Темир бетон конструкциялари арматураси кундаланг кесим юзалари


Download 0.55 Mb.
bet2/5
Sana08.05.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1442948
1   2   3   4   5
Bog'liq
Узлуксиз балка-лотинчаси

Umumiy tushunchalar
Uzluksiz balkalar qurilish amaliyotida ko‘p uchraydigan inshoot elementlaridan biri bo‘lib, ular ko‘priklar, tom osti yopmalarining va boshqa konstruksiyalarning asosiy qismlari sifatida ishlatiladi.
Uzluksiz balka deb tayanchlaridan bittasi qo‘zg‘almas bo‘lgan va bir nechta oraliqlar(prolet)ni qoplaydigan balkaga aytiladi. (1-rasm).





1 – rasm. Uzluksiz balkalar turlari


Uzluksiz balkalar statik noaniq sistemalardir, chunki tashqi yuklar ta’sirida uzluksiz balkalarning barcha tayanch bog‘la-nishlaridagi reaksiyalar umumiy soni statika muvozanat tenglamalari sonidan ortiq bo‘ladi.
Gorizontal yuk ta’sir qilganda uzluksiz balka muvozanatini ta’minlash uchun uning tayanchlaridan bittasi qo‘zg‘almas sharnirli va qolgan tayanchlari qo‘zg‘aluvchan sharnirli bo‘lishi shart. Bir yoki ikkala uchi bilan mahkamlangan balkalar ham uzluksiz balkalar qatoriga kiradi. (1-rasm, b va v).
Uzluksiz balkalarning statik aniqmaslik darajasi quyidagi formuladan aniqlanadi:
(1)
Bunda - ikkita diskni o‘zaro biriktiruvchi oddiy sharnirlar soni, - tayanch bog‘lanishlari soni, - disklar soni.
Uzluksiz balka bita yaxlit balka bo‘lganligi sababli, , bo‘ladi. U holda (1) formula quyidagi ko‘rinishga keladi:
(2)
1–rasmda ko‘rsatilgan balkalar statik aniqmasdir, chunki ularning har biri uchun noma’lum tayanch reaksiyalarining soni statika muvozanat tenglamalari sonidan ortiq. 1-rasm, a) dagi balkaning tayanch bog‘lanishlari soni , u holda bo‘ladi. Demak balka ikki marta statik aniqmasdir. 1-rasm b) da ko‘rsatilgan balka uch marta statik aniqmasdir ( ). 1-rasm v) dagi balka uchun bo‘ladi.
Uzluksiz balkalarni hisoblashda kuchlar usulidan foydalaniladi. Uzluksiz balkalarning statik aniqmaslik darajasi kuchlar usulida ulardagi ortiqcha bog‘lanishlar sonini ifodalaydi.
Uzluksiz balkalarda ortiqcha noma’lumlar sifatida tayanch momentlari qabul qilinib asosiy sistema tanlansa, u holda asosiy sistema oddiy balkalardan iborat bo‘ladi. Har bir oddiy balka o‘ziga qo‘yilgan tashqi yuk va noma’lum tayanch momentlari bilan yuklangan bo‘ladi. Noma’lum tayanch momentlari quyida keltirilgan uch moment tenglamasidan topiladi:
(3)
Bunda -lar noma’lum tayanch momentlari, - oraliqlar, - balkaning bikrligi, - lar asosiy sistemaning - oralig‘idagi tashqi yuklardan hosil bo‘lgan tayanch kesimlarining burilish burchaklari, ularning qiymatlari ilovadagi 1- jadvaldan olinadi.
Uzuksiz balkada qancha oraliq tayanchlar bo‘lsa, shuncha uch moment tenglamalari tuziladi. Demak, uch momentlar tengla-malarining soni uzluksiz balkaning statik aniqmaslik darajasiga teng ekan. Uch moment tenglamalarini yozishda quyidagi hollarni e’tiborga olish kerak:
1. Uzluksiz balkaning tayanchlari va shu tayanchlarga mos keluvchi tayanch momentlari chapdan o‘ngga qarab 0 dan boshlab 1, 2…, raqamlari bilan belgilanadi, oraliqlar esa doimo o‘ng tayanch raqami bilan belgilanadi.
2. Uzluksiz balkaning uchi sharnirli tayangan bo‘lsa, undagi tayanch momenti nolga teng bo‘ladi.
3. Uzluksiz balkaning biror uchi konsoli bo‘lsa (2-rasm, a), bu konsoldagi tashqi yukdan hosil bo‘lgan tayanch momenti ma’lum deb, asosiy sistemaga qo‘yiladi. (2-rasm, b).
4. Uzluksiz balkaning bir uchi qistirib mahkamlangan bo‘lsa, (4-rasm, a), asosiy sistema tanlashda balkaning qistirib mahkamlangan uchi fikran davom ettirilib, yana bir oraliq qo‘shiladi (4-rasm, b). Bu oraliqning uzunligi tenglama tuzilgandan so‘ng nolga teng deb olinadi va bu oraliqning bikrligi cheksiz deb hisoblanadi. SHunday qilingandagina qistirib mahkamlangan tayanchning noma’lum momenti uch momentlar tenglamasida ishtirok etadi.
Uch momentlar tenglamalari sistemasini birgalikda echib, noma’lum tayanch momentlari aniqlangandan so‘ng uzluksiz balka uchun eguvchi moment va ko‘ndalang kuch epyuralari chiziladi. Bunda asosiy sistemaning har bir oralig‘ini ajratib olib, ularni tashqi yuklar va aniqlangan tayanch momentlari bilan yuklanadi, so‘ngra natijaviy eguvchi moment va natijaviy ko‘ndalang kuch epyuralari chiziladi.



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling