Tema: Xirurgiya fani xaqida tushuncha. Xirurgik davolash xususiyatlari Reja


Download 249.89 Kb.
bet35/64
Sana04.05.2023
Hajmi249.89 Kb.
#1425270
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64
Bog'liq
lekciya uzbekcha

Limfongoit va limfoadenit - limfa tomirlarining hamda limfa bezlarining yallig'lanishi bo'lib, ikkala xastalik ham ikkilamchi kasalliklar turkumiga kiradi. Bular asosan furunkul, karbunkul, gidradenit va boshqa yiringli kasalliklar asorati sifatida paydo bo'ladi. Yiringli o'choqlar rivojlangan joylardan limfa tomirlari bo'ylab tomir qizarib, og'riq bilan tortilgan joyni paypaslaganda og'riq beradigan chiziq biror-bir bo'g'im chuqurchasida tugunlar hosil qilishi va ularning kattalashishi limfadenit deb ataladi. Ba'zi yallig'langan tomirlar bo'ylab kuzatiladigan infiltrat yumshaydi, og'riqlar bir oz kamayadi. Bu esa yiringlash ro'y berganligidan dalolat beradi. Bunday hollarda jarrohlik yo'li bilan yiringli o'choqlarni ochish tavsiya qilinadi. Qolgan hamma hollarda asosan birlamchi yiringli kasalliklarni davolash, antibiotiklar va fizioterapevtik umumiy davolash tavsiya etiladi. Kasallik boshida esa a'zolar harakatini chegaralab, mahalliy muolajalarni bajarish maqsadga muvofiqdir. 
Abssess va flegmonalar. Abssess to'qima va a'zolarning chegarali o'tkir yiringli yallig'lanishidir. Flegmona - tarqalgan o'tkir yiringli yallig'lanish hisoblanadi.
Ko'proq teri ostidagi yog' to'qimasida rivojlanadi, to'qimalarni yemirish xususiyatiga ega. 
Ikkala kasallik o'rtasidagi farq shundan iboratki, birinchi holda yiringli yallig'lanish chegaralangan, ikkinchi holda esa tarqalgan bo'ladi. Abssesslarda flyuktuatsiya (to'lqinlanish) belgisi musbat, flegmonalarda bu belgi umuman aniqlanmaydi, aniqlansa ham, kuchsiz bo'ladi. Qolgan klinik belgilarning hammasi ikkala kasallikda ham qariyb bir xildir. Flegmonada yiringli yallig'lanish tarqalganligi sababli umumiy klinik ko'rsatkichlari bir oz kuchliroq namoyon bo'lishi mumkin. 
Flegmona va abssesslarni davolash asosan jarrohlik yo'li bilan, yiringli o'choqlarni ochish orqali bajariladi. Yiringlar ochilgandan keyin esa jarohatlarni mahalliy davolashning umumiy qoidasiga rioya qilgan holda, ya'ni shu a'zolarga dam berish, yiringlarning oqishiga sharoit tug'dirish, mexanik antiseptika yo'li bilan davolash va antiseptiklarni qo'llash orqali bajariladi. Suyuqlik ajratib chiqarayotgan jarohatlarga tuzli gipertonik eritmalar (10 % xlorid natriy eritmasi) bilan salfetkalar, jarohat qurishi (digedratatsiya) vaqtida esa Vishnevskiy malhami bilan bog'lamlar qo'llaniladi. 
Mastit Ko'krak bezining yallig'lanishi mastit deyiladi. Uni qo'zg'atuv- chisi ko'pincha stafilokokk bo'lib, bez uchining mikrojarohati hisobiga yallig'lanish kelib chiqadi. Jarayon seroz, infiltrativ, abssess, flegmonoz, gangrenali va surunkali infiltrativ bosqichlarda kechadi. Mastitning seroz bosqichi bemorda harorat to'satdan 38,5 — 39°C ga ko'tarilishi va ko'krak bezida og'riq paydo bo'lishi bilan kechadi. Mahalliy ko'zdan kechirilganda ko'krak bezi kattalashgan, paypasla- ganda og'riqli, ammo terisi o'zgarmagan bo'ladi. Kech tashxislashda yoki noto'g'ri davolanganda jarayon kuchayadi va o'tkir infiltrativ bosqichga o'tadi. Bunda ko'krak bezi kattala- shib, ustidagi teri qoplami qizaradi. Paypaslab ko'rilganda ko'krak bezi og'riqli, infiltrat chegarasi aniq bilinadi.Umumiy alomatlardan boshog‘rig‘i, uyquchanlik, et uvishishi, behollik, haroratning 39 — 40°C gacha ko‘tarilishi kuzatiladi. Leykotsitoz 10-12 minggacha, ECHT soatiga 30—45 mm gacha oshadi. Qo‘ltiqosti limfa tugunlari kattalashadi.

Download 249.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling