Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat
M2UA, M2PA va M3UA moslashish protokollari
Download 6.66 Mb. Pdf ko'rish
|
T
M2UA, M2PA va M3UA moslashish protokollari. IP tarmoqlarda
ko‘rib chiqilgan MTP protokolining funksional imkoniyatlarini amalga oshirish uchun Sigtran ishchi guruhi uchta yangi protokollarni tavsiya etdi - M2UA, M2PA va M3UA. Ularning har birini quyida qisqacha ko‘rib chiqamiz, lekin avval raqamli telefon tarmoqlari va IP tarmoqlar bo‘ylab MTP xabarini o‘tkazishga bo‘lgan ITU-T ning asosiy talablarini keltirib o‘tamiz: - 3 MTP sathini bir darajali jarayoni uchun talab etilgan javob vaqti 500 ms dan 1200 ms gacha oraliqda bo‘lishi kerak; - transport sathda rad etishlar tufayli xabarlarni yo‘qolish ehtimolligi 10 -7 dan katta bo‘lmasligi kerak; - transport sathda rad etishlar tufayli xabarni o‘z vaqtida yetkazmaslik ehtimolligi 10 -9 dan katta bo‘lmasligi kerak. 2 MTP (MTP Level-2 User Adaptation Layer) sathi 307 foydalanuvchilari uchun moslashish sathini M2UA protokoli, UKS7 oddiy stekida 2 MTP sathi 3 MTP sathiga taqdim etadigan xizmatlar majmuasini ko‘rib chiqadi. Protokol, VoIP tarmoqlarda signalizatsiya shlyuzlari va transport shlyuzini kontrolleri orasida qo‘llaniladi. Signalizatsiya shlyuzi UKS7 xabarini, signalizatsiyaning oxirgi yoki tranzit punktidan MTPni 1 sath va 2 sath interfeysi orqali qabul qiladi. Shlyuz 2MTP sathida UKS7 zveno uchun oxiri hisoblanadi va 3MTP sathining axborotini va yuqori sathni transport shlyuzining kontrolleriga yoki IP tarmoqning boshqa oxirgi punktiga transportlaydi, ya’ni M2UA protokolni SCTP/IP ustidan qo‘llab. Bir darajali foydalanuvchilar MTP2 (MTP2 User Peer-to-Peer Adaptation Layer) uchun moslashish sathining M2PA prtokoli, M2UA protokolidan farqli ravishda, IP tarmoq orqali o‘zaro ta’sirlashuvchi UKS7 tarmog‘ini ikkita bog‘lamalari almashadigan 3 MTP sathining xabarlarini to‘liq masshtabda qayta ishlash uchun qo‘llaniladi. IP tarmog‘ining signalizatsiya punktlari, TCP/IP stekining protokollarini qo‘llab UKS7 oddiy bog‘lamalari singari ishlaydi. M2PA protokoli, UKS7 signalizatsiyani qo‘llab kanalli kommutatsiya tarmog‘i bog‘lamalarini IP-telefoniya ma’lumotlar bazasiga va IP tarmoqni boshqa bog‘lamalariga ulanish imkonini berishi tufayli, OKS7 va IP tarmoqlarning integratsiyasini yengillashtiradi. Shuningdek teskarisi, M2RA protokoli IP-telefoniya ilovalarini UKS7 tarmog‘ining ma’lumotlar bazasiga ulanish imkonini beradi. 3 MTP (MTP Level-3 User-Adaptation Layer) foydalanuvchilar uchun moslashish sathining M3UA protokoli, SCTP protokoli vositalari yordamida, 3 MTP sathini nimtizim-foydalanuvchilar signalli xabarlarni IP tarmoq bo‘ylab o‘tkazish bilan bog‘liq (masalan, ISUP, SCCP). M3UA protokoli, signalizatsiya shlyuzlari va transport shlyuzi kontrollerlari yoki IP-telefoniya ma’lumotlar bazalari orasida qo‘llaniladi. U IP–tarmoqni uzoqdagi oxirlarini qamrab, signalizatsiya shlyuzini 3 MTP sathi xizmatlariga ulanishini kengaytiradi. Download 6.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling