Тема Формирование деятельности цифровой экономики


Download 8.41 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi8.41 Kb.
#1762472
Bog'liq
1-mavzu

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Reja

Qo’qon Davlat pedagogika instituti Ta’lim menejmenti kafedrasi dotsenti Po`latov Sharifjonning « TA`LIM MENEJMENTI » fanidan taqdimoti

1-Mavzu: Ta’lim menejmenti nazariyalarining rivojlanish bosqichlari. Boshqarish qonuniyatlari va tamoyillari.

Reja:

  • 1. Ta’lim menejmenti tushunchasi. Umumfalsafiy qonunlar va pedagogik kategoriyalar boshqaruv metodologiyasining asoslari
  • 2. Ta’lim muassasalarini boshqarish sohalari qonunlari va uning ahamiyati.
  • 3. Ta’lim muassasalarini boshqarishning asosiy tamoyillari.

1. Ta’lim menejmenti tushunchasi. Umumfalsafiy qonunlar va pedagogik kategoriyalar boshqaruv metodologiyasining asoslari
Ta‘lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini tuyg`unlashtirish tamoyili ta‘limni tashkil etish va uning sifatini oshirishda davlat va jamiyatning ta‘lim muassasalarini boshqarishda hamkorlikka erishishni nazarda tutadi. Ta‘lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvi ta‘lim samaradorligini oshirishga zamin yaratadi.
Boshqaruv —bu tizimni shakllantirish va rivojlantirish maqsadida uni sifatini ta’minlash, tartibga solish uchun ta’sir etishdir. Ilmiy boshqaruv nazariyasining paydo bo‘lishiga va rivojlanishiga butun dunyoga mashhur ilmiy menejment amaliyotchi va nazariyachilari F. Teylor, G.Ford, G. Emerson, A. Fayol, E. Meyolar katta hissa qo‘shganlar. Masalan, o‘z davrida Anri Fayol boshqarish bu - holatni ko‘rish, kelajakni o‘rganish harakat dasturini tuzishdir deb ta’kidlagan edi. Boshqaruv nazariyasi vakillarining qarashlari tahlili natijasida boshqaruvga quyidagi ta’rifni berishimiz mumkin. Boshqaruv deganda - boshqaruvchi va boshqariluvchi tizim o‘rtasidagi rejalashtirilgan, maqsadga yo‘naltirilgan o‘zaro ta’sirni tushunamiz.


2. Ta’lim muassasalarini boshqarish sohalari qonunlari va uning ahamiyati.
Bugungi kunda pedagogika faniga ta’lim muassasalarini boshqarish bo‘yicha yangidan-yangi tushunchalar kirib kelyapti-ki, ularning mohiyati avvalgilardan ham teranroqdir. Masalan, «ta’sir etish» tushunchasining o‘rniga «o‘zaro harakat», «hamkorlik», «refleksiv boshqarish» kabi tushunchalar qo‘llanilmoqda. Ta’lim muassasalarini boshqarish nazariyasi ta’lim muassasalarining menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment nazariyasi xodimlarga nisbatan ishonch, ularning unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish hamda o‘zaro hurmat bilan tavsiflanadi. O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik qo‘lga kiritilgach katta ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy o‘zgarishlar ruy berdi. Ta’lim qadriyat sifatida yangicha talqinga ega bo‘ldi. SHunga ko‘ra ta’lim tizimini boshqarish masalalariga ham yangicha yondashish taqoza etilmoqda. Jamiyatning rivojlanishi ijtimoiy xayotni zamonoviy boshqarishga – menejmentga bog‘liq. Ta’lim muassasalari jamiyatning bir bo‘lagi sifatida pedagogik menejmentga muhtojdir. Pedagogik menejment – bu ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi ta’lim jarayonini boshqarishning tamoyillari, metodlari, tashkiliy shakllari va texnologik vositalarining majmui.


*
3. Ta’lim muassasalarini boshqarishning asosiy tamoyillari.
Har qanday faoliyat singari boshqarish faoliyati ham o'z vazifalarini bir qator tamoyillarga asoslanib amalga oshiradi. Pedagogik adabiyotlarda ta'lim tizimini boshqarishda asos bo'lib xizmat qiluvchi tamoyillarni ular tomonidan bajariladigan vazifalar (rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish)ga tayanilgan holda belgilanishiga alohida urg'u berilgan. Mazkur o'rinda ta'lim muassasasini boshqarishning har bir tamoyiliga (Slastiyonin V.A. «Obщaya pedagogika» 2003-yil) o'quv qo'llanmasiga tayangan holda) alohida-alohidata'rif berishga harakat qilamiz. Ta'lim muassasasi boshqaruv nazariyasi va tarixida boshqarishning asosiy tamoyillari quyidagilardir: Ta'lim muassasasini boshqarish tamoyillari - pedagogik tizimni boshqarishni demokratiyalash va insonparvarlashtirish; - boshqarishning tizimliligi va yagonaligi; - boshqarishning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan holatlarining ratsional uyg'unligi; - yakka hokimlik bilan jamoatchilik boshqaruvining birligi; - ta'lim tizimini boshqarishda axborotlarning ob'ektivligi va to'liqligi
.
Pedagogik tizimni boshqarishni demokratiyalash va insonparvarlashtirish. Pedagogik kadrlarni tanlov va shartnoma asosida ishga qabul qilish, qabul qilinayotgan qarorlarni ochiq muhokama qilish, axborotlarning barcha uchun ochiq va tushunarli joriy etish, ta'lim muassasasi jamoatchiligi oldida ma'muriyatning muntazam hisobot berishi, o'qituvchi va o'quvchilarga ta'lim muassasasi hayotiga oid o'z fikrlarini bildirishga imkon berish, ta'lim muassasasida demokratik g'oyalarning ustuvor o'rin tutishini anglatadi. Ta'lim tizimini boshqarishda shaxsga alohida hurmat bilan munosabatda bo'lish, unga ishonish, pedagogik faoliyatda subyektning subyektga munosabati darajasiga erishish, o'quvchi va o'qituvchining huquq va manfaatlarini himoya qilish, o'z iste'dodlari va kasbiy mahoratlarini erkin namoyon etish uchun sharoit yaratish insonparvarlik tamoyiliga asoslangan boshqaruv mohiyatini anglatadi. Boshqarishning tizimliligi va yagonaligi. Ta'lim muassasasini boshqarishga nisbatan tizimli yondashuv asosida rahbar ta'lim muassasasini bir butun yaxlit tizim sifatida va uning belgilari haqida aniq tasavvurga ega bo'ladi.
Maktab ichki boshqaruvining o'ziga xosligi quyidagi vazifalarda aniq ko'rinadi:
Ta'lim-tarbiya jarayonini pedagogik tahlil qilish.
Maqsad qo'yish va rejalashtirish.
Tashkil qilish.
Maktab ichki boshqaruvini nazorat qilish.
Tartibga solish.
Download 8.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling