Тема: кузатиш ва тажриба методи


Download 100.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana08.06.2023
Hajmi100.65 Kb.
#1464187
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5b347e2b29cd3 (2)

 
2.Tajribalar 
 
Tajriba metodi deb o`kuvchilar tabiatda bevosita kuzata olmaydigan vokea 
va xodisalarni laboratoriya mashg`ulotida yaratishga aytiladi. Ayrim vokea va 
xodisalar juda tez sodir bo`ladi (zil-zila, vulkon va x.k) ayrimlari juda uzok vakt 
davom etadi (tog` jinslarini xosil bo`lishi, tog`larni ko`tarilishi, daryo vodiylarni 
shakillanishi va x. k.). bunday jarayonlarni bevosita kuzatib bo`lmaydi. 
Tabiiy geografiyani kator mavzularini o`rganishda tajribalar o`tkazish 
muxim o`rin tutadi. Tajriba yordamida murakkab tabiiy geografik jarayonlar sodir 
bo`lishini o`kuvchilarga sinf sharoitida ko`rsatish mumkin. 


Geografiya o`kitish metodikasida kuyidagi tajribalar o`tkaziladi: 
1.Litosfera mavzusida o`tkaziladigan tajribalar 
2.Gedrosfera mavzusida o`tkaziladigan tajribalar 
3.Atmosfera mavzusida o`tkaziladigan tajribalar. 
2.1. Litosfera mavzusini o`rganishda tajriba metodidan foydalanish 
 
Mazkur mavzuni o`tishda cho`kindi jinslarni xosil bo`lishini, burmalarni 
vujudga kelishini tajribada ko`rsatish mumkin. 
Chukindi jinslarni xosil bo`lishini tajribada kuyidagicha ko`rsatish mumkin. 
buning uchun 1l shisha bankaga yarim litr suv kuyiladi. Unga kum vag il solinadi 
va so`ngra banka silkitiladi. Silkish jarayonida kum vag il suv bilan aralashadi va 
loyka hosil bo`ladi. Shundan so`ng banka stol ustiga ko`yilib tindiriladi. Tindirish 
jarayonida o`kuvchilar kuzatib turishlari lozim. Tindirish jarayonida banka tubiga 
avval og`irrok jins yani kum tusha boshlaydi va kum katlami xosil bo`ladi so`ngra 
engilrok gil katlamicho`ka boshlaydi hamda kum katlamini tepasida gil(loyka) 
katlami xosil bo`ladi, uni tepasida suv katlami joylashadi. 
Tajribadan so`ng o`kituvchi sinfga kuyidagi savollar bilan murojat kiladi: 
-kaysi tog` jinslari oldinrok cho`kdi; 
-kaysi tog` jinslari kiyinrok cho`kdi; 
-nima uchun idish tubida hosil bo`lgan jinsni cho`kindi tog` jinsi deb ataladi; 
-cho`kindi tog` jinslarini kanday belgilarga karab aniklash mumkin; 
Tog tizmalarni yoki burmalarni xosil bo`lishini ko`rsatish uchun 20-30 dona 
kog`oz varag`i yoki o`kuvchilarni daftarlaridan foydalanish mumkin. buning uchun 
kog`ozlar katlami yoki sinf daftari stol ustiga gorizantal xolatda ko`yiladi. So`ngra 
ikki tomonidan sikiladi, natijada tog` tizmasi va tizmalar orasidagi vodiy (botik) 
xosil bo`ladi. Vertikal katlami esa burmalarni vujudga kelishini ifodalaydi. Bundan 
tashkari glaben va gorstlerni xosil bo`lishini plastelindan foydalanib o`kuvchilarga 
ko`rsatilsa ham bo`ladi. 



Download 100.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling