Telifon raqam +99890-954-49-09 Xonboboyev Hakimjon Ikromovich


Download 36.54 Kb.
bet1/3
Sana23.02.2023
Hajmi36.54 Kb.
#1223506
  1   2   3
Bog'liq
Ziyaviddinova G


PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR YORDAMIDA O‘QUVCHILAR BILIMINI BAHOLASH VA NAZORAT QILISH METODIKASI
Ziyaviddinova Gulnoza Erkinovna
70110602- Ta’limda axborot texnologiyasi mutaxassisligining
2-bosqich magisranti
Telifon raqam +99890-954-49-09
Xonboboyev Hakimjon Ikromovich
Fizika – matematika fakulteti dekani, texnika fanlari nomzodi, professor
Annotatsiya:Ushbu maqolada pedagogik dasturiy vositalar yordamida o’quvchilarni bilimini baholash va nazorat qilishda iSpring dasturi yordamida test yaratish va undan nazorat jarayonlarida foydalanish metodikasi batafsil yoritilgan. Shuningdek nazorat qilish jarayoni, testlar va ularning turlari, ularni yaratish haqida nazariy ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar: Pedagogik dasturiy vositalar, test, nazorat, iSpring, taqdimot, interaktiv, standar va nostandart test.
Bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash - ta’limning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy vazifasi fan asoslarini o‘zlashtirish yo‘lidagi o‘quvchilar bilimini, ularning imkoniyatlarini aniqlashdir. Bilish qobiliyatini aniqlaydigan mezonga o‘zlashtirish tezligi, fikrlash jarayonining egiluvchanligi va tafakkurning aniq komponentlari, ularning o‘quv materialini xotirasida saqlab qolishi, yodlab olishi, ijodiy fikrlashi, mantiqiy amallar bajarishi kabi qobiliyatlari kiradi. To‘g‘ri tashkil etilgan baholash usuli o‘quvchilarda fanning ayrim komponentlari va elementlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni aniqlay olishga oid ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalarining shakllanishiga va rivojlanishiga imkon berish bilan birga o‘quvchilarni o‘quv topshiriqlarini muntazam bajarib borishga, darslarga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirishga, o‘quv jarayoniga ma’suliyat bilan ijodiy yondashishga o‘rgatadi[1.C.94].
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va qobiliyatlarini nazorat qilish o‘quv jarayonining muhim qismidir[2.C.97]. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida har qanday ta’lim texnologiyalari asosida fanning o‘quv jarayonini tashkil etganda ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash muhim rol o‘ynaydi. To‘g‘ri tashkil etilgan baholash usuli o‘quvchilarda o‘quv-ma’lumotlarni aniqlay olishga oid bilim, ko‘nikma hamda malakalarni shakllanishiga imkon berish bilan birga, o‘quvchilarni o‘quv topshiriqlarni muntazam bajarib borishga, darsga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, o‘quv jarayoniga ma’suliyat bilan ijodiy yondashishga o‘rgatadi[3.C.88]. Nazoratning maqsadi o‘quvchilar tomonidan o‘quv-ma’lumotlarini o‘zlashtirishning sifatini aniqlash, o‘z bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalarini tashxislash va tuzatish hamda ta’lim olishga oid ma’suliyatini oshirishdan iborat. O‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish o‘quv jarayonini samaradorligini oshirish va takomillashtirish uchun yuqori darajadagi imkoniyatlarni yaratadi.
O‘quvchilarning bunday ko‘nikma va malakalari o‘quv materiallarini muammosiz, tushungan holda qabul qila bilish, uni qayta ishlab tahlil qila olish, mavzuning muhim jihatlarini ajrata olish, yangi o‘zlashtirilgan bilimlarni avvalgilari bilan bog‘lagan holda umumlashtirish, takrorlash va ularni amalda tatbiq qila olish jihatlari bilan baholash kerak bo‘ladi[1.C.94].
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini asosan to‘rt xil usul bilan tekshirib baholanadi. Bular: og‘zaki, yozma, amaliy va test[4.C.98].

Download 36.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling