Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Ulanish tarmog‘ini loyihalashtirish


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   178
Bog'liq
T

Ulanish tarmog‘ini loyihalashtirish 
2.3-rasmda xalqaro elektraloqa ittifoqining Y seriyali tavsiyalarida 
taklif etilgan infokommunikatsiya tizimining modeli keltirilgan. Bu model 
infokommunikatsion tizimlarda kirish tarmog‘ining o‘rnini aniqlash 
imkonini beradi. 


398 
Abonent xonasidagi qurilmaga misol sifatida oddiy telefon apparati 
(xonadon sektori) hamda apparat-dasturiy vositalarning murakkab 
majmuasi – ATS, lokal Ethernet tarmog‘i va boshqa qurilma (ishlab 
chiqarish sektori) bo‘lishi mumkin. 
2.3- rasm. ITU-T tavsiya etgan infokommunikatsiya tizimining modeli 
Birinchi holda kirish tarmog‘i vazifalarini ikki simli fizik zanjirni 
ifodalovchi abonent liniyasi bajarishi mumkin. Ikkinchi holda kirish 
tarmog‘i tarkibiga (mavjud telekommunikatsiya tizimi uchun) quyidagilar 
kirishi kerak: 
- ATS uzelini mahalliy telefon tarmog‘iga ulash uchun E1raqamli 
trakt (yoki bir necha shunday traktlar); 
- mahalliy tarmoqni Internetga ulash uchun TCP/IP protokollar 
stekini qo‘llab-quvvatlovchi raqamli trakt
- ijaraga olinuvchi liniyalar, agar ular telefon tarmog‘i yoki 
Internetdan foydalanmaydigan qurilmani ulash uchun zarur bo‘lsa.
Kirish tarmog‘ining asosiy vazifasi - operatorning imkoniyatli 
mijozlarining xonasida o‘rnatilgan barcha turdagi qurilmalar bilan tegishli 
tranzit tarmoqlar o‘rtasida ishonchli va yuqori sifatli aloqani ta’minlash. 
Kirish tarmog‘ining muhim xususiyatlaridan biri axborotni yetkazib berish 
texnologiyasidan uzoq vaqt foydalanishdir. 
Kirish tarmog‘i eng katta sig‘imli hisoblanadi, shuning uchun telefon 
tizimining xech bir elementi kirish tarmog‘i kabi “stagnatsiya” holatida 
shunchalik uzoq bo‘lmagan. 
Yuzaga kelgan vaziyat quyidagi ikki asosiy sabab bilan izohlanadi: 
- yaqin vaqtgacha odatdagi (tor oraliqli) kirish tarmoqlarini ancha 
tejamli holda qurish mumkin bo‘lgan texnik vositalar mavjud emas edi; 
- fizik zanjirlar axborot almashuviga bo‘lgan extiyojni (TCh kanalga 
qaraganda ancha quvvatli resurslarni talab qilmaguniga qadar) ta’minlaydi 
va yangi xizmatlarning ancha katta qismini qo‘llab-quvvatlaydi. 


399 
10.4- rasmda quyidagi belgilardan foydalaniladi:
- MGGP (Simple Gateway Control Protocol) - shlyuzni boshqarishni 
oddiy protokoli bo‘lib, u konsentratorlarni boshqarish, UfTT va boshqa 
tarmoqlar stansiyalari bilan o‘zaro ta’sirlashish uchun mo‘ljallangan; 
- 100 Base-T - uzatish tezligi 100 Mbit/s (802.Zi standarti) bo‘lgan 
Fast Ethernet fizik sathining tasnifini belgilanishi. Mazkur texnologiyada 
uzatish muhiti sifatida tolali optik kabeldan foydalaniladi
- Softwitch - ikki turdagi UfTT va IP tarmoqlar uchun maxsus 
yaratilgan dasturiy kommutator, bu tarmoqlardan har birida bu qurilma 
turlicha idrok etadi: UfTTda ishlash uchun Softwitch UKS7 signalizatsiya 
punkti vazifasini bajarishi va UfTTda signalizatsiyaning boshqa tizimlari 
(EDSSI, 2BCK, R2 va boshqalar)ni qo‘llab-quvvatlash uchun 
interfeyslarga ega bo‘lishi kerak. Paketli kommutatsiya tarmoqlarida 
Softwitch, transport shlyuzlarini boshqarishning yagona qurilmasi (Media 
Gateway Controller, MGC) va/yoki signalizatsiya kontrolleri (Signalling 
Controller SC) H.323 dispetcheri va SIP (Signalling Initial Protocol) 
serverlari dispetcherisifatida ishtirok etadi
- SHDSL (High-bit-rate Digital Subscriber Line) - to‘rtta simli 
yuqori tezlikli raqamli abonent liniyasi bo‘lib, u bo‘ylab 2B1Q (ANSI 
tavsiyalari) turidagi kodlashdan foydalanib oqimni 2, 048 Mbit/s (Ye
1

tezlikda uzatish ta’minlanadi; 
- LAD (Integrated Access Device) -integratsiyalangan kirish 
qurilmasi; 
- WMA (Wireless Multiple Acess) - simsiz ko‘p martali kirish 
qurilmasi. WMA qurilmasi konsentrator tomonida E1 standart trakti 
bo‘yicha yoki abonent komplektlari orqali ulanishi kerak. 
- MAK qurilmasi xizmat ko‘rsatilayotgan foydalanuvchilarni bir 
necha tarmoqqa ulashga imkon beradi; 
Infokommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlarini ta’minlash uchun 
dasturiy kommutator Softwitch bilan o‘zaro ta’sirlashish kerak bo‘lib 
qolishi mumkin. Bu vazifalar media shlyuzni boshqarish uchun 
mo‘ljallangan protokolni MGCP (Media Gateway Control Protocol) 
qo‘llashda amalga oshirilishi mumkin.
100 Mbit/s tezlikdagi Fast Ethernet 100 Base-T fizik sathdagi 
texnologiya EHMning lokal tarmoqlarida qo‘llaniladi. Base atamasi to‘g‘ri 
(modulyatsiyalanmagan) uzatishni ko‘rsatadi. T belgisi o‘ralgan juftlikdan 
(Twisted pair) foydalanishni ko‘rsatadi. 


400 
2.4- rasm. “Protey-MKK” dan foydalanishni tasvirlovchi sxema 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling