Yuqori tezlik magistrallarini ishlatish tajribasi


.Strelkali o‘tkazgichlarning bog‘lovchi qismlari


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/24
Sana04.02.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1161506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Ertagangngi fandan maruzalar to\'plami

2
.Strelkali o‘tkazgichlarning bog‘lovchi qismlari 
Qiya tagliksiz strelkali o‘tkazgichlarda bog‘lovchi qismi relslari yassi tagliklarga 
yotqiziladi. Ayri o‘zagi orqasida joylashgan bir nechta tagliklar ularga bikir klemmalar 
yordamida biriktirilgan ikki rels uchun umumiy bo‘ladi. Uzoq vaqt davomida tagliklar 
rebordasiz ishlab chiqilgan edi, va bunda zaruriy darajada ekspluatatsiya ishonchliligi 
ta’minlanmas edi. Hozirgi vaqtda strelkalarni ishlab chiqarish zavodlari hamma 


tagliklarini issiq shtampovka yoki payvandlab yopishtirish usuli bilan yasalgan rebordali 
strelkali o‘tkazgichlarning bog‘lovchi qismlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirgan. 
Rebordalarni mavjudligi klemma boltlari va qayishqoq boltlar ko‘rinishidagi 
mahkamlovchi moslamalardan foydalanishga imkon beradi. Bunday texnik yechim 
seriyalab ishlab chiqariluvchi yangi konstruksiyali strelkali o‘tkazgichlarda qo‘llangan, va 
bu ularning ishonchlilik darajasini oshirgan. Strelkani krestovina qismi bilan tutashtiruvchi 
va tarmoq yo‘liga olib boruvchi o‘tish egriligi odatda doiraviy egrilik bo‘yicha o‘rnatiladi. 
O‘tish egriligining oxiri odatda u bilan krestovina us relslari orasidagi chokgacha masofa 
h ga teng bo‘ladi, bu masofada rels izi to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yotqiziladi. To‘g‘ri chiziqli h 
qismi uzunligi ekipaj aravachasi krestovina bo‘yniga kirgunga qadar uning bikir bazasini 
joylashtirish uchun yetarli darajada bo‘lishi kerak (h — krestovina old qismining chiqish 
uzunligi); bunda chok qoplamalari krestovinaning bo‘yin qismigacha yetib borishi kerak 
emas. Bundan tashqari, o‘tish egriligi krestovinaga yaqin joylashganda, uning serdechnigi 
ustiga burchak ostida chiqib keladigan g‘ildiraklar grebnisi krestovina novlarida bemalol 
joylasha olishi kerak. O‘tish egriligi radiusi 200m bo‘lganda, to‘g‘ri chiziq uzunligi 1,5m 
dan ortiq bo‘lishi kerak. O‘tish egriliklarining tashqi relsi ko‘tarilmaydi. Faqat ikkala 
yo‘lning egriligi bir taraflama bo‘lgan egriliklarda o‘tkazgichlar yotqizilganda, tashqi 
relsni ko‘tarilishi 75mm gacha yo‘l qo‘yiladi. Bog‘lovchi qism relslari bo‘ylama siljishga 
qarshi mustahkam mahkamlanadi.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling