Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetining ilmiy-uslubiy kengashi


Ilmiy-uslubiy kengash ishini tashkil etish va boshqarish


Download 30.75 Kb.
bet2/2
Sana25.04.2023
Hajmi30.75 Kb.
#1397887
1   2
Bog'liq
Tf IUK nizomi

Ilmiy-uslubiy kengash ishini tashkil etish va boshqarish




  1. Ilmiy-uslubiy kengash ishini o‘quv yiliga tuzilgan va IUK majlisida tasdiqlangan reja asosida olib boradi. Kerakli hollarda yuqori tashkilotlar tomonidan yuborilgan IUK faoliyatiga oid masalalarni rejadan tashqari muhokama qilish, tegishli qarorlar qabul qilish, takliflar kiritish xuquqiga ega.

  2. Majlislarda IUK raisi vazifasini fakultetning dekani (xizmat yuzasidan sababli qatnashmagan hollarda uning muovini yoki fakultet o‘quv-uslubiy bo‘limining boshlig‘i) bajaradi.

  3. IUKda ko‘rilgan har bir masala bo‘yicha alohida majlis bayonnomasi olib boriladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi.

  4. IUKda ko‘riladigan masalalar bo‘yicha qisqa ma’lumotlar uni tayyorlagan shaxs imzosi bilan IUK kotibiga majlis bo‘ladigan kundan kamida 3 (uch) kun avval elektron shaklda topshiriladi.




  1. Ilmiy-uslubiy kengashning vazifalari




  1. Professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar IUKning yozma ko‘rsatmasi bilan tegishli fakultet ilmiy-uslubiy ishlar buyicha ishchi guruhi a’zolaridan biriga taqriz berish uchun yuboriladi. Qo‘llanma va darsliklar muhokamasi uning muallif(lar)i va taqrizchi ishtirokida ko‘rib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.

  2. Fakultet IUK tarkibi quyidagilardan tashkil topadi:

  1. IUK raisi va kotibi;

  2. Kafedra mudirlari;

  3. Kafedralarning katta o‘quv-uslubiy tajribaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilari.

IUK raisining muovini lavozimiga IUK a’zolaridan biri ochiq ovoz berish yo‘li bilan tayinlanadi.

  1. O‘zbekistan Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan darslik va o‘quv qo‘llanmalarga “GRIF” olish haqidagi va darslik va o‘quv qo‘llanmalarni “Yilning eng yaxshi darsligi” tanlovida qatnashish uchun tavsiya berish kabi masalalarni ko‘rib chiqadi va universitet IUKga tegishli qarorlar qabul qilishga tavsiya beradi.

  2. Talabalar o‘quv, ilmiy va ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish va uning mazmuniga bo‘lgan talablarni muhokama qiladi va tegishli takliflar kiritadi.

  3. Talabalarning kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalariga bo‘lgan talablarni shaklantiradi va uni o‘quv jarayoniga tadbiq etilishini nazorat qilib boradi.

  4. Kafedralarda mashg‘ulotlar olib boriladigan fanlardan o‘quv-uslubiy majmualar to‘liq va mazmunan zamon talablariga mos bo‘lishi va uni o‘quv jarayoniga to‘liq tadbiq etilishini nazorat qilib boradi va uni yaxshilashga tegishli tashkiliy chora-tadbirlar taklifini kiritadi va rejasini tasdiqlaydi.

  5. Professor-o‘qituvchilar shaxsiy rejalaridagi o‘quv yuklamasini, o‘quv - uslubiy ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini reja asosida nazorat qiladi va universitet rahbariyatiga tegishli takliflar kiritadi.

  6. Reja asosida kafedralar fanlardan mashg‘ulotlar olib borishda to‘plangan yangi, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganadi va kerak hollarda o‘quv jarayoniga keng tadbiq etish haqida tavsiyalar beradi.

  7. Ayrim hollarda fakultet rahbariyati ko‘rsatmasi asosida ayrim professor-o‘qituvchilarining mashg‘ulotlar o‘tkazishlari mazmuni, sifati va talabalar davomati IUK a’zolaridan tashkil etiladigan kamida uch kishidan iborat ishchi gurux tomonidan o‘rganib chiqiladi va tegishli kafedrada muhokama qilinganidan so‘ng rahbariyatga tegishli takliflar kiritiladi.

  8. Ayrim hollarda fakultet rahbariyati yozma ko‘rsatmasi yoki universitet Ilmiy kengashining qarori asosida kafedra (yoki bir guruh kafedralar)da o‘quv jarayonini tashkil etish, shaxsiy rejalarning bajarilishi, mashg‘ulotlarni o‘tkazish uslubi va sifati, o‘qitiladigan fanlarning o‘quv-usulbiy ta’minoti, professor-o‘qituvchilarning salohiyati universitet ichki nazorat va monitoring bo‘limi va o‘quv-uslubiy bo‘lim vakillari ishtirokida chuqur o‘rganib chiqiladi va tegishli takliflar kiritiladi.

  9. O‘quv yili oxirgi IUK majlisida kafedralar ilmiy-uslubiy ishlarining yillik hisoboti tinglanadi.

Ushbu Nizom fakultet IUKda 2021-yil 26-oktabrdagi № 2-sonli bayonnomasida muhokama etilgan.
TF fakultet dekani A.Sh.Shaxobiddinov
TF kengash kotibi X.R.Davletova
Xodimlar bo‘limi boshlig‘i Z.Z. Begmatova
Yuriskonsult T.Tojibayev
Download 30.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling