Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Ikkinchi qadam: trafikni sinflarga bo‘lish


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   178
Bog'liq
T

Ikkinchi qadam: trafikni sinflarga bo‘lish. Xizmat ko‘rsatishning 
uchta sinfi tavsiya etiladi: 
 premium (Premium); 
 kafolatlangan (Assured); 
 eng yaxshi urinish (Best effort). 
Premium - xizmat ko‘rsatish kichik kechikish va kam djitterli 
ishonchli xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi. Haqiqiy vaqtdagi trafik 
(masalan, vodeokonferensiya) va yo‘qotishlarga moil trafik (masalan, 
moliyaviy yoki tarmoqni boshqarish trafigi), shuningdek qandaydir xizmat 
ko‘rsatish foydasiga olinishi mumkin. 
Assured - xizmat ko‘rsatish, ishonchli xizmat ko‘rsatishni 
ta’minlaydi. Virtual hususiy tarmoqlarning (Virtual Private Network
VPN) haqiqiy bo‘lmagan vaqtdagi trafigi shunday xizmat ko‘rsatishdan 
ustun chiqishi mumkin. 
Best effort - xizmat ko‘rsatish an’anaviy Internet-xizmat ko‘rsatish.
Uchinchi qadam: Premium trafikni himoyalash va trafik 
injiniringi. Tavsiya etilayotgan yo‘nalishda belgilar bo‘yicha ko‘p 
protokolli kommutatsiyalash (Multiprotocol Label Switching, MPLS) 
texnologiyasi trafik injiniringi va himoyalash uchun qo‘llaniladi. 
Trafikni 
himoyalash. 
Avval 
tarmoqda 
belgilar 
bo‘yicha 
kommutatsiyalash yo‘li konfiguratsiyalanadi (Label Switched Path, LSP). 
Har bir kiruvchi marshrutizator chiquvchiga nisbatan ikkita LSPga ega. 
Birinchi LSP – Premium trafik uchun qo‘llaniladi, ikkinchi LSP - Assured 
va Best effort trafik uchun birgalikda qo‘llaniladi. Premium LSP tez qayta 
marshrutlash ruxsatiga ega. Tez qayta marshrutlashning asosiy g‘oyasi, 
kanal, marshrutizator yoki ko‘pgina kanallar va marshrutizatorlardan 
iborat segment yo‘li uchun konfiguratsiyalashdan oldin LSP vaqtli ulanish 
mavjudligidadir, bunday kanal marshrutizator yoki segment yo‘li 
himoyalangan segment deyiladi. 
Himoyalangan segmentda rad etish yuzaga kelsa, himoyalangan 
segmentni marshrutizatori ikkinchi sathdan ma’lumot oladi. LSPni vaqtli 
ulanishi nosozlikni aylanib o‘tishi uchun qo‘llaniladi. Bu himoyalanish 
50... 100 ms oraliqda amalga oshirilishi mumkin. Tez qayta marshrutlash 
vaqtida, LSP tufayli qabul qilingan yo‘l shartli ravishda optimal bo‘lishi 


279 
mumkin. Buni to‘g‘rilash uchun, himoyali marshrutizator axborotni LSPni 
kiruvchi marshrutizatoriga jo‘natadi, so‘ngra u LSP uchun yangi yo‘lni 
hisoblaydi va trafikni yangi LSP ga yo‘naltiradi. Bu jarayon 3.11-rasmda 
keltirilgan. Tez qayta marshrutlash, paketlarning yo‘qolishi yo‘l 
qo‘yilmaydigan ilovalar uchun zarur. Biroq tez qayta marshrutlash 
tarmoqning tuzilishini qisman murakkablashtiradi. 
Tavsiya etilayotgan usulda Premium trafikni himoyalash, yuqori 
tayyorgarlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
3.11-rasm. Tez qayta marshrutlash usuli 
 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling