Tema: Xirurgiya fani xaqida tushuncha. Xirurgik davolash xususiyatlari Reja
Download 249.89 Kb.
|
lekciya uzbekcha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Venoz
- Kapillar
- Parenximatoz
- birlamchi
Qon ketish turlari. Shikastlangan tomirning xarakteri va turiga qarab arterial, venoz, kapillar va parenximatoz qon ketishi farq qilinadi.
Arterial qon ketish. Qon ketishning eng xavfli turi bo'lib, bu arterial qon tomirlar shikastlanganida yuqori bosim ostida pulssimon qizil alvon rangli qon otilib chiqishi bilan xarakterlanadi. Bunda bemorda qisqa muddat ichida ko'p miqdorda qon yo'qotganligi uchun o'tkir kamqonlik kelib chiqadi va ba’zan o'lim yuz berishi mumkin. Venoz qon ketish. Bu venoz qon tomiri jarohatlanganda yuzaga chiqadi. Buning arterial qon ketishdan farqi shuki, qon bir tekisda, birmuncha sekin oqadi va uning rangi to'q qizil bo'ladi. Bunda markaziy qon tomirining jarohatga yaqin joyini bosganda qon oqishi to'xtamaydi. Yirik venoz tomirlar, shu jumladan, bo'yin sohasidagi tomirlar shikastlanganda o'lim havo emboliyasi natijasida sodir bo'lishi mumkin. Bunda havo „tiqini“ yurakning o'ng yoki o'pka arteriyalarini bekitib qo'yib, gemodinamikaning keskin buzilishiga olib keladi. O'lim yurakning reflektor to'xtashi va nafas markazining falajlanishidan yuz beradi. Kapillar qon ketishi. Bu kapillarlarning jarohatlanishidan yuzaga kelib, jarohatning yuzaki qonashi bilan xarakterlanadi. Qon ko'rinishi jihatidan arterial va venoz qon orasidagi o'rtacha o'rinni egallaydi. Kapillar qon ketishi gemofiliya va sepsisda xavfli bo'lib, u qon ivishi- ning pasayishi bilan namoyon bo'ladi. Odatda, kapillarlardan qon ketishi o'z-o'zidan to'xtashga moyil bo'ladi. Parenximatoz qon ketishi. Bunday ichki a’zolar — Gigar> taloq, o'pka, buyraklarning hamma tomirlari arteriyalar, venalar, kapillar- lar) shikastlanganda kuzatiladi va bemor hayoti uchun xavfli hisoblanadi. Bunday qon ketishi tomirlar devorining parenximatoz a’zo stromasi tomonidan tutib turilishi, a’zoda antikoagulant moddalar tufayli tromb hosil bo'lmasligidan o'z-o'zidan to'xtashiga moyillik bo'lmaydi. Qon ketishi birlamchi (tomir shikastlangan zahoti) va ikkilamchi (qon to'xtagandan biroz o'tgach) operatsiyadan so'ng ligatura surilib ketganda yoki jarohatdagi yiringlanish jarayoni tufayli tomir chiriganda bo'ladi. Qon ketishi, shuningdek tashqi—qonning jarohatdan (teri, ichak) tashqariga oqishi va ichki — biror yopiq bo'shliqqa (qorin, plevra, miya), to'qimalarga qon oqishiga bo'linadi. Qon oqishining keyingi turi ko'pincha jigar, taloq kabi ichki a’zolar shikastlanganda kuzatiladi. Download 249.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling