Tema: Xirurgiya fani xaqida tushuncha. Xirurgik davolash xususiyatlari Reja
Download 249.89 Kb.
|
lekciya uzbekcha
- Bu sahifa navigatsiya:
- gematomaning
- ikkilamchi
Mahalliy belgilari turlicha bo'ladi: qon kalla suyagi bo'shlig'iga quyilganda, miyaning ezilishi (bosilishi) simptomlari ko‘rinadi; ko‘krak qafasiga qon ketishi (gemotoraks) shikastlangan tomonda o'pkaning bosilishi va buning natijasida hansirash paydo bo'ladi; shuningdek, ko'krak qafasida nafas ekskursiyalari chegaralanadi, perkussiyada o'pka tovushi noaniq, o'tmas bo'lib qoladi, ko'krak qafasi harakati sustlashadi, nafas shovqinlari qon to'plangan tomonda sust eshitiladi. Tashxis qo'yish maqsadida ko'krak qafasi punksiya qilinsa, plevra bo'shlig'ida qon borligi aniqlanadi. Qonning qorin bo'shlig'iga to'planishi (gemaperitoneum) parenximatoz a’zolarning (taloq, jigar va h.k.) teri ostidan yorilishi natijasida, naychalardagi homiladorlik yorilishi- dan, qorin bo'shlig'i organlarining yaralanishidan va boshqalaridan hosil bo'ladi va qorin pardasining qitiqlanishi simptomlari bilan (og'riq, qorin mushaklarining taranglashishi, ko'ngil aynishi, qusish va h.k.) o'tadi. Bunda qorin bo'shlig'ining pastki qismlarida perkutor tovush biroz to'mtoqlashib qoladi. Tovushning o'tmaslashishi tana holatining o'zgarishi bilan o'z joyini o'zgartiradi. Gemotoraksda ham, gemoperitoneumda ham, mahalliy simptomlardan tashqari yo'qolgan qon miqdori bilan bog'liq bo'lgan o'tkir kamqonlik belgilari kuzatiladi.
Perikard bo'shlig'ida qon ketishi (gemoperikardium) odatda, o'tkir anemiya belgilari bilan o'tmaydi, ichki qon ketishining bunday joy- lashishida yurakning o'tkazuvchanligi ancha kengayadi va suyuqlik perikarditdagi singari uchburchak shaklni egallaydi. Umumiy belgilardan yurak tamponadasi hollari bo'ladi (yurak faoliyatining pasayishi, sianoz, venoz bosimning oshishi va hokazo). Bo'g'imlarga qon ketishi anatomik sharoitlarga binoan uncha katta bo'lmaydi, shuning uchun ham bu hollarda o'tkir anemiya uchramaydi. Mahalliy simptomlar; bo'g'im hajmining kattalashishi, harakatda va palpatsiyada og'riq, harakatchanlikning chegaralanishi, mushaklar bilan bckilmagan bo'g'imlarda fluktuatsiya simptomining hosil bo'lishidan iborat. Tizza bo'g'imiga qon quyilganda, shuningdek, tizza qopqog'i- ning ballotatsiya simptomi ham bo'ladi. Tashxis bo'g'im bo'shlig'ini punksiya qilish va u yerdan qon olish bilan tasdiqlanadi. To'qimalararo gematomaning klinik ko'rinishi uning joylashishi, hajmi, to'qimaga quyilgan qonning holati (suyuq yoki ivigan) va jarohatlangan tomir bilan aloqasiga bog'liq bo'ladi. O'tkir kamqonlik belgilari to'qimalararo qon ketishda va kamdan kam qorin orqasi bo'shlig'iga qon quyilganda uchraydi. Mahalliy simptomlardan, odatda, ko'payib boruvchi shish, gematomadan pastdagi tomirlarda pulsning yo'qolishi, sianoz yoki ishemiya belgilari—terining oqarishi va sovib qolishi uchraydi. Bemorlar kuchli og'riqdan shikoyat qiladilar. Ushlab ko'rilganda agar qon suyuq bo'lsa, qon jimirlash simptomi, agar gematoma bo'shlig'iga biror yirik arteriya ochilsa, pulsatsiyani aniqlash mumkin. Ko'pincha to'qimalararo gematomalar oyoq-qo'llarning magistral qon tomirlari shikastlanganda hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan gematoma venalarni va shikastlanmagan arteriyalarni qisib qo'yadi va bunga o'z vaqtida xirurgik yordam ko‘rsatilmasa, ba’zan oyoq yoki qo‘lda ishemik gangrena rivojlanishi mumkin. Erta va kechki ikkilamchi qon ketishi, odatda, to'satdan bosh- lanadi. Erta ikkilamchi qon ketishi tomirni yopib turgan trombning tushib ketishi bilan bogiiq bo'ladi. Ko'pincha bu bemor umumiy holatining yaxshilanishi natijasida yuzaga keladi. Bunda qon bosimi oshib ilgarigi holiga qaytadi yoki qon ketishi natijasida rivojlangan tomirlarning torayishi ( spazm) yo'qoladi. Download 249.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling