Telifon raqam +99890-954-49-09 Xonboboyev Hakimjon Ikromovich
Og‘zaki baholash o‘quv jarayonida o‘quvchining o‘z fikrini haqqoniy va ilmiy asoslangan holda erkin, mustaqil bayon etishiga qaratilgan. Yozma
Download 36.54 Kb.
|
Ziyaviddinova G
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy ishni
Og‘zaki baholash o‘quv jarayonida o‘quvchining o‘z fikrini haqqoniy va ilmiy asoslangan holda erkin, mustaqil bayon etishiga qaratilgan.
Yozma baholash o‘quvchilarning yozish qobiliyatini rivojlantirishga, fikrlashga ijodiy yondashishga o‘rgatishga qaratilgan. Amaliy ishni baholash o‘quvchilarni turli amaliy dasturlarni yaratish, amaliy loyihalar tayyorlashga o‘rgatadi. Test savolga javob berishning murakkab vositasi bo‘lib, ilmiy va metodik talablarga javob beruvchi, baholash usuli. Test o‘quv fani mazmun va mohiyatini, o‘quv materialining tasniflanishi, mavzulararo hamda fanlararo bog‘liqlikning puxta tahlili orqali yaratiladi. Test orqali so‘rab baholashning salbiy tomonlari test nutqini o‘stirmaydi, ba’zan tavakkal belgilanadi, asosiysi fikrni erkin bayon etishga yo‘l qo‘ymaydi[1.C.95]. Bu borada U.M.Mirsanovning fikriga ko‘ra, o‘quvchining faniga oid bilimi, ko‘nikma va malakalarini baholash vositalari orasida test ishlanmalari, atamalarni tushunish, bilish, misol va masalalarni tahlil qilish kabi imkoniyatlarga ega bo‘ladi[3.C.28]. Test sinovi o‘quvchining o‘z bilimini baholashda, ob’ektivlik va epchillikka imkon beradi[3.C.88]. V.A.Krasilnikova, E.V.Yakushina, A.V.Obrubova, T.U.O‘tapovlarning fikriga ko‘ra, test - o‘quvchining standartlashtirilgan sinovda va o‘qitish natijasida o‘zgarishining sifat va shaxsiyat xususiyatlarini o‘lchash uchun mo‘ljallangan hamda natijalarni tahlil qilish texnologiyasidan iborat bo‘lgan vosita. Test sinovi davomida o‘quvchilar turli misol va masalalarni dasturlashni, mantiqiy amallarni bajarishni mulohaza qiladi, umumiy xususiyatlarini, farqlarini aniqlaydi. Yaxshi ishlab chiqilgan test o‘quv materialini takrorlaydi va mustahkamlaydi[3.C.89]. Kompyuter dasturlari yordamida testlar tuzilganda, albatta mavzu matnning muhimligi, ilmiy ishonchliligi, test tarkibini zamonaviy ilmiy holatga mosligi, nazorat uchun tarkibiy elementlarning etarliligi, to‘liqligi hamda testni qiyinlik darajasining o‘sib borishi, tizimliligi kabi tamoyillarga amal qilinadi. Umumiy holda o‘quvchilarning mustaqil o‘quv faoliyatini onlayn testlar yordamida nazorat qilish va baholashda har bir to‘g‘ri javobga 1 ball, noto‘g‘ri javobga 0 ball beriladi. O‘quvchi tomonidan olingan barcha ballar yig‘indisi to‘g‘ri javoblar sonini beradi[3.C.95]. Bu son uning bilim darajasini, ya’ni “sinovdan o‘tuvchini test bali” tushunchasi bilan aniqlanadi. O‘quvchilar bilimini baholashning zamonaviy, shaffof va adolatli usularidan foydalanish, ularning muayyan fan bo‘yicha o‘zlashtirishiga ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan darsdan tashqari o‘quv faoliyatini tashkil etishning boshqa fanlar kabi, o‘quvchilarni nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalari nazoratdan o‘tkazish orqali bilimini baholash mumkin. Bugungi kunda, mamlakatimiz umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan darsdan tashqari o‘quv faoliyatini tashkil etishni o‘quvchilarning bilimi, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalarini Kompyuterning pedagogik dasturiy vositalari yordamida baholashda onlayn testlardan hamda xalqaro talablarga mos (TIMSS, PISA asosida) testlardan deyarli foydalanilmayotgani ma’lum bo‘ldi. Shu bois, o‘quvchilarning chorak va yillikda egallagan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalarini baholashda onlayn standart va nostandart testlardan hamda xalqaro talablarga mos testlardan foydalanishni joriy etish bugungi informatika va axborot texnologiyalari ta’limining dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu borada, U.M.Mirsanovning fikriga ko‘ra, maktablarda o‘quvchining bilimini baholash va nazorat qilish jarayonida onlayn xalqaro talablarga mos (TIMSS, PISA asosida) testlar yordamida modernizatsiyalash orqali samarali natijalarga erishish mumkin. Uning ta’kidlashicha Kompyuterning pedagogik dasturiy vositalari asosida nazoratni amalga oshirish, o‘quvchining bilim, intellektual qobiliyat, kognitiv, kreativlik fikrlash va amaliy ko‘nikmalarini ob’ektiv baholash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi[3.C.89]. H.B.Nikadambaevaning fikriga ko‘ra, Kompyuterning pedagogik dasturiy vositalari yordamida onlayn va offlayn test va nostandart testlar tuzilganda, albatta, mavzu matnining muhimligi, ilmiy ishonchliligi, nazorat uchun tarkibiy elementlarning etarliligi, to‘liqligi hamda testning oddiylikdan murakkablikka o‘tishi, tizimliligi kabi tamoyillarga amal qilish lozimligini ta’kidlaydi. T.U.O‘tapovning[5.C.41.]fikriga ko‘ra, onlayn va offlayn testlar o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash tizimini takomillashtirishda test sinovlarini ilmiy tashkil etish, ya’ni uning maqsadi, topshiriqlarining turlari hamda olingan natijalarining statistik qayta ishlash vositalarini yuqori darajada bilish lozim[3.C.89]. Elektron axborot ta’lim resurslarini yaratishda keng ishlatilib kelinayotgan dasturiy ta’minotlardan biri Ispring dasturi hisoblanadi.Odatda, taqdimotni o‘tkazishga tayyorlanish jarayonida aksariyat hollarda Microsoft PowerPoint dasturiy ta’minotidan foydalaniladi. Ammo bunday taqdimotlar faqat mazkur mahsulot formatidagina bo‘lishi mumkin (ppt, pptx). Hozirgi vaqtda internet texnologiyalarining rivojlanishi va o‘z navbatida, masofali ta’lim turining paydo bo‘lishi natijasida taqdimot fayllarini internet brauzerining o‘zida onlayn ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish uchun flash (swf) formatida yoki HTML 5 texnologiyasi asosida yaratilgan fayl bo‘lishi kerak. Hozirga kelib, PowerPoint dasturida tayyorlangan taqdimotdan flash-rolik shakllantirish imkoniyatini beruvchi dasturlar yaratilgan. Mahsulot iSpring deb nomlanadi va iSpring QuizMarker, iSpring PRO va iSpring Kinetics kabi variantlarga ega. Mustaqil ekspertlarning fikriga ko‘ra, bugungi kunda mazkur mahsulot tezligi, bir formatdan boshqa formatga konvertatsiyalash sifati va optsiyalar soniga ko‘ra eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. iSpring nafaqat flash-taqdimotlarni yaratishga, balki ta’lim jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan roliklar tayyorlashda, xususan, ularga turli shakldagi so‘rovlar, elektron testlarni ham kiritgan holda o‘zaro interaktiv bog‘lanish imkoniyatini ham beradi. iSpring Suite – bu PowerPoint dasturida elektron o‘quv kurslarini yaratuvchi professional vosita hisoblanadi. iSpring dasturi yordamida foydalanuvchi bir nechta bosqichdagi o‘quv kurslarini yaratishi va nashr qildirishi mumkin: a) Power Point- taqdimotlar bazasida o‘quv kurslarini yaratish; b) Audio va video fayllarni birlashritish; c) Interaktiv testlar yaratish; d) Interaktiv bloklar yaratish; e) Masofaviy ta’lim tizimi uchun ma’lumotlar tayyorlash. Download 36.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling