Temur tuzuklarida boshqaruv masalalari
aholidan olinadigan turli soliqlar(zakot, xiroj va boshq.) miqdorini aniqlash
Download 89 Kb.
|
Po`latov Mirsaid
aholidan olinadigan turli soliqlar(zakot, xiroj va boshq.) miqdorini aniqlash;
harbiy yurishlarda jasorat namunalarini ko‘rsatganlarni (noiblar, amirlar , sipohiylar va boshq.) rag‘batlantirish; Harbiy yurishlar va janglar paytida qo‘shinning joylashuvi va ularni ajratib turuvchi belgilar. o‘qqizinchi asos bilan boyitdi. U ham bo‘lsa, jamiyat rivojida barcha ijtimoiy tabaqalar faoliyatini nazarda tutish va manfaatlarini ta’minlashdan iboratdir. Amir Temur bo‘yicha bunday tabaqalar o‘n ikkita bo‘lib, ularda jamiyatning barcha tarkibiy qismlari o‘rin olgan. Bu tabaqalar quyidagilar edi: 1.Sayyidlar, olimlar va shayxlar. 2.Katta tajribaga ega ilmli kishilar. 3.Duo qiluvchi taqvodorlar. 4.Lashkarning sipohlari, sarhang va amirlar. 5.Askar va xalq ommasi. 6.Davlat boshqaruv ishlarini ipidan ignasigacha biladigan maslahatgo‘y, dono va aqlli kishilar. 7.Vazirlar, kotiblar, devon boshlig‘i. 8.Tibbiyot ahli, munajjim va muhandislar. 9.Muhaddislar va muarrixlar. 10.Tasavvuf vakillari va oriflar. 11.Hunarmandlar va san’atkorlar. 12.Ajnabiy sayyohlar va savdogarlar. Yuqoridagi ijtimoiy qatlamlar Amir Temur davri davlatchiligini ma’muriy-boshqaruv tizimidagi tartiblr bilan aloqador holda uning harbiysiyosiy xususiyatga ega bo‘lganligidan ham dalolat beradi. Amir Temur va temuriylar davrida yaratilgan davlat boshqaruv asoslari qonunlar ustivor bo‘lgan va fuqarolarning himoyasi, tinchligi va barqarorligi ta’minlangan jamiyat asoslarining yuzaga kelishiga katta imkoniyatlar yaratgan. Qonun ustivorligiga, adolat tamoyillariga saltanatda va tashqi munosabatlarda qat’iy amal qilingan. Amir Temur va temuriylarning boshqaruvida maslahatu mashvaratga tayanish davlatning bexato siyosat yuritishga olib boruvchi omillardan biri hisoblangan. Temur va temuriylar davlatida unvon va mansablar Bizga manbalardan ma’lumki, Amir Temur hokimi mutlaq bo‘lib, uning farmolari so‘zsiz ijro etilgan. Ammo, o‘rta asrlar davlatchilik an’analariga ko‘ra, nasl-nasabi xon avlodiga mansub bo‘lmagan shaxs taxtni boshqara olmas edi. Shuning uchun ham, o‘z davrida Amir Qozog‘on tomonidan belgilangan an’anaga ko‘ra, Amir Temur avval Chingizxon avlodidan bo‘lgan Suyurg‘atmishni (1370-1388 yy.) keyin esa uning o‘g‘li Sulton Mahmudxonni (1388-1402yy.) o‘z huzurida “xon” qilib ko‘taradi. Ularning nomidan yorliqlar chiqarilib, tanga pullar zarb qilingan bo‘lsa-da, Sohibqiron ularni davlat ishlariga umuman aralashtirmagan. Sohibqiron “amir” unvonida bo‘lib, 1370yilda Qozonxonning qizi Saroymulkxonimga uylanganidan so‘ng “Qo‘ragon” (“Xon kuyovi”) unvonini oladi. Bu holat, ya’ni, xon avlodiga kuyov, qarindosh bo‘lishi ham uning siyosiy mavqeini rasman bo‘lsa ham mustahkamlashga xizmat qilgan. Dargoh- eng oliy davlat idorasi bo‘lib, oliy hukmdor Amir Temur, yuqorida eslatganimizdek, Suyurg‘atmishni «xon» deb e’lon qilgan bo‘lsa-da, hokimiyat batamom Sohibqiron ihtiyorida bo‘lgan. «Soxta xon» e’lon qilinishi holati o‘sha davr vaziyati va voqeyligidan kelib chiqib, Amir Temur hokimiyatini mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilgan edi. «Tuzuklar»da keltirilishicha, dargohda vaqti-vaqti bilan xos majlislar o‘tkazilib turilgan. Bunday majlislarda davlat va mamlakat idorasi, sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga munosabat, mansab va vazifalarga tayinlash masalasi ko‘rib chiqilgan. Bunday tadbirlarni tor doirada o‘tkazilishiga sabab, davlat ahamiyatiga molik masalalarni chetga ayon bo‘lishidan saqlanish edi. Dargoh faoliyatini boshqarish, uning devonlar va joylardagi mahalliy hokimiyat idoralari bilan bog‘lanib turish ishlari Oliy devon zimmasida bo‘lgan. Dargoh tizimidagi bu devonga devonbegi boshchilik qilgan. O‘sha davrda oliy devonning ahamiyati va mavqei shu qadar baland bo‘lganki, ayrim manbalar (Ali Yazdiy) uni dargoh bilan bir ma’noda ta’riflagan. Dargoh faoliyati boshqaruvida quyidagi mansab va vazifalar mavjud edi.: arzbegi – dargohdagi muhim vazifalardan biri bo‘lib, uning xizmati dargohga arz-dod, shikoyat bilan kelganlarni hamda mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabatlarini bildiruvchilarni qabul qilishni uyushtirib turish edi. Undan tashqari, tushgan arzlar, shikoyatlar va takliflarni oliy hukmdorga yetkazib turish ham arzbegining vazifasi bo‘lgan; adolat amiri – bu mansabdagi shaxs turli o‘lka, viloyat va shaharlarda «sipoh va raiyyat orasida urf-odatlarga oid janjalli ishlar haqida» oliy hukmdorga hisobot va ma’lumot yetkazib turgan. Tadqiqotchilarning xulosalariga ko‘ra, joylardagi ahvoldan boxabar bo‘lib turishning ikki yo‘lidan foydalanilgan:biri pastdan yuqoriga, ya’ni, arzchilar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri dargohga murojaat qilish imkoniga ega bo‘lganlar, ikkinchisi esa, maxsus xizmat orqali joylardagi vaziyat davlat tomonidan, aniqrog‘i, oliy hukmdor dargohi orqali tekshirib borilgan. Mavjud holatlar aniqlanib, shunga yarasha choratadbirlar ko‘rilgan; aminlar – tushgan ma’lumotlarni joylarga topshirib, adolatsizlik, tartibsizlik, davlat va jamiyat manfaatiga zid ishlar haqida yozma ma’lumot berib turadigan maxsus ishonchli vakillar hisoblanib, ularning vazifasiga bundan tashqari tobe yerlar to‘lovlarining yig‘ib kelish ham kirgan; tavochi – muhim lavozimlardan biri bo‘lib, oliy farmonga ko‘ra, joylarga borib harbiy yurish uchun lashkar to‘plash bilan shug‘illangan. Tavochilar avval boshdan belgilangan lashkar sonining taxt bo‘lishi, tayyorgarlik darajasi, ta’minoti ko‘ngildagidek talabga javob berishi, ko‘rsatilgan joyga muayyan yo‘l bilan o‘z vaqtida yetib borishi kabi g‘oyatda ma’suliyatni tadbirlarga javobgar bo‘lganlar. Ularning boshlig‘i bosh tavochi deb atalib, ular tumanot (o‘n minglik), hazorajot (minglik), sadajot (yuzlik), yetakchilaridan, viloyat hokimlaridan qo‘shinni o‘z vaqtida, belgilangan son va sifat, ta’minlanganlikda yetkazish berish to‘g‘risida tilxat olganlar. Shuningdek dargohda bosh hojib, hojiblar (rasmiy tadbirlar boshqaruvchisi va tashkilotchilari), xazinador, xonsolar (dasturxon tuzatishga bosh-qosh bo‘luvchi), jibachi (qurol-aslaha saqlovchi), qushchi (podshohona ovlar uyushtirilganda maxsus o‘rgatilgan ov qushlarini olib yuruvchi va parvarish qiluvchi) va mana shu xizmatni boshqaruvchi qushbegi, bakovulboshi ( saroy oshpazlarining boshlig‘i), kotiblar, bitikchilar, tabiblar, sozandalar, Mirsaid Juram Sinfdow, [19.05.2022 17:12] [Переслано от Mirsaid Juram Sinfdow] Harbiy ishlar vaziri – harbiylarning maoshi, alohida xizmatlari uchun ularga tuhfa qilingan yer-suvlar boshqaruvi, qurol-aslaha ta’minoti, harbiy ko‘riklarni tayyorlash, janglarda yarador bo‘lib xizmatga yaroqsiz bo‘lganlarga nafaqa tayinlash, iste’foga iqqan harbiylar to‘g‘risida qayg‘urish kabi masalalar bilan mashg‘ul bo‘lgan Mulkchilik va soliq ishlari vaziri – turli sabablarga ko‘ra egasiz va qarovsiz qolgan mol-mulklarni nazoratga olish va qo‘riqlash, savdogarlardan zakot va boj undirib olish, mamlakat chorvalari, o‘tloq- yaylovlarni boshqarish, yer solig‘i, chorva solig‘i, zakotlarni o‘z vaqtida yig‘ilishi va o‘z vaqtida davlat xazinasiga tushishini nazorat qilish, mulkchilikdagi merosxo‘rlik tartiblarini amalga oshirish kabi vazifalarni bajargan. Mirsaid Juram Sinfdow, [19.05.2022 17:12] [Переслано от Mirsaid Juram Sinfdow] Moliya vaziri – butun saltanat idoralarinig kirim-chiqimlari, xazinadan sarf qilinayotgan barcha xarajatlar hisobini olib boorish vazifasini bajargan. Davlat korxonalari vaziri – uning ihtiyorida bir qancha ustaxonalar bo‘lib, ular doimiy ravishda harbiylar uchun sovut, dubulg‘a, kamon, o‘q-yoylar tayyorlaganlar. Shuningdek, bu vazir bevosita Amir Temurning buyrug‘i bilan yirik inshootlar (saroylar, machitlar, madrasalar, timlar va boshq.) qurilishiga rahbarlik qilgan. Devonbegi (devon boshlig‘i) – davlat mablag‘lari devonbegi ixtiyorida bo‘lgan hamda u davlat xazinasidagi mablag‘larning vazirlar tomonidan to‘g‘ri va maqsadga muvofiq saqlanishini nazorat qilgan. Adliya vaziri (devoni mazolim) – bu vazir to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolar va dunyoviy ishlar bilan shug‘illangan. Harbiy sud (lashkar qozisi) esa alohida ravishda faoliyat ko‘rsatgan. Shariat tartiblari bilan islom qozisi shug‘ullangan. Harbiy sud vaziri – bu vazir alohida faoliyat ko‘rsatib, sipohiylar (harbiylar) ishlarini ko‘rib chiqib, muhokama qilgan. Mirsaid Juram Sinfdow, [19.05.2022 17:12] [Переслано от Mirsaid Juram Sinfdow] Vaqf ishlari vaziri – bu vazirlikka sadr us-sudur (sadrlar boshlig‘i, sadrlar sadri) boshchilik qilgan bo‘lib, u vaqf mulklari bilan bog‘liq masalalarga mutasaddi bo‘lgan. Habar va aloqa vaziri – bu vazir zimmasiga mamlakatning turli burchaklarida sodir bo‘layotgan voqealardan hukmdorni ogoh qilib turish, markazdan joylarga buyruq, farmon va ko‘rsatmalarni jo‘natish, markazga turli hujjat, hisobot kabilarni yetkazishi, tashqi siyosiy-diplomatik munosabatlarni amalga oshirish hamda davlat yuklarini o‘z manzillariga yetkazish yuklatilgan. Vazirlikning o‘zi devoni rasoil, devoni insho deb atalgan. Mirsaid Juram Sinfdow, [19.05.2022 17:13] [Переслано от Mirsaid Juram Sinfdow] Мать-одиночка получает $6400 каждый месяц благодаря этой схеме Код Успеха 19. «Temur tuzuklari» - davlat boshqaruvi haqidagi muhim tarixiy manba. Amir Temur va uning davri xususida zamondoshlari G‘iyosiddin Alining «Ro‘znomayi g‘azovoti Hinduston», Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma», Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», ibn Arabshohning «Temur tarixi» Rui Gonsales de Klavixoning “Samarqandga – Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi” va boshqalarning qimmatli asarlari mavjuddir. Lekin, buyuk jahongir hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan asarlar ichida shubhasiz, «Temur tuzuklari» alohida ahamiyat kasb etadi. «Tuzuki Temuriy» («Temur tuzuklari»), «Malfuzoti Temuriy» («Temurning aytganlari») va «Voqioti Temuriy» («Temurning boshidan kechirganlari») nomlari bilan atalmish ushbu asar qimmatli tarixiy manba bo‘lib, u jahondagi mashhur kutubxonalardan joy olgan. «Temur tuzuklari» ikki qismdan iborat tarixiy va huquqiy asar bo‘lib unda Sohibqironning davlat tuzilishi va mamlakatni boshqarish xususidagi nuqtai-nazari bayon etiladi. «Temur tuzuklari» o‘z ichiga hayot tajribasi va sinovi boshidan o‘tgan, bir umr el-yurt, saltanat tashvishi bilan yashagan fidoyi shaxs, buyuk davlat arbobining o‘y-fikrlari, mushohada va kechinmalarini o‘z ichiga jo qilgan. «Tuzukot»da yuqorida qayd etilgan mulohazalar aniq-ravon tarzda, ixcham usulda bayon etilgan. Sohibqironning «Saltanat ishlarining to‘qqiz ulushini mashvarat, tadbir va kengash, qolgan bir ulushini esa qilich bilan bajo keltirish zarur», degan ko‘rsatmasi XXI asr siyosat maydoni uchun, muammolarni hamjihatlikda yechishga da’vat tarzida ko‘rsatish mumkin. “Tajribamda ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir” degan fikrlari hozirda ham ijtimoiy-manaviy hayotda dolzarb ahamiyat kasb etsa, “Bilagi zo‘r birni, bilimi zo‘r mingni yiqar” degan iborasi odamni hamisha o‘z aql- zakovati, ilm-ma’rifat asnosida hayot kechirishga chaqiradi. Amir Temurning “Yaxshilarga yaxshilik qildim, yomonlarni esa o‘z yomonliklariga topshirdim. Kim menga do‘stlik qilgan bo‘lsa, do‘stligi qadrini unutmadim va unga muruvvat, ehson, izzat-ikrom ko‘rsatdim”, degan so‘zlar uning ichki ma’naviy dunyosining boyligidan darak beradi. Takidlash joizki, XXI asr barkamol avlodini tarbiyalash, ularning ma’naviy olamini yuksaltirish va boyitishda shubhasiz, «Tuzuklar» kata ahamiyat kasb etadi. Mirsaid Juram Sinfdow, [19.05.2022 17:13] [Переслано от Mirsaid Juram Sinfdow] shaxsi va tarixining tiklanishi O‘zbek xalqi mustaqillikka erishishi bilan uning milliy o‘zligini anglashga katta imkoniyatlar yaratildi. Milliy davlatchilik asoslarimiz yaratilayotgan bugungi kunda tariximizning barcha sohalari qatorida ajdodlarimizdan qolgan siyosiy merosimizni chuqur va xolisona tadqiq etish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Zero, o‘zbek xalqining milliy davlatchilik tarixi ming yillar avval shakllangan bo‘lib, ular orasida orasida Amir Temur saltanati yuksak davlatchilik ta’limoti yaratilgan bosqich siatida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Saltanatda joriy etilgan boshqaruv asoslari o‘z davrida nafaqat mamlakatda istiqomat qilayotgan kishilarning manfaatlari hamda farovonligi uchun xizmat qilgan, balki g‘arb va sharq davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar, halqaro hayotning iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy barqarorligi, rivojiga ham samarali ta’sir ko‘rsatgan. Bu ulkan o‘zgarishlarning yuzaga kelishida Amir Temurning roli kata bo‘lsa-da, uning shaxsi, davlatchilik faoliyati, milliy va umuman sivilizatsiya tarixidagi o‘rni sovet davrida salbiy jihatdan talqin etildi. Sobiq ittifoq yuritgan bunday siyosatning zaminida o‘zbek xalqidan milliy tuyg‘u, o‘zlikni anglash g‘oyalarini tag-tomiri bilan yo‘qotish maqsadlari yashiringan bo‘lib, yurtimizda mustaqillikning qo‘lga kiritilishi bu niyat va harakatlarning bartaraf etilishida katta kuch bo‘lib xizmat qildi. Istiqlol tufayli Sohibqironning tariximizdagi, umuman insoniyat tarixidagi kata xizmatlari munosib baholana boshlandi. Vatanimizda Amir Temurning faoliyatini xolis o‘rganishda O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov olib borayotgan siyosat alohida ahamiyatga ega. Hukumatimiz «Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash to‘g‘risida» (1994 yil, 29 dekabr), «1996 yilni Amir Temur yili deb e’lon qilishi to‘g‘risida” (1995 yil, 26 dekabr), «Temuriylar tarixi» davlat muzeyini tashkil etish va «Amir Temur» ordenini ta’sis etish to‘g‘risida (1996 yil) qator farmon va qarorlar chiqardiki, bu tadbirlar temurshunoslikning keyingi taraqqiyoti uchun kata zamin yaratdi. Amir Temurning dunyo sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi, tarixdagi buyuk xizmatlari Birlashgan Millatlar tashkilotining talim, fan va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi YuNESKO tomonidan ham e’tirof etilib uning 660 yillik yubileyini nishonlash to‘g‘risida tashkilotining qaror qabul qilinishiga erishildi. 1996 yil Amir Temur yili deb elon qilindi va bu tarixiy voqea dunyo miqyosida keng nishonlandi. Prezident Islom Karimov Sohibqironning tariximizda tutgan o‘rni, o‘z davrida yurtimizda ozodlik va mustaqillikni qo‘lga kiritish bilan birga markazlashgan davlat tuzgani, saltanat boshqaruvini adolat va qonunlarga asoslanib tashkillashtirgani, ilm-fan ravnaqiga katta tasir ko‘rsatgani hamda boshqa xizmatlari haqida ko‘p marotaba alohida ta’kidlab o‘tdi. Mirsaid Juram Sinfdow, [19.05.2022 17:13] [Переслано от Mirsaid Juram Sinfdow] Amir Temur dastlabki siyosiy faoliyatidan to vafotiga qadar o‘z qudratining o‘ndan to‘qqiz qismiga diplomatik salohiyati tufayli erishgan. Sohibqironning vorislari Shohrux, Mirzo Ulug‘bek, Husayn Boyqaro, Bobur kabi yirik davlat arboblari ham ichki va tashqi aloqalarda Amir Temurning diplomatik merosiga amal qilib, uning bu boradagi siyosatini davom ettirganlar. Tinchlik, tomonlar manfaatdorligi, raqibiga shavqat qilish va unga imkon yaratish, har qanday sharoitda ham elchini qadrlash, tashqi siyosat va diplomatiya qoidalariga qat’iy amal qilish, inson hayoti daxlsizligi – Amir Temur tashqi siyosati va diplomatiyasining asosi hisoblangan. Chunonchi, Amir Temur maktublaridan birida, “Elchiga o‘lim va bandilik yo‘qdir, elchining gardanidagi vazifa buyruqni aniq yetkazishdan boshqa narsa emasdir”, – deb yozadi. Shubhasiz, Amir Temurning tashqi siyosatidagi asosiy yo‘nalishlardan biri – Movarounnahrning xavfsizligini ta’minlash bo‘lgan. Xorazmdagi So‘fiylar sulolasi, Fors viloyati hokimi Shoh Shujo, Arzinjon va Arzirum hokimi Tohirtan, Mo‘g‘uliston hokimi Qamariddin, Oltin O‘rdadagi To‘xtamishxon kabilar bilan bo‘lgan munosabatlar zamirida ham ana shu maqsad yotardi. Amir Temur davridagi diplomatik munosabatlar ham Sohibqironning qat’iy tamoyillariga javob bergan. Shu o‘rinda Amir Temurning Misrdagi mamluklar davlati bilan o‘zaro munosabatlarga ham e’tiborni qaratish lozim. Az-Zohir Sayfiddin Barquq (1382-1399) hukmronligi davrida Misr, Suriya, Hijoz hamda unga yondosh hududlarda joylashgan mamluklar davlati musulmonlarning muqaddas shaharlari bo‘lmish Makka va Madinani ham egallagan holda kuchli davlatga aylandi Mirsaid Juram Sinfdow, [19.05.2022 17:13] [Переслано от Mirsaid Juram Sinfdow] Amir Temur ichki va tashqi savdo taraqqiyotiga katta ahamiyat berdi. Uning sa’y-harakati bois Buyuk ipak yo‘li tarmog‘i Movarounnahrga qaytdi, savdo yo‘llari xavfsizligiga, Sharq va G‘arb savdo munosabatlariga katta e’tibor bilan qaraldi. Sohibqironning Fransiya qiroli Karl VI ga yozgan xatidagi quyidagi mulohazalar e’tiborga sazovordir: “Siz o‘z savdogarlaringizni mening saltanatimga yuboring, biz ularni iliq qarshi olib, izzat-ikrom ko‘rsatamiz. Biz ham o‘z savdogarlarimizni sizning yurtingizga yo‘llaymiz. Siz ham ularga hurmat ko‘rsating, ularga ortiqcha tazyiqlar qilinishiga yo‘l qo‘ymang. Sizga bundan bo‘lak talabim yo‘q. Zero dunyo savdo ahli ila obod bo‘lajak!” Shubhasiz, buyuk Amir Temurning yuqoridagi mulohazalari XXI asrdagi yangicha tartibdagi savdo-iqtisodiy munosabatlarda muhim o‘rin egallaydi. Nizomiddin Shomiy o‘zining «Zafarnoma» asarida shunday deb yozgan edi: «... Uning adolatiyu siyosati o‘rnatilgan kunlarda Movarounnahrning eng chekka joylaridangina emas, balki Xo‘tan chegarasidan Dehli va Kanboyit atroflarigacha, Bobul Avbobdan to Misr va Rum hududigacha bo‘lgan yerlardan savdogarlar u yoqda tursin, bolalaru beva xotinlar ham ipakli matolar, oltin-kumush va eng zarur tijorat mollarini keltirardilar va olib ketardilar. Hech bir kimsa ularning bir doniga ham ko‘z olaytira olmaydi va bir dirhamiga ham ziyon yetkazmaydi. Bu cheksiz ne’mat va poyonsiz marhamatlar Amir Sohibqironning siyosati va adolati natijasidandur». 1404 yili Temur saltanatida bo‘lgan Rui Gonsales de Klavixo ham savdo-sotiq munosabatlarining yuqori darajada taraqqiy etganligini, savdo ahliga ko‘rsatilayotgan muruvvat, xavfsizlik choralari, Movarounnahr bozorlarining serhashamligini alohida qayd etgan edi. Mirsaid Juram Sinfdow, [19.05.2022 17:13] [Переслано от Mirsaid Juram Sinfdow] Ta’kidlash joizki, Mirzo Ulug‘bek ham xalqaro savdo aloqalarida faol qatnashgan, Samarqanddagi yirik karvonsaroylardan biri unga tegishli bo‘lgan. Ushbu karvonsaroy “Mirzoyi” deb atalib, hozirgi Tillaqori madrasasining o‘rnida bo‘lgan. Mudofaa devorlari bilan mustahkamlangan karvonsaroylar, odatda katta savdo yo‘llarining chorrahalarida joylashgan. Karvonsaroylarning bir qismi shaharga ketaverishda, darvoza yonida, ayrimlari shahar ichida joylashgan. Yirik shaharlarda boshqa o‘lkalardan kelgan savdogarlar uchun alohida karvonsaroylar qurilgan. Masalan, Buxoroda Urganch savdogarlari uchun “Urganjiy” karvonsaroyi barpo etilgan, shuningdek, eronlik va marvlik savdogarlar uchun ham alohida karvonsaroylar bo‘lgan. Ashtarxon va Bokuda esa alohida buxoroliklar karvonsaroylari bo‘lgan. Isfahonda samarqandlik va buxorolik savdogarlarning to‘xtash joylari bo‘lgan. Samarqandga chetdan keltirilgan mollar orasida Xitoydan kelgan mahsulotlar muhim o‘rin egallagan. Shuningdek Rus, Volgabo‘yi, Hindiston, G‘arbiy Osiyo, Uzoq Sharq bilan ham qizg‘in savdo aloqalari olib borilgan. Chetdan Movarounnahrga teri, egar-jabduq, xurjun, zig‘ir tolasidan to‘qilgan gazlama, kamon o‘qlari, sadoq Rus va Volgabo‘yidan, Ispaniya va Italiya davlatlaridan qirmizi mato, kumush kosa, movut, junli kiyim, yupqa gazlama, Xitoydan va unga tobe yurtlardan suvsar va oq tulki mo‘ynalari, ov qushlari, shoyi matolar, naqshsiz atlas, Hindistondan ziravorlar, ayrim metallar va qimmatbaho toshlar, oq yupqa mato, shakar, dorivor o‘simliklar keltirilgan. Yevropadan keltiriladigan matolar orasida “farangi” nomli mato mashhur bo‘lgan. Mirsaid Juram Sinfdow, [19.05.2022 17:14] [Переслано от Mirsaid Juram Sinfdow] Bizga ma’lum bo‘lgan ko‘pgina manbalar Amir Temur va temuriylar davrida O‘rta Osiyo va boshqa hududlarda soliq tizimi ma’lum tizimga tushirilib, adolat qonunlariga rioya qilganligi haqida ma’lumotlar beradi. Xususan «Tuzuklar» da shunday deyiladi: «Amr qildimki, hosil pishib yetilmasdan raiyyatdan molu jihot olinmasin. Hosil yetilgach, soliqni uch bo‘lib olsinlar. Agar raiyyat soliq to‘plovchi yuborilmasdan oldin soliqni o‘zi keltirib bersa, u holda u yerga soliq to‘plovchi yubormasinlar. Agar soliq to‘plovchini yuborishga majbur bo‘linsa, ular soliqni buyruq berish va yaxshi so‘z bilan olsinlar; kaltak-arqon ishlatib, ishni urush-so‘kishgacha olib bormasinlar. Ularni band etib zanjir bilan kishanlamasinlar. Bu davrda yerdan olinadigan soliqning asosiy turi xiroj hisoblangan. Bu soliq mahsulot yoki pul bilan olingan. Uning hajmi hosilning yarim miqdorigacha borgan. Hosil to‘la pishib yetilmasdan soliq to‘plash qat’iyan man etilgan. Soliqlar hokimiyat tomonidan belgilab qo‘yilgan uch muddatda: saraton (iyun-iyul), sumbula-mezon (avgust-sentabr) va qavs (noyabr) oylarida to‘planar edi. Soliqlardan tashqari ziroatkor aholi hukmdor va uning ma’murlari, suyurg‘ol egalari va tarxonlar, shuningdek, yirik mulkdorlar foydasiga muayyan muddat tekin ishlab berardilar. Harbiy yurishlar davrida mag‘lub etilgan aholidan sari shumor (jizya) solig‘i olingan. Davlat xavf ostida qolib harbiy safarbarlik e’lon qilingan paytlarda favqulodda soliq – avorizot yig‘ib olingan. Mamlakat hududidan chopar yoki elchilar o‘tayotganda, zarurat tug‘ilganda, aholi ularga otulov topib berishi lozim bo‘lgan. Temuriylar davrida qurilish ishlari kengayib, bu davrda qad ko‘targan saroylar, jamoat binolari, mudofaa, sug‘orish inshootlari, yo‘l qurilishi va tuzatishlarida mehnatkash aholi kuchidan keng foydalanilgan. Bunday hasher ishlar begor deb atalgan. Mazkur ishlar jarayonida mirobona, dorug‘ona soliqlari undirilgan. Shuningdek, aholi soliq yig‘ish va uning hisobkitobi bilan band bo‘lgan turli lavozimdagi ma’murlarning xizmati uchun ham bir qancha yig‘imlar to‘laganlar. Misol uchun, hosil miqdorini belgilovchilarga sohibi jamona; soliq yig‘uvchilarga muxassilona; kirimni boshqaruvchilarga zobitona; dorug‘alarga dorug‘ona; suv taqsimlovchi miroblar foydasiga mirobona kabilar to‘langan. Bu davrda bog‘ va daraxtzorlardan tanobona, mol sardaraxt, yaylovlardan mol o‘tloq va suvloq kabi soliqlar olinib, ularni to‘plashda an’anaviy tartib-qoidalarga amal qilingan. Chorva mollaridan qirqdan bir miqdorda zakot solig‘i olingan. Chegara hududlarida bojxonalar bo‘lib, chetdan keladigan savdogarlardan ma’lum miqdorda boj undirilgan. Mahalliy savdogarlar esa tagjoy solig‘i to‘laganlar Mirsaid Juram Sinfdow, [19.05.2022 17:16] [Переслано от Mirsaid Juram Sinfdow] manba. Amir Temur va uning davri xususida zamondoshlari G‘iyosiddin Alining «Ro‘znomayi g‘azovoti Hinduston», Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma», Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», ibn Arabshohning «Temur tarixi» Rui Gonsales de Klavixoning “Samarqandga – Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi” va boshqalarning qimmatli asarlari mavjuddir. Lekin, buyuk jahongir hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan asarlar ichida shubhasiz, «Temur tuzuklari» alohida ahamiyat kasb etadi. «Tuzuki Temuriy» («Temur tuzuklari»), «Malfuzoti Temuriy» («Temurning aytganlari») va «Voqioti Temuriy» («Temurning boshidan kechirganlari») nomlari bilan atalmish ushbu asar qimmatli tarixiy manba bo‘lib, u jahondagi mashhur kutubxonalardan joy olgan. «Temur tuzuklari» ikki qismdan iborat tarixiy va huquqiy asar bo‘lib unda Sohibqironning davlat tuzilishi va mamlakatni boshqarish xususidagi nuqtai-nazari bayon etiladi. «Temur tuzuklari» o‘z ichiga hayot tajribasi va sinovi boshidan o‘tgan, bir umr el-yurt, saltanat tashvishi bilan yashagan fidoyi shaxs, buyuk davlat arbobining o‘y-fikrlari, mushohada va kechinmalarini o‘z ichiga jo qilgan. «Tuzukot»da yuqorida qayd etilgan mulohazalar aniq-ravon tarzda, ixcham usulda bayon etilgan. Sohibqironning «Saltanat ishlarining to‘qqiz ulushini mashvarat, tadbir va kengash, qolgan bir ulushini esa qilich bilan bajo keltirish zarur», degan ko‘rsatmasi XXI asr siyosat maydoni uchun, muammolarni hamjihatlikda yechishga da’vat tarzida ko‘rsatish mumkin. “Tajribamda ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir” degan fikrlari hozirda ham ijtimoiy-manaviy hayotda dolzarb ahamiyat kasb etsa, “Bilagi zo‘r birni, bilimi zo‘r mingni yiqar” degan iborasi odamni hamisha o‘z aql- zakovati, ilm-ma’rifat asnosida hayot kechirishga chaqiradi. Amir Temurning “Yaxshilarga yaxshilik qildim, yomonlarni esa o‘z yomonliklariga topshirdim. Kim menga do‘stlik qilgan bo‘lsa, do‘stligi qadrini unutmadim va unga muruvvat, ehson, izzat-ikrom ko‘rsatdim”, degan so‘zlar uning ichki ma’naviy dunyosining boyligidan darak beradi. Takidlash joizki, XXI asr barkamol avlodini tarbiyalash, ularning ma’naviy olamini yuksaltirish va boyitishda shubhasiz, «Tuzuklar» kata ahamiyat kasb etadi. Mirsaid Juram Sinfdow, [20.05.2022 0:24] [Переслано от Mirsaid Juram Sinfdow] Amir Temurning davlat boshqaruv sohasida, hamda ichki va tashqi siyosatda amalga oshirgan islohotlari oz davrida uning saltanatini yanada mustahkam bolishiga olib kelgan va hozirgi kunda kundan-kun gullab-yashnab borayotgan Mustaqil Ozbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar ham davlat boshqaruv sohasida mamlakatimizning ertangi kuniga bolgan ishonchni yanada mustahkamlab, buyuk davlat arbobi Amir Temur tajribasini chuqur organib, amalda buyuk bobolarimiz tajribasidan unumli foydalanilayotganining isboti sifatida ko’rish mumkin. Kalit so’zlar: Buyuk davlat arbobi, diplomat, Temur tuzuklari, adolatli tamoyillar, Temuriylar davlati, musulmon fiqhi qoidalari, Islom qudrati, moliya, iqtisod, insonparvar, qonun-qoida, adolat, tartib-intizom, islomiy-mazhabiy, mo‘g‘ullar. KIRISH Amir Temur va temuriylar davri davlatchiligi, ma’naviyati o‘zining salohiyati, mazmuni, tarbiyaviy kuchi va ta’siri bilan xalqimiz tarixida alohida o‘rin tutadi. O‘zbekiston o‘zining davlat mustaqilligiga erishgach, uning bir necha ming yillik ijtimoiy-siyosiy tarixini har taraflama o‘rganish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Ayniqsa, markazlashgan Amir Temur saltanati, uning o‘zbek davlatchiligi va madaniyatini rivojlantirishdagi o‘rni masalalariga oydinlik kiritilib, tarixchi, sharqshunos olimlarimiz ko‘plab birinchi manba ahamiyatidagi asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilib, nashr ettirdilar. Davlatimizning siyosati va xalqimiz xohish-irodasiga asoslangan Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 29 dekabrda «Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori, 1995 yil 26 dekabrda esa Prezidentimizning «1996 yilni Amir Temur yili deb e’lon qilish to‘g‘risida»gi farmonlari qabul qilindi. 1996 yil martida «Temuriylar tarixi» davlat muzeyini tashkil qilish xususida, «Amir Temur» ordenini ta’sis etish to‘g‘risida farmonlar Mirsaid Juram Sinfdow, [20.05.2022 0:24] [Переслано от Mirsaid Juram Sinfdow] nishonlandi. 1996 yil aprelida shu tashkilotning Parijdagi bosh qarorgohida «Temuriylar davrida fan, madaniyat va ta’lim ravnaqi» mavzuida ilmiy konferensiya o‘tkazilib, Buyuk davlat arbobining tarixdagi o‘rniga yuksak baho berildi. «Amir Temur jahon tarixida qudratli va gullab-yashnagan davlat barpo etgan buyuk sarkarda va davlat arbobi sifatidagina mavqei tutmaydi. U o‘z poytaxti bo‘lmish Samarqandni er yuzining chinakam madaniy va ilmiy markazlaridan biriga aylantirdi. Bu ulug‘ zot qurdirgan me’morchilik va xalq san’atining javohirlari yanglig‘ bugungacha qad ko‘tarib turgan osori atiqalar shahar va qishloqlarimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib kelyapti. Sohibqiron zamonasining ajoyib diplomati, davlatlar o‘rtasida do‘stona munosabatlar o‘rnatilishi va iqtisodiy aloqalar rivojlanishining tarafdori sifatida ham mashhur edi. U olimlar va hokimlar, me’morlar va shoirlarning buyuk homiysi yanglig‘ dong chiqargan». Bugungi kunda demokratik huquqiy davlat qurayotgan xalqimiz Vatanimiz tarixida huquqiy davlat haqidagi tasavvur va qarashlarning yuzaga kelishi hamda rivojlanishi, uning yuridik manbalari, dunyoviy huquq va qonunchilik masalalarini ham bilishni istaydi, albatta. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, Temur tuzuklarini tarixiy-huquqiy tadqiq etish alohida dolzarblik kasb etadi. Zero, o‘tmish merosimiz, uning boy davlatchilik va huquqiy asoslari, xususan, Amir Temur davrida davlat va huquq borasida qo‘llanilgan adolatli tamoyillar bugungi kunda mustaqilligimizga ham xizmat qilib, shaxsning yuksak siyosiy, axloqiy va huquqiy madaniyatini shakllantirishda ko‘maklashmoqda. Amir Temur hayoti va faoliyatini yorituvchi asosiy tarixiy manbalar benihoya ko‘p va xilma-xil bo‘lib, bu uning nomi, jahon tarixidagi roli beqiyos ekanligi va g‘oyat mashhurligidan dalolat beradi. Amir Temur, Temuriylar davlati, uning tashkil topishi masalalariga bag‘ishlangan, chet ellarda va Respublikamizda olib borilgan tadqiqotlarning ilmiy tahlili ham bir qator olimlarimizning kitoblarida yoritilgan. «Temur tuzuklari» ilmiy jamoatchilikni 600 yil mobaynida qiziqtirib kelmoqda. Mirsaid Juram Sinfdow, [20.05.2022 0:27] [Переслано от Mirsaid Juram Sinfdow] XULOSA Xulosa ornida shuni aytish lozimki, buyuk sarkarda Amir Temurning davlat boshqaruv sohasida, hamda ichki va tashqi siyosatda amalga oshirgan islohotlari oz davrida uning saltanatini yanada mustahkam bolishiga olib kelgan. Hozirgi kunda kundan-kun gullab-yashnab borayotgan Mustaqil Ozbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar ham davlat boshqaruv sohasida mamlakatimizning ertangi kuniga bolgan ishonchni yanada mustahkamlab, buyuk davlat arbobi Amir Temur tajribasini chuqur organib, amalda buyuk bobolarimiz tajribasidan unumli foydalanilayotganining isbotidir. Bu esa xalqimiz kelajagi uchun adolatli turmush tarzi yaratib berish yolida qilinayotgan say-harakatlarning samarasidir. Foydalaniygan adabiyotlar 1. Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi.- Toshkent: Sharq, -2000.-365 b. 2. Temur tuzuklari. Ahmedov B. tahriri.- Toshkent: G‘afur G‘ulom, - 1991.-144 b. 3. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar.-Toshkent: O‘qituvchi, 1994.-432 b. 4. Muiniddin Natanziy. Muntahab Download 89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling