Temir-beton karkasli bino va inshootlar haqida umumiy ma’lumotlar Reja


-rasm. Plitalarni armaturalash sxemasi


Download 88.92 Kb.
bet4/10
Sana02.06.2024
Hajmi88.92 Kb.
#1837437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Temir-beton karkasli bino va inshootlar haqida umumiy ma’lumotlar

1.4-rasm. Plitalarni armaturalash sxemasi:
a – bir oraliqli; b – ko’p oraliqli uzluksiz armaturalangan; v – ko’p oraliqli alohida armaturalangan;
1 – ishchi sterjenlar; 2 – taqsimlovchi (montaj) sterjenlar.
Odatda eng chetki oraliqlarga va birinchi oraliq tayanchlariga ko’p miqdorda armatura qo’yish talab etiladi. Shuning uchun ushbu uchastkalarda asosiy to’rlar ustiga qo’shimcha to’rlar qo’yiladi va ularning uchi birinchi oraliq tayanchi orqali ikkinchi oraliqqa masofada o’tqaziladi.
Agar hisoblashlar bo’yicha metall to’rlardagi armaturalar diametri 7 mm dan katta bo’lsa, o’ramli metall to’rlar o’rniga alohida yassi metall to’rlardan foydalaniladi. Ikkinchi darajali to’sinlar tayanchlar oralig’ida payvandlab yoki bog’lab tuzilgan armatura karkaslari bilan armaturalanadi. Bunda ishchi armaturalar eguvchi momentlar epyurasiga mos ravishda (oraliqlarda pastki tomonga, tayanchlarda esa ustki tomonga) joylashtiriladi. Ikkinchi darajali to’sinlarning tayanch qismlari ko’pincha ensiz to’rlar bilan armaturalanadi (1.5, a-rasm). Ishchi armaturalar tayanchlarda eguvchi moment epyuralari asosida kesiladi. Bundan tashqari metall to’rlar bilan armaturalashda vaqtinchalik yuklarni doimiy yuklarga bo’lgan nisbati uchdan kichik bo’lsa, bitta metall to’r tayanchdan va ikkinchi metall to’r esa tayanchdan masofada kesiladi.
Oraliq karkaslar asosiy to’sinning qirralarigacha etib borishi kerak. U erda ular qo’shni oraliqdagi karkaslar bilan tutashtiruvchi sterjenlar yordamida biriktiriladi (1.5, b-rasm). Ushbu sterjenlar ishchi armaturalar bilan bir satxda joylashtiriladi va ularning soni tutashtirilayotgan sterjenlar soniga teng bo’lishi kerak. Tutashtiruvchi sterjenlar joylashtirilgan kesimdagi armaturalash foizi uning minimal qiymatidan kichik bo’lmasligi kerak. Ya’ni, .

1.5-rasm. Ikkinchi darajali to’sinlarni tayanchlarda armaturalash:
a – umumiy ko’rinishi; b – tayanch to’rlari; v – tutashtiruvchi va silliq armaturalarni joylashtirish; g – davriy profilli tutashtiruvchi sterjenlarni joylashtirish;
1 – asosiy to’sin; 2 – ikkinchi darajali to’sin; 3 – oraliq karkas; 4 – tayanch to’ri; 5 – tutashtiruvchi sterjen; 6 – asosiy to’sin karkasi.
Кonstruksiyadagi asosiy to’sin bir nechta yassi karkaslardan tuzilgan fazoviy karkas bilan armaturalanadi. Bunda kamida ikkita yassi karkasning uchlari kolonnalar yoki tayanchlar qirrasigacha etkaziladi, qolganlari esa eguvchi momentlar epyurasiga asoslanib tayanchlar oralig’ida kesiladi. Ba’zi hollarda tayanchlar oralig’ida yassi karkaslardagi alohida sterjenlar kesilishi mumkin. Tayanchlarda asosiy to’sinlar kolonnalar karkasi orqali o’tgan maxsus karkaslar bilan armaturalanadi. (1.6-rasm). Ushbu karkaslarning kesilish nuqtalari eguvchi moment epyuralari bo’yicha aniqlanadi. Asosiy to’sinlarning ikkinchi darajali to’sinlar bilan tutashish joylariga qo’shimcha ko’ndalang to’rlar yoki sterjenlar qo’yiladi. Ushbu sterjenlar ikkinchi darajali to’sinlar orqali asosiy to’sinlarga uzatilayotgan jamlangan kuchlarni qabul qilishga xizmat qiladi.


Download 88.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling