Yuqori tezlik magistrallarini ishlatish tajribasi
Ekologik shart-sharoitlar
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Ertagangngi fandan maruzalar to\'plami
Ekologik shart-sharoitlar
1987 yili BMT ning atrof-muhit bo‘yicha Butunjahon komissiyasida «Bizning umumiy kelajagimiz» ma`ruzasi chop etilib, unda insoniyatning mavjudlik modeli sifatida barqaror taraqqiyot tushunchasi joriy etilib, bu kabi darajaga erishilganida bo‘lg‘usi avlodlarni ana shu imkoniyatdan mahrum etmagan holda bugungi kunda yashayotgan avlodlarning hayotiy ehtiyojlari qondirilishiga erishiladi.Relsli elektr transportning yaratilishiga ko‘p jihatdan aynan ekologik muammolarni hal qilish zarurati sabab bo‘ldi.Temir yo‘l transporti, ayniqsa yuqori tezlikdagi elektr transport, avto-mobil va havo transporti oldida nafaqat uglerod dioksidini, balki chiqari-ladigan barcha ifloslantiruvchi moddalar spektri bo‘yicha ham kamroq miqdorda solishtirma chiqarishi nuqtai nazaridan ustuvor jihatlarga ega. Yirik issiqlik yoki atom stansiyalarida olingan energiyadan foydalanib, elektr tortuviga ega bo‘lish atrof muhitga transport qo‘shgan “hissasi”ni kamaytirishning muhim omillaridan biridir. Xalqaro Temir Yo‘llar Uyushmasi (MSJD) ma`lumotlariga ko‘ra elektr-lashtirilgan temir yo‘llar (poyezdlar katta tezlikda harakatlanadigan magis-trallar ham shular qatoriga kiradi) generatsiyalovchi quvvatlardan to hara-katlanuvchi tarkib tortuv dvigatellariga qadar bo‘lgan umumiy energetika zanjirida 100 yo‘lovchi/km ga eng kam CO 2 chiqindisi ko‘rsatkichlariga ega: 4 kg. Qiyoslash uchun: avtotransportda bu qiymat 14 kg ga, zamo- naviy samolyotlarda – 17 kg ga teng.Katta tezlikdagi magistrallar xuddi shunday o‘tkazish imkoniyatli avtomagistrallarga nisbatan ancha kichik hududni egallaydilar. Tashishlar solishtiradigan hajmida havo transporti aeroportlar uchun katta tezlikdagi magistrallar (ularning butun infratuzilmasi bilan birga) bilan taxminan bir xil maydon ajratilishini talab qiladi. Bu holda aeroport hududini bevosita egallashdan tashqari, uning atrofida odamlar yashashi ular uchun katta noqulaylik tug‘diradigan, shovqin ta`siridan saqlaydigan himoya hududi talab etilishini ham hisobga olish zarur.Yuqori tezlikda harakatlanuvchi temir yo‘llar transportning boshqa tur-lari oldida shovqin tavsiflariga ko‘ra ham so‘zsiz ustunlikka ega. Tadqiqot-lardan ma`lum bo‘lishicha, temir yo‘l tezyurar magistrallari xuddi shunday tashish imkoniyatiga ega bo‘lgan avtomagistralga nisbatan kamroq shovqin chiqarar ekan. Bunda uning spektral tavsiflari va namoyon bo‘lish davriy-ligi insonni kamroq bezovta qilish xossalariga ega. Shu bilan birga tezyurar magistrallardan keladigan shovqindan himoya qilish uslublari yaxshi ma`lum va ular ancha yuksak samarali hisoblanadi (muhandislik qurilma-lari – sun`iy ko‘tarmalar, ekranlar (to‘siqlar), daraxt ko‘chatlari yordami-da). Ammo bularning barini aeroportga nisbatan qo‘llashning imkoni yo‘q. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling