Kechki ikkilamchi qon ketishi ko'pincha yara infeksiyasi rivoj- lanishining natijasida bo'lib, bunda infeksiya tomirni yopib turgan trombni yoki qon tomir devorlarini eritib yuboradi.
Qon yo'qotishda o'lim og'ir kislorod yetishmovchiligi zaminida nafas markazining falajlanishi va yurak faoliyatining to'xtashidan yuz beradi. Zaiflashgan bemorlarda, shu jumladan, och qolish, toliqish, nerv- ruhiy travmaga uchrash va shok bo'lgan holatlarda, hatto oz miqdorda qon yo'qotish ham o'limga olib kelishi mumkin. Ayniqsa chaqaloqlarda, yoshiga to'lmagan bolalarda va keksalarda oz miqdorda qon ketishi juda og'ir asoratlarga, ba’zan esa o'limga olib keladi.
Me’da-ichak tizimidan qon ketishi, qon qusish yoki anusdan qon ketishi bilan xarakterlanadi. Qon ketishi oz yoki juda ko'p bo'lishi mumkin. Oz miqdorda qon ketishi faqat najas va qusuq massasini tahlil qilish bilan aniqlanadi. Kattalar va bolalarda me’da-ichak tizimidan qon ketishiga olib keluvchi asosiy kasalliklar quyidagi jadvalda keltirilgan.
Me’da-ichak tizimidan qon ketishi joyiga qarab 3 turga bo'linadi:
-yuqorigi -bunga qizilo'ngach, me’da, o'n ikki barmoq ichak, ingichka ichakning boshlang'ich qismidan qon ketadi. Bunda bemor axlati qora bo'lad
-o‘rta - ingichka ichakning o'rta qismi va yonbosh ichak, ko'r ichakkacha bo'lgan sohalardan qon ketadi. Bunda bemor axlati to'q qo'ng'ir yoki malina rangida bo'ladi;
-pastki -yo'g'on ichak va anal teshikdan qon ketadi. Bunda axlat rangi qizil qon aralash bo'ladi.
Me’da-ichak tizimidan qon ketishiga quyidagi kasalliklar sabab bo'lishi mumkin: portal gipertenziyada qizilo'ngachning varikoz kengaygan venalaridan qon ketishi, gemorragik gastrit, me’da va o'n ikki barmoqli ichak yarasi va yara kasalliklari, yangi tug'ilgan chaqaloqlar melenasi. Kasalliklar uchun xos bo'lgan asosiy simptomlar: qon qusish va anusdan qoramtir rangli qon kelishi (qora najas).
Qon ketishini to‘xtatish usullari.
Yordam berish sharoitlari va tibbiyot xodimining malakasiga ko'ra qon oqishini to‘xtatish vaqtinchalik yoki uzil-kesil bo'lishi mumkin. Odatda, o‘rta tibbiyot xodimi hodisa sodir bo'lgan joyda bemorni statsionarga olib kelishdan oldin qon kctishini vaqtinchalik to'xtatadi. Qon oqishini uzil-kesil to'xtatish statsionar sharoitida va qator hollarda operatsiya yo'li bilan bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |