Tema: Xirurgiya fani xaqida tushuncha. Xirurgik davolash xususiyatlari Reja
Download 249.89 Kb.
|
lekciya uzbekcha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qon ketganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
Emboliya. Qon tomiriga havo kirib qolishi — emboliyadir. Avval bu asorat yirik vena tomirlari shikastlanganda ro'y beradi va bemorni og'ir ahvolga solib qo'yadi. Ko'pincha bo'yinturuq venasi, o'mrov va qo'ltiq- osti venasi, nomsiz venalarda havo emboliyasi paydo bo'ladi. Uning yuzaga kelishida aytib o'tilgan vena tomirlari yurakka yaqinligi, devorlarining qo'shni a’zo to'qimalariga birikkanligi natijasida shikastlanganda puchayib qolmasligi va nisbiy bosim sabab bo'ladi. Oz miqdordagi havo qon tomirlari orqali o'ng yurak bo'lmachasidan o'pkaga o'tadi va unga zarar yetkazmaydi. Qon tomiriga havo ko'p tushadigan bo'lsa, unda o'ng yurak bo'lmachasi kattalashib, uch tavaqali klapanlar yetishmovchiligi paydo bo'ladi, bu yurakning falajlanishiga olib keladi. Bemor rangsizlanib, ko‘karib ketadi, qon bosimi pasayadi, pulsi sekin urib, nafas olishi to'xtaydi. Ba’zida tirishish belgisi paydo bo'ladi. Agar havo emboliyasi belgilari asta-sekin boshlansa, bemor sovuq terga botadi, tomir urishi sekinlashib, es-hushi yo'qoladi, ko'z qorachiqlari kattalashadi. Yurakka yaqin venalar shikastlanganda tomirga so'rilayotgan havo hushtaksimon tovush chiqaradi. Bunday holda nafas chiqarilayotgan paytda qon havo aralash chiqadi.
Havo emboliyasini davolash murakkab bo'lib, bunday hollarda tomirga havo kelishini to'xtatish kerak. Bunda vena tomirining markaziy periferik uchlari bog'lanadi, o'ng yurak bo'lmachasiga nina bilan punksiya qilinadi. Qon ketishi asoratlaridan yana biri pulsatsiyalovchi gematoma hisoblanadi. Bu asorat yig'ilib qolgan gematoma bevosita shikastlangan qon tomiri atrofida bo'lsa, yuzaga keladi. Vaqt o'tishi bilan gematoma atrofi biriktiruvchi to'qima bilan qoplanadi va soxta shikastlanish anevrizmini paydo qiladi. Shuningdek, operatsiya paytida qon tomirlari yaxshi bog'lanmasa, qon to'planib qolib, gematomani hosil qiladi. U esa yiringlab, keyinchalik og'ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Qon ketganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish. Qon ketganda tibbiy yordam ko'rsatilmasa, u ikki xil tugashi mumkin: qonning o'z-o'zidan to'xtashi yoki ko'p qon yo'qotish natijasida miya qonsizlanib, yurak-tomirlar ishi buzilishidan bemor o'lishi mumkin. Qon ketishini to‘xtatuvchi dori-darmonlar Hozirgi kunda qon ivishini kuchaytiruvchi moddalardan: 10% li kalsiy xlorid, 10% li kalsiy glukonat, 1% li gemofobin eritmalaridan foydalaniladi. Kapillarlardan qon ketganda ularning devorini mustah- kamlovchi moddalar — 12,5% li etamzilat (ditsinon), 0,025% li adroksan ishlatiladi. Qonning fibrinolitik faolligi oshganligi natijasida qon ketishi ro'y bergan bo'lsa, gipoplastik anemiya, operatsiyalardan oldin, yo'l- dosh tushganida, jigar kasalliklarida fibrinolizni kamaytiruvchi E— aminokapron kislota (1 — 5% li eritmasi) yuboriladi. Qon ivishini tezlash- tiruvchi moddalardan — lagoxilus (qichitqi o't) eritmasi ishlatiladi. Download 249.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling