Temir yo‘l transporti moliyasi fanidan kurs ishi hisoboti


Download 139.97 Kb.
bet1/12
Sana18.06.2023
Hajmi139.97 Kb.
#1590070
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
bxt3



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

IQTISODIYOT FAKULTETI


“BUXGALTERIYA HISOBI” KAFEDRASI




TEMIR YO‘L TRANSPORTI MOLIYASI FANIDAN KURS ISHI HISOBOTI

Bakalavriat yo‘nalishi: 5230900-Buxgalteriya hisobi va audit


(Temir yo‘l transporti)
Bajaruvchi: BXT-3 guruh talabasi:
Amaliyot raxbari: Kayumov Z.
TOSHKENT-2023
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB Nazariy qism
1.1 Tashish texnologiyasini takomillashtirish temir yo’lda yuk tashish tannarxiga ta’siri.
1.2 Soliq tizimining asosiy elementlarini tasnifi.
1.3 Chetdagilarga tegishli asosiy vositalarni ta’miri uchun kelishilgan narxni shakllantirish tartibi.
1.4 Temir yo’l transporti kompaniyasi xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy istiqbol rejasini ishlab chiqishning maqsadi va vazifalari.
1.5 Lokomativlardan foydalanish boshqarmasining bajarilgam ish hajmiga bog’liq ravishda o’zgaradigan xarajatlari.

II BOB Amaliy qism
2.1 Yuk tashish bo’yicha ko’rsatilgan xizmatdan MTU daromadi bashorati
2.1.1 “O’TY” AJ buyurtmasi bo’yicha tashishdan daromad bashorati
2.1.2 Qo’shimcha yig’imlardan daromad bashorati
2.1.3 Boshqa daromadlar bashorati
2.2 Yuk tashish bo’yicha yalpi foydaning umumiy qiymati bashorati
2.3 Yuk tashish bo’yicha sof foyda bashorati
2.4 Yuk tashish bo’yicha tariflar hisobi va undan foydalanish bashorati
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Xoʼjalik yurituvchi subʼekt, oʼzining xoʼjalik faoliyatini yaxshi yuritish uchun byudjet va davlatning maqsadli fondlari oldidagi vazifasini oʼz vaqtida bajarishi, shuningdek, daromadi, xarajati va foydasini oldindan hisoblab chiqishi, inflyatsiya oqibatlarini, bozor konʼyunkturasining oʼzgarishini va hamkorlari bilan shartnomalar buzilishi ehtimolini inobatga olishi kerak.
Oʼzbekiston Respublikasida mintaqaviy temir yoʼl uzeli (MTU) temir yoʼl transportining asosiy ishlab chiqarish boʼgʼini boʼlib, xizmat qiladi.
U «OʼTY» АJ ning yuridik shaxs maqomiga ega shoʼʼba korxona sifatida asosiy faoliyati qatoriga kiradi va kompaniyaning ijro etuvchi organiga boʼysunadi. Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Mintaqaviy bozor konʼyukturasini oʼrganish, tashish infratuzil-masini shakllantirish, temir yoʼl tarmogʼini rivojlantirish boʼyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- Temir yoʼl transporti xizmat koʼrsatayotgan hududlarda barqarorlikni va xavfsizlikni taʼminlash, temir yoʼl transporti xizmatlarini xaridorlarga keng koʼlamda taqdim etish;
- Joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan hamkorlikda temir yoʼl transporti boʼlinmalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
- Xizmat koʼrsatilayotgan hududda temir yoʼl transportining tashish ishlarini yanada yaxshilash boʼyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va tadbiq etish;
- Oʼzbekiston Respublikasi chegaralari orqali yuk va yoʼlovchi tashishni amalga oshirishda joylardagi bojxona va soliq organlari, chegara xizmati bilan aniq muvofiqlashtirilgan holda oʼzaro hamkorlik olib borish.
MTU yuk tashish va yordamchi koʼmakchi faoliyat boʼyicha reja-bashorat asosida, shu jumladan, kapital taʼmir boʼyicha faoliyat yuritadi. MTU reja-bashorati «OʼTY» АJ ijro etuvchi organ tomonidan bir yilga va kvartalga tasdiqlanadi. Uning reja-bashoratida iqtisodiy-ishlab chiqarish koʼrsatkichlaridan tashqari, MTUning faoliyat turi boʼyicha daromadi va harajati shu jumladan, davr harajatlari tasdiqlanadi.
MTU moliyaviy bashorati koʼrsatkichlari hisobida pul mablagʼlarining kelib tushishi va ishlatilishini aniqlash, soliq toʼlovlarini va kelgusi davrdagi MTU ajratmalarini hisoblash koʼzda tutilgan. Kelgusi davrda kutilayotgan moliyaviy natijalarni bashoratlash MTU ishlab chiqarish bazasining ijtimoiy muhitini rivojlantirish, joriy harajatlarni oʼz vaqtida moliyalashtirishda pul mablagʼlari bilan taʼminlash uchun zarurdir.
Shuningdek, MTU tasarrufidagi foydani aniqlash va undan toʼgʼri foydalanish maqsadida soliq toʼlovlari va boshqa toʼlovlarni aniqlash maqsadga muvofiq. Kurs ishini bajarishdan asosiy maqsad-moliyaviy koʼrsatkichlarni bashoratlash uslublari asosini qamrab olish, iqtisodiy fikrlash doirasida yangiliklar yaratish. Bu esa oʼz navbatida, har bir hisob-kitob natijasi asosida xulosalar keltirish talabalar vazifasiga kiritiladi. Bunda olingan hisob-kitob natijalari asosida logik tekshiruv olib boriladi.
Topshiriq asosiga «OʼTY» АJ MTU aniq koʼrsatkichlariga yaqin koʼrsatkichlar olingan. Xozirgi kunda moliyaviy reja kvartal uchun ishlab chiqish maqsadga muvofiq boʼlib, bu oʼz navbatida kurs ishi topshirigʼida ham koʼzda tutilgan.
Jahonda yuz berayotgan globallashuv jarayonlarida transport infratuzilmasining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Jahon iqtisodiyotining muhim infratuzilmaviy tarmoqlaridan biri transport tizimi bo’lib, uni rivojlantirish har bir milliy iqtisodiy siyosatning ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda keng iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan bugungi kunda transport turlarining o‘rni sezilarli darajada katta bo‘lib, ular ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalarning yetakchi tarmoqlari sifatida ahamiyatlidir.Transport, ayniqsa, temir yo‘l transporti har qanday jamiyatning davlatchilik - hududiy tuzilishining, ichki va tashqi bozorining shakllanishida hal qiluvchi omil sifatida o‘rin tutadi. Temir yo‘l transportining oldida turgan asosiy vazifasi aholi va xalq xo‘jalik subyektlarining transport xizmatlariga bo‘lgan barcha ehtiyojlarini temir yo‘l transportida tashishlarni o‘z vaqtida, sifat va to‘liq qondirish hamda tarmoq va uning har bir korxona ishini samaradorligini oshirishdir.
Iqtisodiy aloqalarning globallashuvi va xalqaro savdoning rivojlanishi sharoitida ichki va tashqi bozorlardagi yuqori raqobatbardoshlik, transport tizimining sifat jihatdan rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Jahon banki ma'lumotlariga ko’ra, yo'lovchi tashish umumiy temir yo’l transportining 20,0 % ini, shu jumladan, tezyurar poezdlar hozirgi kunda faqat 1,0% ni tashkil etadi - (Hindiston va Yaponiyada yo'lovchi tashish miqdori bo'yicha yuk tashish hajmidan oshadi). Jahon temir yo’llarining 2 trln. yo'lovchi-km yo'lovchi aylanmasi mamlakatlar bo'yicha quyidagicha taqsimlanadi: Yaponiya va Yevropa -370-380 mlrd. yo'lovchi-km; Hindiston va Xitoy - deyarli 300 mlrd. yo'lovchi-km; boshqa mamlakatlar - 200 mlrd. yo'lovchi-km.
Temir yo’l transporti mamlakatimiz transport tizimining asosini tashkil etib, uning yagona transport tizimida yetakchi o’rin egallaydi. Temir yo’lning davlat, xalq xo’jalik va mudofaa quvvatidagi o’rni benihoya. Hozirgi mustaqil rivojlanish va bozor munosabatlariga o’tish davrida temir yo’llarning roli muntazam oshib bormoqda. Temir yo’llardan aholining va xalq xo’jaligining tashishlarga bo’lgan barcha ehtiyojlarini to’liq qondirish, tashishni yuqori sifat bilan o’z vaqtida bajarish talab qilinadi. Tashishlarga bo’lgan buyurtmalarni biroz kechiktirish ham korxonalarning normal ishlashiga jiddiy zarar keltiradi, xo’jalikni shartnomaviy asoslarda muqim yurgazishni izdan chiqaradi.
Temir yo’l transporti faoliyatini tadqiq qilayotganda va uni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirilishida hal qilinadigan vazifalarini aniq belgilab olish kerak, ya’ni temir yo’l tarmog’ining o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda belgilanishi lozim. Temir yo’l sohasi tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyatning serqirraligi, tizimni rivojlantirishda investisiya omilini muhimligini ta’kidlaydi.
Jahonda temir yo’l transporti yuk tashish jarayonlarida yuk oqimlarini tashkil etish va boshqarish texnologiyalarini rivojlantirish yetakchi o’rinni egallamoqda. Bu borada, temir yo’l xizmatidan foydalanuvchilar bilan ishlashning yaxlit tizimini shakllantiruvchi usullardan biri avtomatlashtirilgan elektron hujjat aylanish tizimini takomillashtirishdir. Bunda, yuk tashish jarayonlarida hujjatlarni avtomatik ravishda rasmiylashtirish texnik vositalarini ishlab chiqish, hujjatlarni rasmiylashtirish usuliga bog’liq ravishda hujjat aylanishining optimal vaqtni aniqlash imkoniyatini beradigan texnologik jarayonlarining matematik modellashtirish usullarini ishlab chiqish, aloqa kanallaridan transport hujjatlar shaklini yagona elektron platforma orqali uzatish texnologiyalarini ishlab chiqish, shuningdek, hujjatlar aylanishi jarayonida elektron raqamli imzolash tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Temir yo'l transportining o'rnini quyidagi ma'lumotlar tahlili orqali ham tushunib yetishimiz mumkin. Misol tariqasida 2020 yilning yanvar-mart temir yo'l transporti orqali - 17,1 mln. tonna yuk tashildi.
2020 yil yanvar-mart oylarida magistral temir yo'l transporti orqali 17,1 mln. tonna yuk tashilib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan o'sish sur'ati 100,9 % ni tashkil etdi. O'tgan yilning shu davriga nisbatan temir yo'l transporti yuk aylanmasi 114,4 mln. tonna-kmga oshib, 5 500,5 mln. tonna-kmga yetdi. Shu bilan birga, yo'lovchi aylanmasi 78,4 mln. yo'lovchi-kmga kamayib, 946,0 mln. yo'lovchi-kmni tashkil etdi. Temir yo'l transporti orqali o'rtacha bir kunda yuklarni jo'natish 2020 yilning yanvar -mart oylarida 187,8 ming tonnani tashkil etdi yoki 2019 yilning shu davriga nisbatan nisbatan 0,9 % ga oshdi. Bir tonna yuk jo'natishning o'rtacha masofasi 321,8 kmni tashkil etib, o'tgan yilning mos davri darajasidan 1,2 % ga o'sishi kuzatilgan.
Temir yo’l transporti mavjud bo’lgandan beri va faoliyati davomida O'zbekiston iqtisodiyotining boshqa tarmoqlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Uning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyot ehtiyojlarini qondirish uchun o'z vaqtida yuk va yo'lovchi tashishni ta'minlash hisoblanadi. Bu boradagi ishlar turli ko’rinishlarda amalga oshirilmoqda va O'zbekiston Respublikasi temir yo'l tarmog'ini o'tkazish va tashish imkoniyatlarini maksimal xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan.


Download 139.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling