Tema: Xirurgiya fani xaqida tushuncha. Xirurgik davolash xususiyatlari Reja


Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish


Download 249.89 Kb.
bet42/64
Sana04.05.2023
Hajmi249.89 Kb.
#1425270
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   64
Bog'liq
lekciya uzbekcha

Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish:
Jaroqatlangan odamga yordam ko’rsatishda jarroqlik qayta ishlovi asosiy aqamiyatga ega. Jarroqlik qayta ishlovi agar birinchi 6 soat ichida o’tkazilsa erta, 24 soat ichida o’tkazilsa kechiktirilgan, undan qam keyin o’tkazilsa o’ta kechikkan deyiladi.
Birlamchi jarroqlik qayta ishlovida jaroqatni ogir-engilligiga qarab mahalliy yoki umumiy og’riqsizlantirilib, yarani yuviladi va quyidagi 5 ta tadbir amalga oshiriladi: 1) yarani kesib ochish, 2) o’lgan to’qimalarni olib tashlash, 3) jaroqatdagi yot jismlarni olib tashlash, 4) Qon oqishini to’htatish, 5) jaroqatni tikish, drenaj qo’yish.
qar qanday jaroqatni iflosliklardan tozalab, chetlari yodonat, yodopiron bilan, jaroqatning o’zi esa 1-2 % vodorod peroksid bilan ishlanadi va aseptik boqlam qo’yiladi.
Iflosliklar bo’lmaganda, yot jismlarni to’la olib tashlash va jaroqat chetlarini tortmasdan yaqinlashtirish imqoni bo’lsa, magistral tomirlar va nerv stvollari butun bo’lsa jaroqatni tikish mumkin.
Yiringli jaroqatlarni yalliqlanish fazasida davolashda V. I. Struchkov bemor immun tizimini faollashtirish, antiseptiklardan foydalanish, yiringni chiqib ketishiga imqon yaratish, proteolitik fermentlardan foydalanishni tavsiya etadi. Regeneratsiya fazasida esa umumiy quvvatlantiruvchi terapiya, indifferent malqamlardan foydalanish tavsiya etiladi. Zaruriyat bo’lsa jarroqlik usullaridan foydalaniladi.
Suyak butunligining to’liq yoki qisman buzilishi sinish deyiladi. Suyaklarning sinishi ochiq va yopiq ko’rinishda bo’ladi. Ochiq sinish-teri butunligining buzilishi,ya'ni jarohatlanishi bo’lsa, yopiq sinishda esa teri butunligi saqlanadi. Suyaklar to’liq va qisman singan bo`lishi mumkin. Suyakning tuliq sinishida suyak bulaklarga bulinadi yoki dars ketadi.Bunda kundalangiga, qiyshiq, buralgan, maydalanib singan bo`lishi mumkin.
Shikastlanishning joyiga ko’ra suyak sinishi 2 ga bo’linadi:
1.Suyakning o’rta qismi sinsa-diafizar sinish
2. Suyakning bo’yin qismi sinsa epifizar sinish deyiladi. Suyak sinishida ko’pincha suyak bulaklari mushaklar reflektor qisqarishi yoki ta'sir etuvchi kuch hisobiga yon tomonga va uzunasiga siljiydi.
Suyak sinishining asosiy belgilari
1.Qattiq og’riq. Og’riq harakat qilinganda kuchayadi va bu suyakning singan turiga, ta'sir etgan kuchga, yumshoq to’qimalarning jarohatiga boqliq. Eng kuchli og’riq suyakning ochiq sinib juda maydalanib ketgan holatida bo’ladi. Natijada og’riqdan bemor shok holatiga tushish mumkin.
2. Oyoq suyaklari sinishida deformatsiya (qiyshiqlik, kaltaligi) kuzatiladi.
3. Singan sohada patologik qimirlash ( singan suyak harakati) va krepitatsiya (suyak bulaklarining qichirlashi) belgilari seziladi. Bu vaqtda og’riq yanada kuchayadi, chunki yaqin joylashgan Qon tomir va nervlar shikastlanishi mumkin. Bu belgilarni yuzaki ko’rish va soq oyoqqa taqqoslash orqali aniqlanadi.
4. Agar yopiq holda singan bo’lsa gematoma, shish hosil bo`lishi, ochiq holda suyak bo’laklari yumshoq to’qimadan kurinishi va qon oqishi belgilari kuzatiladi.
Suyak sinishida birinchi tibbiy yordam.
Suyak sinishida jarohatlangan odamning taqdiri vaqtida va to’qri kursatilgan BTYo ga boqliq.
Ochiq sinishda:
1. Vaqtinchalik qon oqishi tuhtatiladi.
2. Og’riqni kamaytirish maqsadida jarohatlangan suyakni va u bilan bog’liq bo’g’inlarni harakatsizlantiriladi ( immobilizatsiyalanadi) va bu bilan shokka tushishning oldi olinadi. Agar tuqri immobilizatsiya qilinmasa, qon tomir, nervning shikastlanishi, shok holati kuzatiladi. Asosiysi tranport immobilizatsiyasi shikastlangan odamni sog’, asoratsiz va tezlikda statsionarga olib borishdan iborat. Buning uchun mahsus shinalardan (qimirlatilmaydigan, qimirlatish va tortish uchun mo’ljallanib), bular bo’lmaganda faner, kardon, yoqoch-tahtalardan shina sifatida foydalanish mumkin.
Transport immobilizatsiyasining qoidalari:
Qo’yilayotgan shina pastki va yuqori ikki bo’gimni qamrashi kerak. Ayrim qollarda esa 3 ta bo’g’im (son va elka suyaklari sinishida) qam harakatsizlantiriladi.Shikastlangan oyoq qo’lni iloji boricha fiziologik qolatda, agar imqoniyat bo’lmasa og’riq kam seziladigan qolatga qo’yiladi.
Ochiq sinishda chiqib turgan suyak bo’lagini qaytadan joyiga qo’yish ma’n etiladi. Bunda sterillangan bog’lam bilan bog’lanadi va shu qolatda shina qo’yiladi.
Yopiq sinishda jarohatlangan shaxsni ustki kiyimlarini echish taqiqlanadi.
Shina tagiga yumshoq buyumlar (pahta, sochiq, ro’mol va b.) qo’yish tavsiya etiladi.
Jarohatlangan shaxsni ko’tarish va yotqizishda shikastlangan oyoq yoki qo’lni ushlab turish zarur.
Ushbu tavsiyalar e'tiborga olinmasa jarohatlangan shahsni ahvoli ogirlashadi, yopiq sinish ochiq turiga o’tishi, Qon va nerv tomirlari shikastlanishi va b. asoratlar ro’y berishi mumkin.
Singan suyakka qarab immobilizatsiyaning turli usullaridan foydalaniladi. Son suyagi singanda Diterihs va narvonsimon simli shinalar, boldir suyagi singanda fanerli, narvonsimon simli va boshqa qo’l kelgan shinalar ishlatiladi. Qo’l suyaklarini sinishida narvonsimon simli shina yoki boshqalar (to’rsimon, fanerli) qo’llanadi. Qovurqa suyaklari singanda Elanskiy shinalari yoki pahtali dokadan yasalgan boqlam ishlatiladi.
BTYo dan sung davolash immobilizatsiyasi statsionarda O’tkaziladi. Bunda gipsli boqlamdan foydalaniladi. Gips 100-1300 S issiqlikda quritilgan kaltsiy sulfatdir. 10-12 daqiqada qotadi, uta gigroskopik. Shikastlanishning boshlanqich davrida langet ( gipsli boqlam yarim uraladi), to’qima shishlari qaytganda sirqo`lyar (keng, urtacha tor holda) gipsli boqlam o’raladi

Download 249.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling