Tema: Xirurgiya fani xaqida tushuncha. Xirurgik davolash xususiyatlari Reja


Download 249.89 Kb.
bet27/64
Sana04.05.2023
Hajmi249.89 Kb.
#1425270
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   64
Bog'liq
lekciya uzbekcha

Jarohatlangan tomirni bog’lash. Qonayotgan tomir istalgan chok materiali (ipak, lavsan, ketgut) bilan bog'lanadi. Bu keng tarqalgan usullardan hisoblanadi.
Tomir bo‘ylab bog’lash. Jarohat qattiq infeksiyalanganda yoki jarohatlangan tomirni topish qiyinligida va texnik noqulayliklar vujudga kelganda qo'llaniladi.
Tomirlarga chok solish. U yon tomonlama va aylanma (tomirning gir atrofida) bo'lishi mumkin. Maxsus chok materiali bilan travmatik ignalar yoki tantal tayyor skobalar joylangan tikish apparatlari yorda­mida tomirlarga mexanik chok solinadi.
Fizikaviy usullar.
Sovuqni mahalliy qoilash. Bu maqsad uchun aksariyat muz solingan rezina yoki polietilen xaltachalar ishlatiladi. Bu usuldan ko'pincha kichikroq kapillar qon ketish hollarida foydalaniladi.
Elektrokoagulatsiya. Maxsus apparat qo'llaniladi. Koagulatsiya operatsiya vaqtida mayda tomirlardan qon ketishida qo'llaniladi.
Issiq fiziologik critmani qo‘llash. Izotonik eritma 60—80% gacha qizdiriladi. Eritmaga ho'llangan salfetka qonayotgan sohaga bir necha minutga qo'yiladi. Bu usulni, asosan, bo'shliqlardagi (ko'krak va qorin bo'shlig'idagi) operatsiyalarda va neyroxirurgiyada qo'llaniladi.
Kimyoviy usullar
Tomirlarni toraytiradigan preparatlar. Bunday preparatlarga adrenalin, suprarenin preparati kiradi. Preparat turiga ko'ra mahalliy, parenteral yoki enteral holda qo'llaniladi.
Qonning ivish xususiyatini oshiradigan preparatlar. Bu maqsadda vodorod peroksid, kalsiy xlorid, aminokapron kislota, vikasol ishlatiladi. Vodorod peroksid mahalliy sharoitda qo'llaniladi. Boshqa preparatlar qon oqishi hollarida (bachadondan qon ketishida, me’daning qonab turadigan yarasida) asosan, venaga yuboriladi.
Biologik usullar
Gemostatik vositalarni mahalliy qo'llash. Bu maqsadda ot zardobi, gemostatik bulut, fibrin pardasi kabilardan foydalaniladi.

Download 249.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling