Temuriylar davri tarixiy geografiyasining zamonaviy tadqiqotlarda yoritilishi


Download 257.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana22.06.2023
Hajmi257.78 Kb.
#1649708
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Temuriylar davri tarixiy geografiyasining zamonaviy tadbqiqotlarda

 
 
1
Ulrix Rudolf. Al-Moturidiy va Samarqand sunniylik ilohiyati, Toshkent, 2001, 47-bet 



I.BOB.MUSTAQILLIK DAVRI TADQIQOTLARIDA AMIR TEMUR 
DAVRI TARIXIY GEOGRAFIYASINING YORITILISHI 
1.1.Tadqiqotlarda Amir Temur davri tarixiy geografiyasining yoritilishi 
“Tuzuklar” Amir Temur davlatchilik tarixini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb 
etadi va uning mazmun-mohiyatini alohida mavzularda ochib berish dolzarb 
masaladir. Shahobiddin Abdulloh ibn Lutfulloh ibn Abdurashid al-Havofiy –Hofizi 
Abru (1431 yilda vafot etgan) ham Amir Temur davrining zabardast 
tarixnavislaridan biri hisoblanadi. U “Majmu’ai Hofizi Abro‘”, “Zubdat ut–tavorixi 
Boysung‘uriy” (“Boysung‘ur Mirzoning saralangan tarixi”) kabi bir necha asarlar 
muallifidir. “Zubdat ut-tavorixi Boysung‘uriy” asarida olamning yaralishidan to 
1426 yilgacha bo‘lgan tarixiy voqealar yozilgan. Hofizi Abru o‘z davri tarixiy 
voqealarini shohid sifatida tahlil etadi va uning malumotlari ham milliy davlatchilik 
tariximizni o‘rganishda muhim o‘rin tutadi. Amir Temur davri tarixnavislaridan biri 
Fasih Ahmad ibn Jaloliddin Muxammad al-Xavofiydir. Uning “Mujmali Fasihiy” 
(“Fasihiy to‘plami”) nomli asari 1441–1442 yillarda yozilgan. Bunda tarixiy 
voqealar qisqa va lo‘nda yilma-yil, davriy ketma-ketlikda berilgan va u ortiqcha 
mubolag‘a, maqtov va subyektiv hissiyotlardan holi asar hisoblanadi. U Amir Temur 
davridagi tarixiy voqealarga aniqliklar kiritishda katta ahamiyat kasb etadi.Amir 
Temur davrida bo‘lib o‘tgan voqealarni yozgan tarixchilardan biri Kamoliddin 
Abdurrazzoq ibn Mavlon Jaloliddin Is’hoq as-Samarqandiy (1413–1483) bo‘lib, 
“Matlai sa’dayn va majmai bahrayn” (“Ikki saodatli yulduzning chiqish va ikki 
dengizning qo‘shilish joyi”) asari uning tomonidan 1470 yilda yozilgan. Unda Amir 
Temur, Shohruh Mirzo, Ulug‘bek va boshqa temuriy hukmdorlarning ichki va tashqi 
siyosati, iqtisodiy, ma’naviy hayotiga oid qimmatli malumotlar uchraydi. «Rauzat 
us-safo» («Musaffolik bog‘i») nomli asar muallifi mashhur tarixchi Mirxond (1433-
1498) va uning nabirasi G‘iyosiddin ibn Humomiddin Xondamirning (1475–1535) 
“Habib-us-siyar fi axbor va afroz ul-bashar» (“Inson xabarlari va farzlarida 



do‘stning tarjimai holi”) va boshqa asarlari ham Amir Temur davri 
manbashunosligida alohida o‘rin tutadi. Bu asar 1524 yilda yozib tamomlangan 
bo‘lsa ham qo‘shimchalar kiritilishi natijasida u 1529 yilda oxiriga yetkazilgan. 
Amir Temur va temuriylar davrida Davlatshoh Samarqandiy (1435-1495), 
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) kabi ko‘plab davlat arboblari, sayyoh 
tarixnavislarning asarlari yaratilgan bo‘lib, ularni barchasiga batafsil to‘xtalish 
imkoniyati bo‘lmasa-da, tadqiqot jarayonida ulardan keng foydalanishga harakat 
qilindi. Tahlillar natijasida Amir Temur tarixiga tegishli manbalarda o‘xshash 
malumotlar uchragani bilan, ular bir-biridan davrida, sifatida, yozilish uslubi, dalil 
– malumotlarning boyligi va boshqa jihatlarida farqlar mavjudligi seziladi. Ularning 
barchasi ham o‘ziga xosligi va qimmati bilan ajralib turadi. 
XII asrda Naxshab (yoki Nasaf) o‘rtacha kattalikdagi shahar, vohadagi ikkinchi 
mashhur joy - Kesh esa, unga nisbatan kichik shaharcha bo‘lgan. Zero, o‘sha davrda 
yashagan marvlik olim va sayyoh Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad as-
Sam’oniy (1113-1167 yillar) «Kitob al-ansob» asarida Nasaf shahri Keshga 
qaraganda kattaroqligini, unda 3 mahalla, 4 ko‘cha, 2 masjid, 1 rabot, 1 minora 
bo‘lganligini yozadi (1, s. 100-109).
XIII asrda mo‘g‘ullar Movarounnahrga bostirib kirib, o‘lkadagi yirik shaharlar 
qatori Naxshab (Nasaf) shahrini ham xarob qildilar va u yirik shahar maqomida 
qayta tiklanmadi (hozirgi vaqtda, uning o‘rni Shulluktepa deb ataladi). Mo‘g‘ullar 
hukmronligi davrida Movarounnahr Chig‘atoy ulusi tarkibiga kiritildi va XIII 
asrning ikkinchi yarmidan boshlab, uning ulusdagi siyosiy mavqei kuchayib bordi. 
XIV asr birinchi-choragida esa, Chig‘atoy ulusining xoni Kepekxon (1318-1325) 
Movarounnahrda, aniqrog‘i qadimiy Naxshabdan taxminan 8 km janubi-sharqda 
o‘ziga yangi qarorgoh yaratdi va uning etimologiyasi haqida tarixchi Sharafiddin Ali 
Yazdiy shunday yozadi: «Bu joyning Qarshi, deb shuhrat topganligining sababi, 



Kepekxon (o‘z davrida) Nasaf va Naxshabdan ikki farsax masofada bir qo‘rg‘on 
bino etgan edi; mo‘g‘ullar qo‘rg‘onni «qarshi» deydilar» (2, 114a varaq).
O‘sha davrning yana bir mashhur tarixchisi Hofizi Abru «Geografiya» asarida: 
«Turkiy tilda podshohning qasrini «qarshi» deydilar. Podshoh (Kepek) u yerda bir 
ko‘shk qurdi va u ushbu nom bilan mashhur bo‘lib qoldi»,-deydi (3, 170 b varaq). 
Rus sharqshunosi V.V.Bartold esa, o‘zining «Qarshi» nomli maqolasida, bu toponim 
aslida uyg‘urcha so‘z ekanligi va keyinchalik mo‘g‘ul tiliga o‘tganligini aytgan 
(4,t.SH,s.503). Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar umumlashtirilsa, «Qarshi» turkiy 
toponim ekanligi aniq bo‘ladi. Qarshi shahrining bunyod etilish yiliga kelsak, 
Temuriylar davri yozma manbalari ma’lumotlariga ko‘ra, u Kepekxon saltanatida, 
ya’ni 1318-1325 yillar oralig‘ida qurilgan; biroq qaysi yilda qurilish boshlangani 
noma’lum. XIV asrning boshlarida, aniqrog‘i Kepekxon hukmronligi zamonida, 
undan so‘ng Tarmashirinxon (vafoti 1328 yil) saltanatida Qarshi Chig‘atoy 
ulusining siyosiy-ma’muriy markazi bo‘lgan. Mashhur arab sayyohi Ibn Battuta 
(1304-1369 yillar) ham Tarmashirinxon huzuriga ana shu Qarshi shahriga kelgan; 
o‘z sayyohatnomasida u, jumladan, shunday yozadi: "So‘ngra biz Buxorodan chiqib 
ulug‘ xudojo‘y sulton Alouddin Tarmashirin qarorgohi tomon yo‘l oldik... Naxshab 
mavzeidan o‘tib bordik
2
. Naxshab bog‘lar va ariqlar ila qurshalgan mo‘jaz shahardir. 
Biz uning amirining shahardan tashqaridagi uyiga qo‘ndik... Men Naxshabda 
qoldim. (Ertasi yo‘lga otlanib), kun botarda biz ismi-sharifi tilga olingan sultonning 
o‘rdasiga yetib keldik... Bozorga yaqin joyda to‘xtadik... Sulton shikor (ov)da ekan. 
Men sultonning noibi amir Toq-Bug‘o bilan uchrashdim, u meni o‘z masjidiga yaqin 
bir yerda joylashtirib, menga xobgoh berdi. Bu ... chodirga o‘xshash bir narsadir... 
U (sulton Tarmashirin) kishi yubordi va men uning huzuriga keldim. Sulton chodirda 
2
Ibrohim Xoliyorov, Shoh Murod Sharof, Hazrat imom Mu’iyn ziyoratgohi, Toshkent, «Yangi asr 
avlodi», 0-15 betlar 



edi... Sulton bomdod namozini ham, xufton namozini ham albatta jamoa bilan birga 
o‘qir edi... Mazkur sultonning yurtida 54 kun bo‘ldim..." (5, 66-70 betlar).
Tarmashirinxon o‘limidan so‘ng hokimiyatni Chig‘atoy naslidan Bo‘ron, 
Jingshuxon, Yisun Timurxon, Muhammad ibn Po‘lodo‘g‘il birin-ketin qisqa muddat 
boshqarganlar, biroq ularning saltanat poytaxti ulusning sharqiy qismida bo‘lgan. 
Lekin 1332-1346 yillarda Movarounnahrda hukmronlik qilgan Qozon Sudtonxon 
davrida poytaxt Qarshi shahrida joylashganligi to‘g‘risida Sharofiddin Ali Yazdiy 
«Zafarnoma»sida ishora bor (2,91 b varaq).
So‘ngra, Amir Qazag‘an hokimiyat uchun kurashib Qozon Sultonxonni 
o‘ldiradi va taxtni egallaydi; uning davrida (1346-1357) poytaxt Soli-Saroyda edi. 
«Amir Qazag‘an qish chog‘i Soli-Saroyda yashardi, bahorda Qoranavar gulzoriga 
qo‘nardi, yozda va kuzda esa Munkda yashamoq bayrog‘ini tikardi»,-de6 yozadi. 
Sharofiddin Ali Yazdiy (2, 94a varaq). Amir Qazag‘an zamonida poytaxt Soli-
Saroyga ko‘chirilib, bu ikkala shaharning siyosiy mavqei va istehkom qobiliyati 
ancha pasaydi; boz ustiga, ana shu davrda Movarounnahrda hukm surgan feodal 
tarqoqlik ham, xo‘jalik rivojiga, ayniqsa shaharlar ravnaqiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi
3

Amir Qazag‘anni 1357 yili ov chog‘ida kuyovi Qutlug‘ Temur halok etadi va uning 
o‘rniga taxtga o‘tirgan o‘g‘li amirzoda Abdulloh Samarqand shahrini o‘ziga poytaxt 
qiladi, chunki u otasi hayotligida shu shaharning hokimi bo‘lgan va bu joy unga 
yoqib qolgan edi (2, 94 b varaq).
Bu davrda Qarshi viloyat mavqeidagi shahar sanalgan va unda Amir Temurning 
amakisi Hoji Barlos hokim edi. Tug‘luq Temurxon 1360 yili Movarounnahrni 
egallaganda, Hoji Barlos Xurosonga qochadi. Amir Temur uni kuzatib Jayhun 
(Amudaryo) bo‘yigacha boradi va o‘sha yerda amakisi bilan vidolashib Tug‘luq 
Temurxon huzuriga qaytadi. «(Uning) humoyun tashrifini turli e’zoz-ikromlar ila 
3
Bahr al-kalom ta’liyf Maymun bin Muhammad an-Nasafiy ash-shahiyr bi-Abul Mu’iyn an-Nasafiy, 
Damashq, Dor al-Farfur, 1997


10 
ulug‘ tutdilar, hamda (Tug‘luq Temur)xonga tobe’lik izhor qilganligi uchun 
maqtovlar bilan olqishladilar. Amir Qorachorning tumanini va Kesh viloyatining 
elatlarini, tobe’ va yondosh yerlar bilan birga (jumladan Qarshi shahri ham), unga 
tegishli etildi» (2, 96 b varaq).
XIV asrning ikkinchi yarmida, aniqrog‘i Amir Temurning Movarounnahrni 
mo‘g‘ullar istilosidan ozod qilish uchun kurash yillarida ham Qarshi shahri muhim 
siyosiy va harbiy ahamiyatga molik bo‘lgan. Zero, Amir Temur 766(1364-1365) yil 
qish faslida shu yerda to‘xtab, shaharning qo‘rg‘onini tiklashga buyuradi. 
Sharafiddin Ali Yazdiy mazkur qurilish haqida shunday yozadi: «Qish faslida Hazrat 
(Sohibqiron) o‘sha yerda to‘xtamoqni ixtiyor etdi va Qarshi hisorini tiklamoqqa 
farmon berdi. Kundan-kun ortib borayotgan davlat ulug‘vorligi tufayli o‘sha 
qishning o‘zidayoq (bu qurilish) nihoyasiga yetdi» (2, 114 a varaq). Bu qo‘rg‘on 
haqida Sharofiddin Ali Yazdiy «Zafarnoma»sida 767(1365-1366) yili Sohibqiron 
katta harbiy mahorat bilan Amir Husayn qo‘shinlari ustidan g‘olib kelib, Qarshi 
shahrini egallagani voqealari bayonida ham ba’zi tafsilotlar berilgan. Qo‘yida ushbu 
yurish tarixini bir muncha qisqartirib bayon qildik (2,118b-121b varaqlar; 6,135-146 
betlar): «Sohibqironning Qarshi tomon yurishi haqida so‘z». Hazrat Sohibqiron 
saodat va iqbol ila otlanib, Mubashshir bilan Abdullohni o‘ziga mulozim qilib oldi 
va ko‘zni olguvchi yashindek Qarshiga ot surdi. (Yetib kelgach), qal’a xandaqi (7) 
oldiga tushdi, xandaqda suv ko‘p edi. .Otlarni Mubashshirga topshirib, o‘zi esa, 
xandaq ustiga qurilgan va undan qal’aga suv oqib kiradigan tarnovning novidan tizza 
bo‘yi keladigan suvga kirdi va kichkina suvda xuddi dengiz kabi borib, xokrezga(8) 
ko‘tarildi. Abdulloh ham tezda orqadan yetib borib, olam yagonasining ikkinchisi 
bo‘ldi. Ular (qo‘rg‘onning) Xuzor tomondagi darvozasigacha yetib bordilar. 
Baxtiyor Sohibqiron qo‘lini eshikka tegizdi va uning orqasiga tuproq uyganliklari 
ma’lum bo‘ldi. U yerdan qaytib ehtiyot yuzasidan boruni(9) tekshirib chiqdi, devori 
pastroq joyni aniqladi va Abdullohga narvon qo‘yadigan joy shu yerda bo‘ladi, deb 


11 
ko‘rsatib qo‘ydi. So‘ngra o‘sha o‘zi kirgan novdan qaytib chiqdi va tezliqda lashkar 
qoshig‘a oshiqdi. Ular bilan birga, o‘sha tunning o‘zidayoq yana Qarshiga ot surdi. 
(Yetib kelib), qirq uch kishini otlarni qo‘riqlab turishga tayinladi. Yuzta sipohni 
Burdolig‘dan o‘zlari olib kelgan narvon bilan o‘zi yurib o‘tgan yo‘ldan qo‘rg‘onga 
jo‘natdi va qolgan yuzta sipoh bilan davlatning g‘alaba darvozasi oldida kutib turdi. 
Aniq qarorli ra’yga ko‘ra qo‘rg‘on xokreziga chiqib olgan botirlar, (Sohibqiron 
ilgariroq) Abdullohga ko‘rsatgan joyga narvonlarni qo‘yib, boru ustiga ko‘tarildilar 
va qilichlarni yalang‘ochlab darvoza tomon yugurdilar. U yerga yetib kelganlarida, 
soqchilarni ma’shuqaning ko‘zidek mast va oshiqning dilidek xarob ahvolda 
topdilar. Ulardan tig‘ni darig‘ tutmadilar va birortasini tirik qoldirmadilar. Darvesh-
bukka darvoza qulfini bolta bilan sindirdi va (shu payt) hazrat Sohibqiron farmoni 
bilan burg‘u( 10) chaldilar
4
.
O‘sha ondayoq sipoh bilan qal’aga yopirilib kirdilar va olomon baqiriq-
chaqiriqlar qilib ul qo‘rg‘onni larzaga keltirdilar. Qarshi aholisi karnay-surnay 
(ovozi)dan ko‘zidan uyqu o‘chib, boshini hayrat tutuni qopladi va o‘lkani zabt 
aylaguvchi Sohibqironning tadbir o‘qi zafar nishoniga tegdi. G‘olib lashkar qal’ani 
egallash bilan mashg‘ul bo‘lib, amir Musoning xotini, farzandi va qo‘l ostidagilarini 
qo‘lga oldilar; erkaklarni choh va zindonga qamadilar. Hazrat Sohibqiron amir 
Musoning o‘g‘li yoshi kichik Muhammadbek uchun, keyinroq u bilan qarindoshlik 
barpo bo‘lishi sharofati tufayli, sezdirmay qochishga imkon yaratsinlar, deb buyurdi 
va otasi oldiga yetib borsa, uning lashkari qo‘rquv-vahimadan to‘zib ketadi, dedi.
Muhammadbek o‘sha tundayoq otasining oldiga yetib bordi, biroq ular bu 
xabardan o‘zlarini yengilgan hisoblamadilar va tarqab ketmadilar, Amir Muso tezda 
Malik bahodir qoshiga kishi yuborib, uni voqeadan xabardor etdi. Ular birlashib 
lashkar to‘pladilar va birgalikda yo‘lga chiqib, kun yarmiga yetganda o‘n ikki ming 
4
Ulrix Rudolf. Al-Moturidiy va Samarqand sunniylik ilohiyati, Toshkent, 2001, 47-bet 


12 
otliq bilan (Qarshi) qo‘rg‘onini o‘rab olgan edilar. Umoqi toyjivut bo‘lgan amir 
Muso shahar darvozasi qarshisiga kelib turdi. Malik esa qaravunos lashkari bilan 
Xuzor tomondagi darvoza qarshisiga qo‘ndi. 

Download 257.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling