Yuqori tezlik magistrallarini ishlatish tajribasi


Tezyurar va katta tezlikdagi harakat Konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha o‘ta


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/24
Sana04.02.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1161506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Ertagangngi fandan maruzalar to\'plami


Tezyurar va katta tezlikdagi harakat Konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha o‘ta 
muhim chora-tadbirlarni amalga oshirishning asosiy bosqichlari 
 
Dasturning birinchi bosqichida eng katta yo‘lovchilar oqimiga ega bo‘lgan Toshkent – 
Samarqand yo‘nalishida tezyurar harakat tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan edi.Ma`lumki, 2011 
yilning 8 oktyabridan ana shu liniyada «Afrosiyob» yo‘lovchi tashish elektr poyezdining 
tezyurar harakati joriy qilingan edi (maksimal harakatlanish tezligi – 250 km/s).Ushbu 
yo‘nalishda 2030 yilga kelib umumiy foydalanishdagi barcha transport turlari bilan xalqaro 
qatnovlarda tashilayotgan yo‘lovchilar umumiy sonining uchdan bir qismi temir yo‘l 
transporti, shundan 13% (2,1 mln kishi) tezyurar va katta tezlikdagi poyezdlar 
xizmatlaridan foydalanar ekan. Hozirgi vaqtda ikkinchi bosqich doirasida shuningdek 
bashorat qilina-yotgan muddatlardan o‘zgan holda Samarqand – Qarshi (qatnov 2015 yil-
ning 05 sentyabridan boshlangan) yo‘nalishi hamda Samarqand – Navoiy – Buxoro 
liniyasida (qatnov 2016 yilning 25 avgustidan boshlangan) tez-yurar harakat joriy qilingan 
bo‘lib, bu ushbu mintaqalarga transport xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini ko‘p jihatdan 
yaxshilash imkonini beradi va ularning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga ko‘maklashadi. 
Yaqin istiqbol-da temir yo‘l tezyurar poyezdlarida yo‘lovchilar tashish hajmlari Bu yerda 1 
million kishiga etishi kutilmoqda.  


Navbatdagi, uchinchi bosqich Navoiy – Konimex - Miskin yo‘nalishi-da tezyurar va 
katta tezlikdagi harakatni yo‘lga qo‘yish bo‘ladi (yangi katta tezlikdagi harakatlanish 
liniyasi qurilishi 2016-2017 yillarda amalga oshirilmoqda). To‘rtinchi bosqichda mavjud 
Toshkent-Navoiy-Urganch, Toshkent-Angren, Toshkent-Xojikent va boshqa yo‘nalishlarini 
elektr poyezdlar tezyurar harakat rejimini joriy qilish bilan rekonstruksiya qilish ko‘zda 
tutiladi. O‘zbekistonda tezyurar harakat ko‘lamini kengaytirishning muhim shartlaridan 
biri – 2016 yili qurilishi tugallangan yangi elektrlashtirilgan Angren – Pop temir yo‘li va 
undan keyin Farg‘ona temir yo‘l halqasini elektrlashtirishdan iborat. Bu esa butun 
Toshkent – Andijon yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi poyezdlarining tezyurar qatnovini 
yo‘lovchilar oqimini 2030 yilga kelib bir yilda 830 ming, 2035 yilga borib esa – 2,3 mln. 
yo‘lovchiga qadar ko‘paytirish bilan tashkil qilish imkonini beradi.Qayd etish lozimki, 
bo‘lg‘usi 15-20 yil mamlakatimiz temir yo‘llarida tezyurar va katta tezlikdagi harakat 
taraqqiyotida hozircha boshlang‘ich bosqich (o‘zlashtirish davri) bo‘lib xizmat qiladi. 
Bundan keyingi bosqich temir yo‘l kompaniyasining yo‘lovchi tashish transporti bozoridagi 
pozitsiyalari mustahkamlanishi, balki yo‘lovchi poyezdlari tezyurar va katta tezlikdagi 
harakati yo‘nalishlarida tashish jadalligini ancha oshirish bilan ham ajralib turadi. 

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling