Tema: Xirurgiya fani xaqida tushuncha. Xirurgik davolash xususiyatlari Reja


Download 249.89 Kb.
bet26/64
Sana04.05.2023
Hajmi249.89 Kb.
#1425270
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   64
Bog'liq
lekciya uzbekcha

Jgut bog’lash. Bu, ayniqsa, arterial qon ketishini to‘xtatishda asosiy usul hisoblanadi. Arterial qon ketishida jgutni jarohatga nisbatan markaziy tomonga qo'yiladi. Jgut solishdan oldin jgut solinadigan terini qisib qo'ymaslik uchun oyoq yoki qo‘lga sochiq yoki bint o'raladi. Jgutni cho'zib, oyoq yoki qo‘l atrofidan aylantiriladi. Jgut o'ramlarining kesishmay, balki yonma-yon joylanishiga e’tibor berish zarur. Jgut uchlari mahkamlanadi va uning o'ramlaridan birining tagiga jgut solingan vaqt yozilgan qog‘oz qistirib qo'yiladi. Arteriyaga qo'yilgan jgut to'g'ri solinganda oyoq yoki qo'lning jgutdan chetroqdagi qismi oqaradi, jgutdan pastda puls yo'qoladi, qon oqishi to'xtaydi. Yetarlicha tortilmaganda oyoq yoki qo'l ko'karib ketadi, puls yo'qolmaydi, qon oqishi kuchayadi. Qattiq qisib bog'langanda nervning shikastlanishi sababli oyoq yoki qo'l falaj bo'lib qolishi mumkin. Arteriyaga qo'yilgan jgut oyoq yoki qo'lda ko'pi bilan 1,5—2 soat qoldirilishi mumkin. Shu vaqt ichida operatsiyani amalga oshirib bo'lmasa, jgut yechiladi, arteriya qo'lda bosiladi va jgutni biroz yuqoriroqdan yoki pastroqdan yana qayta solinadi.
Maxsus jgut bo'lmaganda tasma, tizimcha, dastro'mol kabilarni ishlatish mumkin. Yasama jgutning bosish kuchini oshirish uchun unga tayoqcha suqiladi va burash yo'li bilan qon oqishini uzil-kesil to'xtatiladi. Bo'yin tomirlaridan arterial qon oqqanda bo'yinning qon oqayotgan tomoni qarshisiga egilgan Kramer shinasi, bemorning qo'li yoki taxtakach qo'yiladi va undan tirgak sifatida foydalanib, jgut solinadi. Venoz qon oqishida venoz jgut deb ataladigan jgut ishlatiladi. U shikastlangan joydan pastroqqa chamasi 6 soat muddatga solinadi va qattiq tortilmaydi.
Bunda oyoq yoki qo'l ko'karadi, arteriyada puls saqlanib qoladi, qon oqishi to'xtaydi.
Qon ketishini uzil-kesil to‘xtatish. Xirurgik statsionarda operatsiyaga qo'yiladigan hamma talablarni hisobga olgan holda qon oqishi uzil-kesil to'xtatiladi.
Mexanik usullar.

Download 249.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling