Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat
Internet tarmog‘idagi xizmatlar
Download 6.66 Mb. Pdf ko'rish
|
T
Internet tarmog‘idagi xizmatlar
Internet tarmoqlarida amalga oshiriladigan ilovalarga World Wide Web (WWW), elektron pochta, haqiqiy vaqtda Internet orqali axborot almashish (chat rooms), oqimli video, muzikali saytlarga ulanish kiradi. WWW qo‘llanilgan holatda foydalanuvchi kompyuter ekranida matn va grafik obyektlarni ko‘radi, belgilangan obyektga sichqoncha tugmasini bosadi va mos kelgan sahifa ekranda paydo bo‘ladi. Boshqa ilovalar oqimli video xizmati hisoblanadi. Oqimli video - video yozishni bajarish uchun manba va qabulqilgich mos keluvchi qurilmaga ega bo‘lishi kerak. Internet protokollari va vositalarini qo‘llash bilan video oqim manbadan qabul qiluvchiga jo‘natiladi. Bu xizmat talab bo‘yicha video (Video on Demand, VoD) ilovalardan biri singari ko‘rilishi mumkin. Oxirgi servyerda joylashgan, o‘chirilgan ma’lumotlar fayllariga ulanish usullaridan biri, mijoz so‘rovi bo‘yicha fayl nusxasini uzatish hisoblanadi. Bu maqsadda Internet tarmoqlarida standart protokol FTP (File Transfer Protocol) -fayllarni qayta uzatish protokoli qo‘llaniladi. 264 FTP protokoli server va mijoz orasida ma’lumotlar fayllarini almashish uchun qo‘llaniladi. Har bir oxirgi nuqta fayllarni uzatish va olish/so‘rash imkoniga ega. Bunday fayllarga matn, grafika, tasvirlar, ovoz, video va multimediali axborot bo‘lishi mumkin. Shuningdek FTP protokoli, mijoz kompyuteriga dasturiy ta’minotni yuklash uchun ham qo‘llaniladi. Foydalanuvchi FTP protokoli yordamida olinadigan fayllarni to‘g‘rilashi mumkin (o‘chirish, nomini o‘zgartirish, nushalash va boshqalar). Texnik nuqtai nazardan WWW, yagona HTTP (Hypertext Transfer Protocol) protokoli yordamida muloqot qilinadigan ko‘pgina mijozlar va serverlar sifatida ko‘riladi. Internetda gipermatnni aks ettirish, yaratish va saqlashni yengillashtirish uchun HTML (Hypertext Markup Language) dasturlash tili qo‘llaniladi. HTTP va HTML protokollarining kombinatsiyasi Internet global tarmog‘i orqali matn, grafika, ovoz, video va boshqa multimediali fayllarni yetkazishni ta’minlaydi. Elektron pochta IP tarmoqda eng eski ilovalardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda millionlab odamlar har kuni elektron pochta orqali axborot almashadi. Bu almashish SMTP (Simple Mail Transfer Protocol – pochta xabarlarini eltishni oddiy protokoli) protokoli yordamida amalga oshadigan mijoz va server orasida ma’lumolar almashishni yana bir ko‘rinishi hisoblanadi. Download 6.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling