Тема: кузатиш ва тажриба методи


Download 100.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana08.06.2023
Hajmi100.65 Kb.
#1464187
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5b347e2b29cd3 (2)

 
1.3.Fenalogik kuzatishlar 
 
Tabiatda sodir bo`ladigan fasliy o`zgarishlarni va ular bilan bog`lik ravishda
o`simlik va hayvonot dunyosini o`zgarishini kuzatish geografik bilimlarni 
oshirishda va ularni mustaxkamlashda muxim axamiyatga ega, fenalogik 
kuzatishlar maktab hovlisida, geograik maydonchalarda olib borilishi mumkin. 
Fenalogiya –tabiatdagi mavsumiy hodisalar, ularning boshlanish muddatlari 
vash u muddatlarni belgilovchi sabablar to`g`risidagi bilimlar tizimidir. Fenalogiya
atamasini fanga Belgiyalik botanik Sh.Morran 1853 yil kiritgan. 
Fenalogik kuzatishlar kuyidagi kismlardan iborat: 
a)yuksak o`simliklarda kuttaklarning bo`rtishi va yozilishi, barg chikarishi, 
g`unchalash, gullash, urug` va mevalarning pishib etilishi, kuzda barglarning 
sarg`ayishi va to`kilishi; 
b) sut emizukvchi hayvonlarni kuzatishda kuyidagilarga e`tibor beriladi: 
kishki uykudan uyg`onishi, juftlashishgi, bolalash, mavsumiy tullash va x.k; 


v)kushlarni kuzatishda kuyidagilarga e`tibor beriladi: bahorda uchib kelishi, 
uya kurishi, tuxum ko`yish, jo`ja ochish, kuzda uchib ketish; 
g)baliklar kuyidagicha kuzatiladi: bahorgi serharakat xayot, uvildiriklar 
tashlash, mavsumiy ko`chib yurish va x.k. 
Fenalogiya fani kuyidagi tarmoklarga bo`linadi: umumiy va xususiy 
fenologiyaga bo`linadi. Umumiy fenologiya tabiat tarakiyotini yil fasillarini bir 
me`yorda almashib turishi bilan bog`lik xoldagi yaxlit xodisa sifatida o`rganiladi.
Xususiy fenologiya fitofenologiya va zoofenologiyaga bo`linadi. 
Tabiatdagi mavsumiy xodisalarning boshlanish muddatlarini belgilab 
beruvchi omillar va konuniyatlarni ekologik fenologik o`rganadi. Mazkur omillar 
endogen va ekzogen guruxlarga bo`linadi. Endogen omillar erning ichki kuchlari 
bilan bog`lik. 
Tashki ekzogen omillarni belgilab beradi. Masalan, o`simlik va hayvonot 
dunyosini bahorgi uyg`onishini va kishki uykuga ketishini joyning issiklik me`yori 
belgilab beradi. 
Fenologik – geografik konuniyatlarni aniklash uchun fenologik kuzatishlar 
olib boriladi. Fenologik konuniyatlar asosida kishlok xo`jalik tarmoklari bo`yicha 
kilinadigan mavsumiy ishlar va tadbirlarni mintakaviy takvimi tuziladi. Bunday 
takvimdan tabiatni muxofaza kilish tadbirlarni ishlab chikishda foydalaniladi. 
Kuzatish metodi o`kuvchilarning bilish kobiliyatini rivojlantiradi. Uzok 
muddatli kuzatishlar katta axamiyatga ega, uning natijasida o`kuvchilar mustakil 
ravishda tegishli xulosalar kilishi mumkin. 
O`z o`lkasini tabiati va axolisini xo`jalik faoliyatini kuzatish okibatida
geografiya o`kitish metodikasida o`lkashunoslik tamoilini amalga oshirishga 
imkon beradi. 
Kuzatish boshka xududlarni dikkat bilan o`rganishga imkon beradi. Masalan, 
jaxon tabiiy va iktisodiy geografiyasini o`rganishda materiklar va davlatlarning 
geografik sharoitlari o`kuvchilarni o`z yashash joyi sharoiti bilan takoslashga 
imkon beradi. 


Geografik kuzatishlar o`kuvchilarni tabiatdagi vokea xodisalarni ko`p kirrali 
xususiyatlari bilan tanishtiribgina kolmasdan balki tabiiy geografik va iktisodiy 
geografik vokea va xodisalarni bir-biri bilan o`zaro bog`likligini ham ochib beradi. 
Geografik vokea va xodisalarni kuzatish muddatlari ham turlicha. Ayrim
xodisalarni (ob-hovo) uzok muddat kuzatishga to`g`ri keladi, boshka hodisalarni 
esa kiska vaktda kuzatish mumkin (yomg`ir yog`ishi, shamol, chakmoa boshkalar). 
Dastlab geografik bilimlarni o`zlashtirishga imkon beradigan vokea va hodisalarni 
kuzatmok darkor. Ko`p geografik tushunchalarni tegishli kuzatishsiz o`rganib 
bo`lmaydi (ob-havo, iklim, rel`ef shakillari, ichki suvlar). 
Geografik kuzatish ko`nikmalarini shakllartirish murakkab vazifalardan 
xisoblanadi va unda kuyidagi talablarga javob berish lozim: 
1.O`kuvchilarga 
kuzatishni 
maksadi, 
vazifalari, 
mazmuni va 
ob`ektiborishikanday olib borish xakida so`zlab berish lozim. Bunda kuzatish 
dasturini ishlab chikish katta axamiyat kasb etadi. 
2.O`kuvchilarga tegishli asboblar bilan ishlashni o`rgatish lozim (Kompas, 
balometi, flyuger, nivelir va x.k.) 
3.Kuzatish natijalarini anik kayd etishni o`rganish lozim (daftarga, kuzatish 
jurnaligi) 
4.Kuzatish natijalarini umumlashtirish va kayta ishlash ko`nikmalarini 
shakillantirish. Masalan, o`rtacha sutkalik, oylik va yillik xaroratlarni xisoblash
daryo okimini xisoblash; bosim chizmalarini tuzish; korxonani ishlab chikarish
alokalari chizmasini tuzish. 
5.O`kuvchilarni Geografik vokea va xodisalarni o`rtasidagi o`zaro alokalarni 
aniklashga o`rgatish. Masalan, iklimiy sharoit va kishlok xo`jaligi o`rtasidagi 
bog`liklik. 
6.O`kuvchilar kuzatish ishlariga kizikish uyg`otish zarur. Buning uchun 
kuzatish ishlarini muntazam nazorat kilib turish zarur. Ularga kuzatish ishlarini 
oldindan aytmaslik kerak. 


Kuzatishning mazmuni xilma-xil bo`lmog`i lozim va sinfdan sinfga o`tgan 
sari murakablashib borishi zarur. Dars jarayonida kuzatish natijalaridan muntazam 
foydalanib borish kerak. 
O`kuv yili boshida mavzular bo`yicha kuzatish natijalaridan foydalanish 
rejasini tuzmok zarur. Geografik vokea xodisalarni kuzatish malakalari ortishi 
bilan o`kuvchilarni mustakil ish olib borish kobiliyatlari ortib boradi kuzatish 
davomida o`kuvchilarni mustakilligini oshirish tartibi kuyidagilardir: 
-o`kuvchilar o`kituvchi raxbarligida kuzatish olib borishadi. Kuzatish 
sinfda, geografiya maydonlarida yoki joylarda olib boriladi. Asosan havo xarorati 
yog`inlar, shamollar kuyoshning balandligi kuzatiladi; 
-o`kituvchi bergan reja asosida o`kuvchilarni tabiatda va ishlab chikarishda 
olib boriladigan mustakil ishlari (meteorologik, gidrologik, fenologik, xo`jalik) 
kuzatish natijalarini o`kuvchilar mustakil ravishda kayta ishlashadi va 
umumlashtiriladi; 
-o`kuvchilarni kuzatish ishlari dasturini ishlab chikishda katnashishi. Ular 
tomonidan uzok vakt kuzatish ishlari olib borilishi va ularni natijalarini 
umumlashtirishi (deagramma, xarita, chizmalar tuzish) 
Kuzatish metodlarini takomillashtirishning asosiy yo`li o`kuvchilarni 
mustakilligini oshirishdir. 

Download 100.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling