Tema: Xirurgiya fani xaqida tushuncha. Xirurgik davolash xususiyatlari Reja


Tema: Yiringli yallig‘lanish kasalliklarida hamshiralik ishi


Download 249.89 Kb.
bet34/64
Sana04.05.2023
Hajmi249.89 Kb.
#1425270
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   64
Bog'liq
lekciya uzbekcha

Tema: Yiringli yallig‘lanish kasalliklarida hamshiralik ishi


Reja:

1.Xirurgik infeksiya haqida tushuncha.


2.Mahalliy yiringli xirurgik infeksiya kasalliklari.
3.Umumiy yiringli infeksiya. Sepsis.
4.O‘tkir anaerob infeksiya: qoqshol, gazli gangrena. etiologiyasi, klinikasi, umumiy va mahalliy davolash,bemorlarni parvarish qilish xususiyatlari, profilaktikasi.


Mazmuni


Xirurgik infeksiya deganda davolash, asosan, xirurgik usullar bilan olib boriladigan, nospetsifik va spetsifik mikroblar keltirib chiqaradigan yalligianish kasalligi tushuniladi. Klinik turiga qarab, xirurgik infeksiya o‘tkir (stafilokokk va streptokokk, ko'k yiring tayoqchasi, qoqshol, gazli gangrena, sil va b.) va surunkali( spetsifik va nospetsifik) turlarga bo'linadi.
Mahalliy belgilar hammaga ma’lum hodisalar; qizarish (rubor), shish (thmor), og'riq (dolor), haroratning ko'tarilishi (color ).
Furunkul - teriosti yog' xaltasi va yog' bezlarining o'tkir yiringli yallig'lanishidir. Bu yallig'lanishlar gohida teriosti yog' to'qimalariga ham yoyilishi mumkin. Furunkullarning asosiy chaqiruvchilari stafilokokklardir. Furunkullar tananing tuklar bilan qoplangan barcha maydonlarida, asosan yuz, bo'yin, bel va dumba sohalarida ko'proq uchrashi mumkin. Furunkulni keltirib chiqaruvchi omillardan asosiy o'rinni shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik (kam cho'milish, kiyimlarni tez-tez almashtirmaslik), vitaminlar yetishmasligi, terining tirnalishi, umumiy va uglevodlar almashinuvining (qandli diabet bilan og'rigan bemorlarda) buzilishi egallaydi. Furunkul obyektiv kuzatilganda teri qizargan, shishgan, tuk atrofidagi hamda teriosti yog' qatlamini yiringli jarayon o'ziga jalb etgan, yiring yuzida bitta tuk bo'lib, u ham gohida o'zidan-o'zi tushib ketishi mumkin. 
Yuz furunkullari o'ta xavfli bo'lib, yuqori jag' sohasida uchraydigan xillari qo'l bilan ezilganda, vena tomirlari orqali infeksiyalar ko'tarilib, venalar tromboflebiti, yuz saramasi, venalar orqali bosh miya sinuslariga o'tib meningit, ensefalit, bosh miya abssessi va sepsis holatlariga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun ham bunday bemorlar shifoxonalarda davolanishlari shart. 
Karbunkul - deb birdaniga bir nechta soch xaltalari, teriosti yog' qatlami va pastki qavat to'qimalarining bir vaqtda o'tkir yiringli yallig'lanib, katta miqdordagi to'qimalarni nekrozga olib keluvchi holatga aytiladi. Karbunkulni chaqiruvchi mikroorganizmlar furunkulni chaqiruvchilardan farq qilmaydi. Asosan karbunkul bo'yinning orqa sohasida ko'p uchraydi, ya'ni bu holat iflos ko’ylaklarning yoqasi bo'yinga ko'p ishqalanishi tufayli terining shikastlashi sababli kelib chiqadi. Karbunkulning klinik kechishi ham furunkulnikiga o'xshash, biroq bu ko'rsatkichlar og'irroq kechib, bularga ishtahaning yo'qligi va qusish holatlari qo'shiladi. Karbunkulda furunkulga qaraganda abssess, flegmona, limfadenit, tromboflebit va sepsis kabi asoratlar ko'p uchraydi. Karbunkul bilan og'rigan bemorlar ham shoshilinch ravishda shifohonalarda davolanishlari shart. 
Gidradenit - ter bezlarining o'tkir yiringli kasalligidir. Bunday yiringli yallig'lanishga ko'pincha qo'ltiqosti ter bezlari chalinadi. Avvaliga qizarib infiltrat hosil qiladi, keyinchalik uch berib, o'rta qismidan yiring chiqaradi, abssesslar paydo qiladi.
Bunday bemorlarning qariyb barchasi ambulator sharoitda davolanishlari tavsiya etiladi. 

Download 249.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling