Amir Temur davlatining iqtisodiy siyosati va soliqlar tizmi.
«Pirim Zayniddin Abubakir Toyobidiy menga saltanat ishlarida 4 narsaga amal qilishimni maslahat berdi,-deydi Amir Temur . –1 kengash; 2.Mashvaratu maslahat; 3.Qatiy qaror, tadbirkorlik va hushyorlik; 4.Ehtiyotkorlik. Bular saltanat ishlarida men uchun eng togri yolboshchi boldi.
Shunga kora davlat ishlarining toqqiz ulushi kengash, maslahat, tadbir, hushyorlik bilan amalga oshirishni va bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilishini angladim. Tajribamda kordimki, ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qatiy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir».
Amir Temur
- Amir Temur oz siyosatini davlatni boshqarishda tartib ornatish, yurt osoyishtaligini taminlash, dehqonchilik va chorvachilikni jonlantirish, hunarmandchilik va savdoni rivojlantirish, ariq va kanallar qazish, suv inshoatlari va togonlar qurib suv chiqarish, kopriklar qurish, chet davlatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalar ornatish boyicha qurultoylar otkazishdan boshladi. Qurultoylar Movaraunnahrning barcha viloyatlarida o`tkazilib, ularda barcha shahzodalar, bosh amaldorlar, harbiy boshliqlar va aristokratlar boshliqlari ishtirok etganlar.
- Amir Temur ichki-iqtisodiy siyosati xalq farovoniligini oshirish Movaraunnahrda ilm va fanni taraqqiy ettirishdan iborat edi. U xazinaning katta qismini yodgorliklar barpo etishga, yurtni obodonlashtirishga sarflar edi. Shu davrda Samarqandda Koksaroy, Bibixonim masjidi, Shohizinda maqbarasi, koplab boglar, saroylar, yollar, kopriklar, qishloqlarda masjidlar va muhtojlarga oziq-ovqat beradigan joylar qurdirdi. Toshkent atrofida kanallar qazdirib, Sirdaryodan Ohangaronga kanal otkazdi. Buxoro, Shahrisabz, Fargona, Turkistonda masjid, madrasalar, karvonsaroylar, suv inshoatlari barpo etdi.
- Amir Temur Samarqandning dovrugini koklarga kotarish uchun bu erda oziq-ovqat mol-kolchigini tamin etdi, ipak, atlas, sental, shoyi kabi matolar koplab toqib chiqarildi; moyna va turli xil surgichlar, boyoqlar, eng sifatli qogozlar ishlab chiqildi. Turli shaharlardan koplab sohalar boyicha ustalar, hunarmandlar olib kelindi: Damashqdan ipak, mato toquvchilar, nayza va qurollar yasovchilar, shisha ishlovchilar, Turkiyadan merganlar, har xil hunarmandlar, zardozi ustalar keltirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |