Telekonferensiya
Download 139.79 Kb.
|
8. SAIDMURODOV LUTFULLA Telekonferensiya, telekonferensiya dasturlari va vazifalari Tel (1)
Videokonferensiya – bu shunday kompyuter texnologiyasiki, u orqali foydalanuvchi shaxslar bir-birlarini real vaqtda ko’radi, eshitadi va ma’lumotlar bilan almashadi.
Videokonferensiya tarixi 1964 yil AT&T kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Videophone (real vaqtda ovoz va tasvirni almashish) qurilmasidan boshlanadi. Videokonferensiya o’tkazish uchun asosan ikkita shartni bajarish lozim: a) videokonferensiyani amalga oshirish uchun zarur bo’lgan kompyuter (texnik) qurilmalari; b) videokonferensiyani o’tkazish talabiga javob beruvchi aloqa kanallaridan foydalangan holda, muloqotga chiquvchilar bilan bog’lanish. Videokonferensiya nima uchun kerak degan savolga quyidagi sabablarni ko’rsatish mumkin. Insonlar kundalik hayotida olayotgan ma’lumotlarni 80-85% ni ko’rish orqali oladi. Shuningdek, boshqaruv ishlari, meditsina, masofaviy ta’lim va boshqa jabhalarda videokonferensiyani ahamiyati juda muhim. Minglab kilometr masofadagi shaxslarni real vaqtda muloqotini oshirish ham vaqt, ham iqtisodiy tejamkorlikka olib keladi. Zoom - bu videokonferensiyalar, onlayn uchrashuvlar va guruh suhbatlari uchun xizmat qiladi. Zoom patformada quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: Integratsiyalangan HD video va audio. Tashkilotchi mikrofonni o‘chirishi va ovozini o‘chirishi, shuningdek videoning ovozini o‘chirishi va barcha ishtirokchilardan videoning ovozini o‘chirilishini so‘rashi mumkin; Ekran opsiyasi (bir yoki bir nechta ishtirokchi); O‘rnatilgan interaktiv doska, siz osongina va tezda ekran almashinuvidan doskaga o‘tishingiz mumkin; Xatlar yozish, fayllarni hammaga uzatish yoki bitta talabani tanlash mumkin bo‘lgan suhbat; Yozib olish (mp4 formatida) va videokonferensiyalarni transkripsiyalash kabi ikoniyatlar yaratadi. Sarlavha: ZOOM bulutli uchrashuvlar. Rasmiy sayt: https://zoom.us Yuklab olish sahifasi: https://zoom.us/download Videokonferensiya o‘tkazish uchun asosan ikkita shartni bajarish lozim: a) videokonferensiyani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kompyuter (texnik) qurilmalari; 188 b) videokonferensiyani o‘tkazish talabiga javob beruvchi aloqa kanallaridan foydalangan holda muloqotga chiquvchilar bilan bog‘lanish. Videokonferensiyalar transport va xizmat safari harajatlarini ancha qisqartirish imkonini beradi. Bunda uzoqda joylashgan ta‘lim oluvchilarda ta‘limni o‘zlashtirish samaradorligi oshadi. Elektron darslik - kompyuter texnologiyalariga asoslangan ta'lim metodlaridan foydalanishga mo‘ljallangan o‘qitish vositasi bo‘lib, undan mustaqil ta'lim olishda va o‘quv materiallarini har tomonlama samarali o‘zlashtirishda foydalanish mumkin. Elektron darslikda fanning o‘quv materiallari o‘quvchiga interfaol usullar bilan, psixologik va pedagogik jihatlar, zamonaviy axborot texnologiyalari, audio va video animatsiyalar imkoniyatlaridan o‘rinli foydalaniladi. Barcha foydalanuvchilar uchun muljallangan tushunarli darslik yaratish. Darslik ko’rgazmali materiallarga boy bo’lib, bu orqali ko’prok bilim olish. Darslikda mustaqil ishlash uchun etarli ma’lumotlar bo’lishi kerak. Bilim va o’zlashtirish darajasini tekshirish uchun ma’lumotlar bo’lishi kerak. Xozirgi kunda respublikamizda ham masofadan o’qitish uslubiy materiallari ayrim fanlarni o’qitishda foydalanilmoqda va yaxshi natijalar bermoqda. Elektron kutubxonalar, elektron darsliklar, on-layn darslklar rasmga kirmoqda. Misol sifatida «Zamonaviy informatsion texnologiyalar » elektron darsligi bilan tanishib chiqish mumkin. Ya’ni Sizga qulay bo’lgan paytda bu kursni o’rganib chiqishingiz mumkin. Multimedia darslik o’zida ko’pgina ma’lumotlarni mujassamlash bilan birga, bu ma’lumotlarni ekranda namoyish etadi, hamda ovoz yordamida izoxlaydi. Multimedia darslikning xususiyati u voqea va ma’lumotlarni yakkol aks ettiradi. Ya’ni multimedia voqea va ma’lumotlarni xayotiylashtiradi. Bu matn, videotasvir, multiplikatsiya, ovoz va musiqa yordamida amalga oshiriladi. Internetning ikkita asosiy funktsiyasi bor. Buning birinchisi informatsion funktsiya bulsa, ikkinchisi esa kommunikatsion funktsiyadir. Internetning informatsion funktsiyasi birinchi navbatda tarmoq foydalanuvchilariga talab etilayotgan axborotlarni tezkorlik bilan etkazib berish bo’lsa, ikkinchidan u axborotlarni keng ommaga, jaxon miqyosidagi nixoyatda tez sur’atda e’lon kilish ( nashr kilish ) imkoniyati mavjudligi bilan ifodalanadi. Intemetning yuqori sifatlar bilan rivojlanishi ommaviy axborot faoliyatida va nashrchiligida keng imkoniyatlar ochib berdi. Masalan, internet yordamida N’yu Yorkdagi yoki Frantsiyadagi eng sunggi xabarlarni Toshkentga etkazib berish, gazeta va o’quv darsliklarni tayyorlash, nashr qilish, hamda ularni keng o’quvchilar ommasiga tarqatish, xozirgi mavjud usullardan bir necha un barobar arzon, tez va samaradorliroq bo’ladi. Internetning kommunikatsion funktsiyasi foydalanuvchilarning masofadan turib o’zaro muloqat qilish imkoniyatini yaratib berilishi bilan ifodalanadi. Bunga misol tariqasida internet elektron pochtasi, internet-telefon va real vaqt oraligidagi bevosita xabar almashish, Chat - konferentsiya yordamida amalga oshirilayotgan muloqatlarni keltirishimiz mumkin . Bundan tashqari internetning kommunikatsion funktsiyasi uning foydalanuvchilariga videomuloqat qilish, videokonferentsiyalar uyushtirish, bir shahardan turib ikkinchi shahar ko’chalarini ( masofadagi Web - kameralar yordamida) tamosha qilish va muzeylarga tashrif buyurish, hamda tabiat manzaralaridan roxatlanish imkoniyatlarini beradi. Download 139.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling