Temir-beton karkasli bino va inshootlar haqida umumiy ma’lumotlar Reja


– rasm. Statik noaniq to’sinlarda momentlarning qayta taqsimlanishi


Download 88.92 Kb.
bet3/10
Sana02.06.2024
Hajmi88.92 Kb.
#1837437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Temir-beton karkasli bino va inshootlar haqida umumiy ma’lumotlar

1.2. – rasm. Statik noaniq to’sinlarda momentlarning qayta taqsimlanishi

Shunday qilib, statik noaniq konstruksiyalarni hisoblashda elementlarni elastik tarzda ishlaydi deb qabul qilingan holatlar uchun qurilgan eguvchi moment epyurasi (1.2, b-rasm) o’rniga, elementda plastik sharnirlar hosil bo’lganida momentlarning qayta taqsimlanishini ifodalovchi momentlar epyurasidan (1.2, d-rasm) foydalanish mumkin. Bunda chegaraviy muvozanat tenglamasi quyidagicha ifodalanadi:



bu erda – ikki tayanchda yotuvchi to’sindagi moment.
Кo’p oraliqli plitalar va to’sinlarni hisoblashda teng momentli sxemalar eng maqbul variant hisoblanadi (1.3-rasm). Chunki, bunday sxemada elementning tayanchlarida va tayanchlar oralig’ida momentlar miqdori deyarli birdek bo’ladi. Agar qaralayotgan elementga teng taqsimlangan yuklar ta’sir etsa o’rta tayanchlardagi momentlar o’zaro teng bo’ladi.

1.3-rasm. Кo’p oraliqli uzluksiz plita va to’sinlardagi zo’riqishlarni aniqlash uchun:
a – tenglashtirilgan momentlar epyurasi;
b – elastik sxema bo’yicha momentlar epyurasi;
Tayanchlar oraliq masofasining o’rtasidagi kesim uchun (1.3) muvozanat tenglamasidan foydalanib, quyidagi tenglamani tuzish mumkin:

Teng momentli sxema uchun:

Xuddi shu yo’sinda chetki oraliqlaridagi va ikkinchi tayanchlar ustidagi tenglashtirilgan momentlarni topish mumkin: , bu erdan

Elementlarni tenglashtirilgan momentlar bo’yicha hisoblash ularni standartlashtirishga hamda ularning va oraliq qismlarini bir xilda armaturalash imkonini beradi. Bunga esa elementlarni elastik sxema bo’yicha hisoblash yo’li bilan erishib bo’lmaydi. Plitalardagi ishchi armaturalarning talab etilgan ko’ndalang kesim yuzalari, shartli ravishda kengligi b=100sm bo’lgan to’g’ri to’rtburchak kesim uchun uchun aniqlanadi.
Ikkinchi darajali va asosiy to’sinlar oraliqlarda tokchasi siqilgan zonada joylashgan tavr shaklidagi to’sinlar singari hisoblanadi. Tayanchlarda esa qovurg’asining kengligi (b) bo’lgan to’g’ri to’rtburchak shaklidagi to’sin singari hisoblanadi. Elementdagi hisoblanadigan kesimlar soni zo’riqishlarni aniqlash usuliga bog’liq holda belgilanadi. (1.3-rasm)
Elementlarni og’ma kesim bo’yicha ko’ndalang kuchlar ta’siriga hisoblash asosan chetki erkin tayanchlarda hamda o’ng va chap tomondagi birinchi oraliq tayanchlarda amalga oshiriladi. Кo’p oraliqli to’sinsimon plitalar eguvchi momentlar epyurasiga mos ravishda bo’ylama ishchi armaturali o’ramli metall to’rlar bilan armaturalanadi. O’ramli to’rlar ikkinchi darajali to’sinlar yo’nalishiga ko’ndalang ravishda ochib yotqiziladi va bunda to’rdagi ko’ndalang sterjenlar plitaga taqsimlovchi armatura vazifasini bajaradi. Metall to’rlar tayanchlardan masofada bukilib, ikkinchi darajali to’sinlarning yuqorigi armaturalariga yotqiziladi. (1.4, b-rasm).


Download 88.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling