Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   178
Bog'liq
T

Nazorat savollari: 
1. Optimal loyihalashga tizimli yondashuvning asosiy prinsiplariga 
ta’rif bering. 
2. Loyihalash uchun qanday boshlang‘ich ma’lumotlar kerak bo‘ladi? 
3. Loyihalashning asosiy bosqichlari nimalardan iborat? 
4. Trassaning optimal variantini tanlash qaysi mezonlar bo‘yicha olib 
boriladi? 
5. Apparaturaning texnik passportida odatda qanday ma’lumotlar 
keltiriladi? 
6. Raqamli tolali optik uzatish tizimining liniya traktlari qanday 
baholanadi? 
7. To‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan tolali optik uzatish tizimlariga 
ta’rif bering. 
8. Raqamli signallarni uzatishning qanday sifat mezonlarini bilasiz? 
9. Tolali optik uzatish liniyasi uchastkasini hisoblashda nimalarga 
e’tibor berish kerak? 
10. Raqamli tolali optik uzatish tizimining liniya trakti parametrlari 
qanday baholanadi? 
11. Optik traktning regeneratorining qaror qabul qilish nuqtasida 
signalni halaqitlardan himoyalanganligi qanday hisoblanadi? 
4.2. Multimediali tarmoqlarni loyihalashtirish
 
Loyiha xujjatlari quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘lishi kerak: 
- telekommunikatsiya qurilmalari va liniya inshoatlarining hajmi; 
- xizmatlar, foydalanuvchilarning har bir toifasi uchun axborotni
yetkazib berish sinflari, o‘tkazish oralig‘iga extiyoj; 
- qurilmaning ishlash rejimi; 
- qurilmani nomenklaturasi, yuzi va joylashtirish; 
Telekommunikatsiya qurilmasi va liniya inshoatlarining hajmini 
hisoblash usuli quyida keltirilgan. Hisoblashning asosi yuklama, paketli 
texnologiyali tarmoqlarda xizmat ko‘rsatish sifati va axborotlarni yetkazib 
berish, taqdim etilayotgan xizmatlar ro‘yxati hisoblanadi.
Kirish shlyuzlarining (AGW) miqdori va sig‘imi abonentlar 
tarkibini, talablar miqdori va taqdim etilayotgan xizmatlarni hisobga olgan 
holda hisoblanishi kerak. 


392 
Paketli tarmoqlarda multimedia li axborotlarni eltib berish
sifatining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardir: 
- virtual ulanishni o‘rnatish vaqti; 
- multimedia li axborotlarni eltib berishning o‘rtacha kechikishi
- paketlarni yuqolish ehtimolligi. 
Ulanishni o‘rnatish vaqti - bu raqamni tergandan keyingi kechikish 
(Call Set up Time): 
- mahalliy ulanish - 3 sekunddan kam; 
- shaharlararo ulanish - 5 sekunddan kam; 
- xalqaro ulanish - 8 sekunddan kam. 
IP – paketlarni “uchidan - uchigacha” ko‘chirishning (bir
yo‘nalishda) 
va 
yo‘qolgan 
IP-paketlar 
ulushining 
o‘rtacha 
kechikishlarqiymati Y.1541 tavsiyalardan olinishi mumkin. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling