Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   178
Bog'liq
T

IPTV texnologiyasi - interaktiv rejimda va eshittirish rejimida IP 
tarmoqlari bazasida multimediali xizmatlarni (TV, audio/video, matn) 
yetkazish texnologiyasini o‘zida namoyish etadi. 
3.6-rasm. VoIP tarmog‘i orqali so‘zlashuv signalini uzatishda ishlov 
berish 
 
IPTV 
texnologiyasi 
quyidagi 
asosiy 
xususiyatlar 
bilan 
xarakterlanadi: 
- Interaktiv TV. IPTV imkoniyatlari, ikki tomonlama uzatishni 
ta’minlash, Operator-Provayderga interaktiv ilovalarning keng spektrida 
xizmat ko‘rsatish imkonini beradi; standart televideniya, yuqori 
aniqlikdagi televideniya, interaktiv o‘yinlar, Internetga yuqori tezlikda 
ulanish. 
- Personalizatsiya. IPTV tizimi ikki tomonlama aloqani ta’minlaydi 
va foydalanuvchilarga, ularning xohishlariga binoan ko‘rish imkonini 
beradi (masalan, VoD - talab bo‘yicha video xizmati - abonent buyurtmasi 
bo‘yicha Operator videoserveridan filmlarning translyatsiyasi). 
- Qoldirib ko‘rish. Videomagnitofon bilan IPTV kombinatsiyasi - 
keyin ko‘rish uchun IPTV kontentini yozish uchun mexanizmni 
ta’minlaydi. 
- Turli tipdagi terminallar qo‘llanilgandagi IPTV xizmatiga ulanish - 
IPTV kontentini ko‘rish faqatgina televizion qabul qilgichlar orqali 
chegaralanmaydi. IPTV xizmatlariga ulanish uchun foydalanuvchilar 
o‘zlarining personal kompyuterlari va mobil qurilmalaridan foydalanishlari 
mumkin. 


262 
IPTV arxitekturasi 
IPTV tizimi arxitekturasining umumiy ko‘rinishi 3.7-rasmda 
keltirilgan. Arxitektura o‘zining tarkibiga quyidagi funksional bloklarni 
kiritadi: 
- kontent manbalari. Kontent manbai IPTV ma’lumotlar markazi 
sifatida aniqlanadi, ishlab chiquvchidan video kontentni qabul qiluvchi 
(eshittirish dasturlari, filmlar, o‘yinlar va boshqalar). So‘ngra kontent 
kodlanadi va foydalanuvchilarga uzatiladi yoki VoD xizmati uchun 
ma’lumotlar bazasida yig‘iladi; 
- IPTV xizmati bog‘lamalari. Xizmatlar bog‘lamasi turli 
formatlardagi video oqimlarni qabul qilish komponentini o‘zida ifodalaydi. 
So‘ngra bu video oqimlar IP tarmoqda uzatish uchun paketlarga 
inkapsulyatsiyalanadi; 
- keng polosali tarmoqlar. Magistral tarmoqlar va ulanish 
tarmoqlaridan iborat bo‘lgan keng polosali tarmoqlar, yuqori o‘tkazish 
qobiliyati, yuqori ko‘rsatkichli xizmat ko‘rsatish sifati va taqsimlovchi 
imkoniyatlar bilan xarakterlanadi. Bunday tarmoqlarning asosiy 
xususiyati, xizmatlar bog‘lamasidan foydalanuvchilar qurilmasiga IPTV 
ma’lumotlar oqimini ishonchli taqsimlash uchun zarur bo‘lgan ko‘p adresli 
jo‘natish (multikasting) hisoblanadi. IPTV magistral tarmoqlarda tolali 
optik liniyalar, ulanish tarmoqlarida turli keng polosali - simli va simsiz 
texnologiyalar qo‘llaniladi; 
3.7-rasm. IPTV tizimining soddalashtirilgan arxitekturasi 


263 
- foydalanuvchi qurilmasi. IPTV foydalanuvchi qurilmasi tarkibiga
keng polosali tarmoq oxiri bilan shakllanuvchi interfeys vositasi kiradi. Bu 
yyerda uy tarmog‘ini tashkil qiluvchi shlyuzlar qo‘llanilishi mumkin. 
Foydalanuvchi 
qurilmasidagi 
IPTV 
trafikni 
terminallashtiruvchi 
funksional blok IPTV mijozi deyiladi. Odatda bu blok TV – qo‘shimcha 
ko‘rinishida qo‘llaniladi. TV-qo‘shimchaning asosiy vazifasi o‘zining 
tarkibiga xizmatlar bog‘lamasi bilan ulanishni o‘rnatish, video oqimlarni 
dekoderlash, foydalanuvchi tomonidan boshqarishni aks etishi va 
monitorga ulanishni kiritadi. 
IPTV tarmoqlarida turli xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab 
chiqilgan standartlarning katta to‘plami qo‘llaniladi: ITU-T, ETSI, IETF, 
MPEG. TV – signalini siqish standartlari talab etilgan o‘tkazish oralig‘ini 
o‘n va yuz martaga kamaytirish imkonini beradi. Raqamli eshittirish 
standartlarini keng tarqalgani yevropa standarti DVB, amerika standarti 
ATSC va yaponiya standarti ISDB hisoblanadi. IPTV xizmatlarini taqdim 
etuvchi tarmoq protokollarining katta soni orasida quyidagi ayrimlarini 
aytamiz: transport protokollari UDP, RTP va RTCP; signalizatsiya 
protokollari SIP, H.323; mashrutizatsiya protokollari RIP, OSPF, ko‘p 
adresli jo‘natish protokoli IGMP. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling