Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   178
Bog'liq
T

Qurilmalar muammolari. Marshrutizatorlar va kommutatorlar 
sekundiga million paketlarni qayta ishlashi uchun zarur bo‘lgan murakkab 
qurilma va dasturiy ta’minlangan murakkab tizim hisoblanadi.
Ulanish tarmog‘ining o‘tkazish qobiliyatini kamchiligi. Iqtisodiy
tomondan har doim past tezlikli ulanish kanallari (masalan, dial-up 
bo‘yicha) va o‘ta yuklangan kanallar mavjud. Berilgan muammo ko‘rinishi 
uchun texnik yechim oddiy va tushunarli: 
- o‘tkazish qobiliyatini qo‘shish; 
- keyingi qayta ishlash uchun trafikning klassifikatsiyasi va uni turli 
markirovkasi, ya’ni trafikni ko‘paytirish (policing) va chegaralashni 
(shaping) qo‘llash.
Ba’zi kanallarning o‘ta yuklanganligi sababli trafikni notekis 
taqsimlanishi. Bu magistral tarmoqlarda QoS bilan bog‘liq muammolarni 
umumiy sababi hisoblanadi. Bunday o‘ta yuklangan kanallar paketlarni 
katta kechikish vaqtiga, djitter yoki paketlarni yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. 
Tarmoqda bunday “issiq nuqtalar”ning sababi quyidagilar bo‘lishi 
mumkin: 
- kutilmagan holatlar, tola uzilishi yoki qurilmaning rad etishi
- trafik modelining o‘zgarishi.
Magistral tarmoqda qo‘shimcha o‘tkazish oralig‘i har doim kerakli 
vaqtda va kerakli joyda yetarlicha bo‘lmasligi mumkin. Masalan, Web 
saytga kutilmagan ulanish yoki rejalashtirilmagan multimediali trafikni 
uzatish ba’zi bir kanallarning o‘ta yuklanishiga sabab bo‘lishi mumkin. 
QoSni ta’minlashga bo‘lgan amaliy yondashuv 
Yuqorida ko‘rib chiqilgan muammolarning yechimlariga yo‘nalishni 
ko‘rib chiqamiz.
Birinchi qadam: tarmoqni tartibli holatga keltirish. Boshida odatda 
tarmoq yaxshi loyihalashtiriladi va zahiralanadi. Qandaydir vaqtdan keyin 
tez va yaqinlashgan yechimlar tufayli muammolar yig‘iladi. Shuning 
uchun, doimiy “tozalash” ishlari olib borilishi kerak, bunda nosozliklarni 
alohida nuqtalari va tor joylari bartaraf etilishi kerak. Mos kelgan joylarga 


278 
o‘tkazish qobiliyati shunday qo‘shilishi kerakki, xattoki kanallar va keskin 
marshrutlarni rad etishi, tarmoqni ortiqcha yuklanishiga olib kelmasligi 
kerak. Bu IP – tarmoqda QoSni ta’minlash uchun kerak bo‘lgan asosiy va 
foydali ishdir. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling