarini qo‘llaydilar: texnik tezlik, uchastka bo‘ylab tezlik, 
marshrut tezlik. 


Texnik tezlik – poyezdlarning tezlik olish va sekinlashishga ketadigan qo‘shimcha 
vaqtni hisobga olgan holdagi uchastka bo‘yicha o‘rtacha harakatlanish tezligi. Uchastka 
bo‘yicha tezlik – oraliq stansiyalardagi to‘xtab turishlar hisobga olinadigan uchastka 
bo‘yicha harakatlanish tezligi.Marshrut tezlik – poyezdning boshlang‘ich punktidan 
yakuniy punktgacha bo‘lgan yo‘nalishdagi barcha to‘xtab turishlarni hisobga oladigan 
o‘rtacha harakatlanish tezligi. Boshqa mualliflar marshrut tezlikni poyezdning mazkur 
temir yo‘l yo‘nalishidagi, barcha yo‘l usti stansiyalaridagi to‘xtashlar, tezlik olish, 
sekinlashish va poyezdlarning peregonlardagi ushlanib qolishlari vaqti hisobga olingan 
harakat tezligi sifatida ta`rif beradilar; texnik tezlikka poyezdning (yoki lokomotivning) 
uchastka bo‘ylab oraliq to‘xtash joylaridagi to‘xtash vaqtini hisobga olmagan holdagi 
o‘rtacha tezligi sifatidagi texnik tezligi, uchastka bo‘yicha tezlikka esa poyezdning oraliq 
stansiyalardagi to‘xtab turish vaqti, tezlik olish va peregonlarda ushlanib qolish vaqtini 
hisobga olgan holdagi o‘rtacha tezlik deb ta`rif beradilar.Harakatlanuvchi tarkibning 
muhim tavsiflaridan biri lokomotivning konstrukcion tezligi – ya`ni lokomotivning yo‘lga 
ko‘rsatadigan mumkin bo‘lgan ta`siri, yurish xossalari, harakat xavfsizligi (relsdan chiqib 
ketishning oldini olish va uning detallari mustahkamligi) kabilarni hisobga olib 
belgilanadigan tezligi hisoblanadi. Harakat tezligi bilan bog‘liq turli tushunchalar boshqa 
turdagi transport ishini bayon etish va tahlil qilishda qo‘llanadi.Tezlikning yuqorida sanab 
o‘tilgan ta`riflari bilan birga texnik jihatdan mumkin bo‘lgan maksimal tezlik tushunchasini 
ham hisobga olish muhim bo‘lib, u, aslini olganda, mazkur transport turi yoki muayyan 
transport vositasi uchun qayd etilgan eng katta tezlik tushuniladigan rekord tezlik bo‘lib 
keladi.Odatda rekord tezliklar maxsus sinov qatnovi yoki rekord urinishlarini o‘tkazish 
jarayonida qayd etiladi. Ba`zi transport turlari uchun tezlik rekordlarini qayd etishning 
rasmiy xalqaro yoki milliy qoidalari joriy etilgan. Masalan, aviatsiya bo‘yicha rekordlar 
Xalqaro aviatsiya federatsiyasining (FAI) sport kodeksiga muvofiq qayd etiladi. Yelkanli 
kemalarning eng katta harakatlanish tezliklari XIX asr o‘rtalaridan boshlab, 1907 yildan 
esa – Xalqaro yelkanli kemalar ittifoqi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan qoidalar 
bo‘yicha qayd etiladi. Temir yo‘l transporti uchun bunday qoidalar umuman mavjud 
bo‘lmagan. Biroq so‘nggi 200 yil ichida relsli poyezdlarning 1804 yildagi soatiga 8 km dan 
2007 yilda qayd etilgan 574,8 km gacha qayd etilgan rekord tezliklari o‘sib borishini 
kuzatish juda qiziq (4-jadval). 
Relsli poyezdlar erishgan mutlaq tezlik rekordlari
Tezlik, 
km/s 
Harakatlanuvchi 
tarkibning 
nomlanishi 
Harakatlanuvchi 
tarkib turi
Mamlakat
Sana 

«Penidarren» 
Parovoz 
Buyuk Britaniya 
1804 yil 
24 
Locomotion № 1 
Parovoz 
Buyuk Britaniya 
1825 yil 
38,6 
«Raketa» 
Parovoz 
Buyuk Britaniya 
1829 yil 


48 
«Raketa» 
Parovoz 
Buyuk Britaniya 
1830 yil 
56 
«Raketa» 
Parovoz 
Buyuk Britaniya 
1830 yil
96,6 
«Antilopa» 
Parovoz 
AQSh 
1848 yil 
125,6 

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling