Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetining kengash nizomi toshkent – 2022 telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetining kengash nizomi


Download 22.28 Kb.
Sana25.04.2023
Hajmi22.28 Kb.
#1397876
Bog'liq
TF IK nizomi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
T A S D I Q L A Y M A N ”

Rektor v.b._____________Maxkamov B.Sh.


2022 yil “___” ________________




TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI FAKULTETINING KENGASH NIZOMI

Toshkent – 2022


TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI FAKULTETINING
KENGASH NIZOMI

Mazkur Nizom 2017-yil 20-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qarori, 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining


2017-yil 28-apreldagi 267-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari kafedralari faoliyatini tashkil etish hamda kafedra mudirlari faoliyatini baholab borish tartibi” normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq tuzilgan.

  1. “Oliy ta’lim muassasalarining fakulteti to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, fakultet dekani qoshida va uning raisligida fakultet kengashi tashkil etiladi.

  2. Fakultet kengashning asosiy vazifasi – fakultet jamoasining
    sa’y-harakatlarini birlashtirgan holda uning intellektual salohiyati va barcha boshqa imkoniyatlarini oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlari darajasida mukammal bilim, malaka, ko‘nikmalarga ega bo‘lgan professional mutaxassislar tayyorlash hamda zamonaviy pedagogik texnologiya va kompyuterlashtirish asosida yuqori sifatli bakalavr va magistrlar tayyorlashni ta’minlash, ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, yoshlarda vatanparvarlik, fuqarolik, o‘z Vatani bilan faxrlanish, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy dunyoqarashlarni shakllantirish ishlarini amalga oshirish va tegishli muvofiqlashtirishni tashkillashtirish borasidagi masalalarni bajarishga qaratilgan.

Kengash tarkibi fakultet dekani (rais) va uning o‘rinbosarlari, fakultetga biriktirilgan kafedralar mudirlari, yetakchi o‘qituvchi va ilmiy – pedagogik xodimlari, jamoat tashkiloti rahbarlaridan tashkil etiladi. Shuningdek, kengash tarkibiga muvofiq akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari, kadrlar buyurtmachilari bo‘lgan korxona, tashkilot, muassasalarning rahbarlari
va mutaxassislari kiritilishi mumkin.
Fakultet kengashi a’zolarining soni va shaxsiy tarkibi oliy ta’lim muassasining rektori tomonidan uch yil muddatga tasdiqlanadi.
Fakultet kengashi:
Ishchi o‘quv reja va dasturlar loyihalarini, bitiruv malakaviy ishlari
va magistrlik dissertatsiya mavzularini ko‘rib chiqadi va tasdiqqa tavsiya etadi;
o‘quv yili natijalari bo‘yicha professor-o‘qituvchilar tomonidan shaxsiy rejalarning bajarilishi, kafedralarning o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy – ma’rifiy va tashkiliy faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni hamda talabalar bilimini reyting tizimida baholash natijalarini ko‘rib chiqadi;
fakultet professor-o‘qituvchilari ilmiy – tadqiqot ishlari va malaka oshirish rejalarini muhokama qiladi;
fakultet o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy – ma’rifiy ishlariga
va talabalarning malakaviy va boshqa turdagi amaliyot ishlariga yakun yasaydi;
fakultet dekaning o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha, shuningdek, homiylar orqali budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, korxonalar buyurtmalarini bajarish va boshqa sohalardagi faoliyati yuzasidan hisobotlarni muhokama etadi;
doktorantura va oliy o‘quv yurti ta’limidan keyingi boshqa ta’lim shakllariga nomzodlarni tavsiya etadi;
fakultet kafedra mudirlarining umumiy hisobotlarini kengaytirilgan Kengashda ko‘rib chiqish, hisobot qoniqarsiz deb topilsa yoki kafedra mudiri, kafedraning professori, dotsenti, o‘qituvchi va xodimlarining malakasi yetarli emas, deb qabul qilinsa, u bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qiladi;
belgilangan tartibda dotsent, katta o‘qituvchi, assistent, o‘qituvchi-stajor tarkibidagi bo‘sh o‘rinlarga tanlov o‘tkazadi;
professor va dotsent ilmiy unvonlarini berish uchun taqdim etilgan tavsiyalarni ko‘rib chiqadi;
iqtidorli talabalar safidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi, Islom Karimov, Beruniy, Muhammad Al-Xorazmiy
va professor-o‘qituvchilar tarkibidan nomzodlarni “Is’tedod” jamg‘armalari orqali yoki o‘zaro tuzilgan shartnomalar, memorandum va h.k. asosida xorijiy oliy o‘quv yurtlari va markazlariga stajirovkaga, malaka oshirishga va akademik almashuvlarga tavsiya etadi;
kadrlarni tayyorlash sifatni yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
kafedralar professor-o‘qituvchilari tomonidan darslik, o‘quv qo‘llanmalari, monografiya, risolalar, ma’ruza matnlarini tayyorlash bo‘yicha, shu jumladan, akademik-litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun ham, hisobotlarini eshitadi, ularning sifatini aniqlaydi va yaxshilarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirishga taqdim etadi;
oliy ta’lim muassasining marketing xizmati bilan birgalikda korxona
va mtashkilotlarning malakali kadrlariga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganish, boshqa ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, ishlab chiqarish bilan integratsiyani takomillashtirish, kafedralar fililallarini tashkil etish va shu kabi boshqa dolzarb yo‘nalishlar bog‘liq bo‘lgan masalalarni ko‘rib chiqadi;
kafedralarning muvofiq akademik – litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan o‘quv – uslubiy sohadagi hamkorliklari bo‘yicha reja va hisobotlarini muhokama qiladi;
fakultet faoliyatiga tegishli bo‘lgan boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qarorida va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirishda belgilangan ustivor vazifalarni amalga oshirish, uni rivojlantirish, fakultet faoliyatini zamon talablari darajasiga ko‘tarish, o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur, reja, yo‘l xaritasi va chora-tadbirlarni muhokama qiladi;
fakultet va kafedralarning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish;
yosh ilmiy – pedagogik kadrlar tayyorlash, dissertatsiyalarni o‘z vaqtida himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqadi.

  1. Kengashda muhokama etilgan masalalar yuzasidan kengash qarori ochiq ovoz berish va oddiy ko‘pchilikning ovozi bilan qabul qilinadi.
    Professor-o‘qituvchilar tarkibi bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovlarda hamda ilmiy unvonga taqdim etish uchun beriladigan tavsiyalar muhokamasida kengash qarori yashirin ovoz berish yo‘li bilan belgilangan tartibda qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lganda, kengash raisining ovozi hal qiluvchi bo‘lib hisoblanadi.

  2. Kengash majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomalar kengash raisi va ilmiy kotib tomonidan imzolanadi.

Majlisda qabul qilingan qarorlar ilmiy kotib tomonidan fakultet tarkibidagi barcha kafedralarga yetkaziladi.

  1. Kengash raisi muntazam ravishda qabul qilingan qarorlar bajarilishining nazoratini tashkil etadi va kengash a’zolariga ularning ijrosi bo‘yicha axborot berib boradi.

TF fakultet dekani A.Sh.Shaxobiddinov


TF kengash kotibi G.X.Mirazimova
Xodimlar bo‘limi boshlig‘i Z.Z. Begmatova
Yuriskonsult T.Tojibayev
Download 22.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling