Tema: Xirurgiya fani xaqida tushuncha. Xirurgik davolash xususiyatlari Reja


Download 249.89 Kb.
bet38/64
Sana04.05.2023
Hajmi249.89 Kb.
#1425270
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   64
Bog'liq
lekciya uzbekcha

Sepsis
Sepsis — bu turli-tuman mikroflora va ularning toksinlari qo‘zg‘ata- digan ogMr umumiy xirurgik infeksion kasallikdir. Sepsis birlamchi va ikkilamchi bo’ladi. Agar mikroblar to‘g’ridan to‘g’ri organizmga qon orqali tushishi bilan kasallik paydo bo’lsa, birlamchi sepsis, agar birlamchi yallig’lanish o‘choqlari (chipqon, karbunkul, osteomiyelit, flegmona va abssesslar) orqali rivojlanadigan bo’lsa, ikkilamchi sepsis deyiladi. Sepsis bir necha soatdan (yashin tezligida o’tadigan) uzoq yillargacha (surunkali turi) davom etadi.
Davosi. Statsionar sharoitida shifokor nazoratida kompleks bo'lishi va qo‘zg‘atuvchiga qarshi kurashga, zaharlanishni kamaytirishga, organizmning immunitetini oshirishga, moddalar almashinuvi va ichki a’zolar funksiyalari, shuningdek, qon tarkibini yaxshilashga qaratilishi lozim. Bemorlarga choy, vitaminli ichimliklar, sutni ko‘p miqdorda ichirish, teri ostiga yoki venaga fiziologik eritma va 5%li glukoza eritmasi, qon, plazma va oqsil preparatlari yuboriladi. Bemorning ovqati vitaminlarga boy va sifatli bo‘lishi kerak. Shuning uchun go‘sht ekstrakti, qaynatilgan baliq, tuxum, tvorog beriladi. Ularga yangi sabzavotlar va mevalar iste’mol qilish tavsiya etiladi. Antibiotiklar ularning sepsis keltirib chiqargan mikrofloraga sezuvchanligini hisobga olgan holda tayinlanadi.
Profilaktikasi. Infeksiya o'chog’ini faol davolash, jumladan, yiringli va metastatik o‘choqlarni o‘z vaqtida ochish, yot jismlarni olib tashlash alohida ahamiyatga ega. Bemorni parvarish qilishda qo‘rquv va his-hayajonlarni bartaraf etishning ahamiyati katta. Bemor xonasining havosi toza bo'lishi lozim. Bemorda yotoq yaralar paydo bo’lmasligi va ichi yaxshi yurishib turishini kuzatib borish kerak
Xirurgik infeksiya bilan kasallangan bemorlarni parvarishlash
Xirurgiyada, umuman olganda tibbiyotda kichik va katta kasallik bo‘lmaydi. Bemorni noto‘g‘ri davolash va vaqtni qo’ldan boy berilganda yuz sohasidagi kichkina chipqon ham o‘limga olib kelishi mumkin. Shuning uchun xirurgik infeksiyalarni davolashda bemorning o‘z vaqtida shifokorga murojaat qilishi va mumkin qadar asoratsiz davolanishi, ularni yaxshi parvarishlash muhim ahamiyatga ega. Umu­miy parvarish tadbirlari quyidagilardan iborat.

Download 249.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling