Temir-beton karkasli bino va inshootlar haqida umumiy ma’lumotlar Reja


-rasm. Asosiy to’sinlarni payvandli karkaslar bilan armaturalash sxemasi


Download 88.92 Kb.
bet5/10
Sana02.06.2024
Hajmi88.92 Kb.
#1837437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Temir-beton karkasli bino va inshootlar haqida umumiy ma’lumotlar

1.6-rasm. Asosiy to’sinlarni payvandli karkaslar bilan armaturalash sxemasi
1 – qo’shimcha metall to’r.


1.2.2. QOVURG’ALI YIG’MA TEMIR-BETON КONSTRUКSIYaLAR
Ular o’z konstruksiyasiga ko’ra bir yoki ikki yo’nalishda joylashgan to’sinlardan va ularga yotqizilgan plitalardan tashkil topadi. Plitalar aksariyat hollarda bir yo’nalishda joylashgan va kolonnalarga tayangan to’sinlar ustiga yotqiziladi. (1.7, a-rasm)

1.7-rasm. Qovurg’ali konstruksiyalar:
a – yig’ma orayopmalar; b – bir butun quyma orayopmalar;
1 – plitalar; 2 – to’sinlar.

Yig’ma plitalarning ko’ndalang kesimlari qovurg’ali yoki to’g’ri to’rtburchak shaklida bo’lishi mumkin. Aksariyat suv xo’jaligi inshootlarida ko’ndalang kesimi to’g’ri to’rtburchak shaklidagi plitalardan keng foydalaniladi. Nasos stansiyalari va GES binolarining yopmalari uchun odatda qovurg’ali temir-beton plitalardan foydalaniladi. Qovurg’ali plitalar qutichasimon element bo’lib, yupqa plitalar bilan o’zaro tutashtirilgan ikki yoki uchta bo’ylama qovurg’alardan va ularni kuchaytirib turuvchi bir nechta ko’ndalang qovurg’alardan tashkil topadi. (1.15-rasm).


Yig’ma plitalarning qalinligi ularning bikrligini ta’minlash sharti bo’yicha qabul qilinadi: .
To’sinlar plitalar orqali yuklarni qabul qiladi va ular odatda karkasli bino va inshootlar ramalarining rigellari hisoblanadi.
To’sinlarning ko’ndalang kesimlari to’g’ri to’rtburchak, tavr yoki qo’shtavr shaklida bo’lishi mumkin. To’sinlar ko’ndalang kesimining balandligi quyidagi nisbatda qabul qilinadi: .
Yig’ma plitalar odatda sharnirli tayanchlardagi to’sinsimon plitalar singari loyihalanadi. Bunda tayanch o’qlari orasidagi masofa plitaning hisobiy oraliq masofasi deb qabul qilinadi. Qovurg’ali plitalarning tokchasi elementning siqilgan zonasida joylashgan tavr shaklidagi elementlar singari hisoblanadi.
Qovurg’ali konstruksiyalarning yig’ma to’sinlari odatda rama elementlari hisoblanadi. To’sinlar kolonnalar bilan sharnirli biriktirilgan bo’lsa, ular bir, ikki yoki ko’p oraliqli uzluksiz to’sinlar deb qaraladi va ushbu to’sinlardagi zo’riqishlar elastiklik sharti yoki bir butun quyma qovurg’ali konstruksiya to’sinlaridagi singari chegaraviy muvozanat shartlari bo’yicha aniqlanishi mumkin. Agar to’sinlar kolonnalar bilan qo’zg’almas bikr qilib biriktirilgan bo’lsa, ular rama tarkibida qurilish mexanikasi qoidalari asosida hisoblanadi.
Yig’ma temir-beton plitalar va to’sinlar egilishga ishlaydigan temir-beton elementlarni konstruksiyalash qoidalari asosida konstruksiyalanadi.

Download 88.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling