Temuriylar davri tarixiy geografiyasining zamonaviy tadqiqotlarda yoritilishi


Mustaqillik davri tadqiqotlarida Amir Temur davri manbaalarida tarixiy


Download 257.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana22.06.2023
Hajmi257.78 Kb.
#1649708
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Temuriylar davri tarixiy geografiyasining zamonaviy tadbqiqotlarda

1.2.Mustaqillik davri tadqiqotlarida Amir Temur davri manbaalarida tarixiy 
geografik ma’lumotlar. 
Hazrat Sohibqiron shahar darvozasi muhofazasiga shaxsan o‘zi boshchilik qildi 
va amir Sori-Bug‘o uning mulozimligida edi; amir Dovud, amir Muayyad, amir 
Sayfiddinlarni Xuzor darvozasini egallashga buyurdi; Suyurg‘atmish-o‘g‘lon, amir 
Abbos, Husayn bahodir, Oqbo‘g‘o va boshqa amirlarni boru va burjlarda(II) 
qoldirdi. Amir Muayyad arlot o‘ttiz kishi bilan darvozadan chiqib, ul intiqom 
olguvchi sipoh ustiga tashlandi va o‘t yog‘diruvchi obdor qilich bilan mardliklar 
namoyish etib, Rustam va Isfandiyor ishlari dostonini zamon ko‘zi o‘ngida xor-zor 
qildi; ularning oltita otini (o‘lja) tarzida qo‘rg‘onga olib qaytdi.
Shu payt Duvarraka bahodir davlat misoli dushmanlardan yuz o‘girdi va qal’aga 
kirib saodatli mulozimlar qatoridan o‘rin oldi. Hazrat Sohibqiron o‘sha kunning 
o‘zidayoq tashqariga chiqmoqchi, hamda baxtiyor bilagining kuchi va zafar 
keltiruvchi qilich zarbi bilan dushmanlarga kunduz kuni yulduzlarni ko‘rsatmoqchi 
bo‘ldi. Amir Sayfiddinning ilmi nujum va fol ochish sirlaridan xabari bor edi. U 
bugun sabr qilmoq yaxshiroq ekanligini va ertaga choshgohda juda ham saodatli soat 
bo‘lishini arzag‘a yetkazdi. (Sohibqiron) ul so‘zni maqbul deb topdi va tashqariga 
chiqmoq niyati qoldirildi. Dushman tomondan Tezzakchi bahodir ikki yuz kishi 
bilan eshik va qalqonlarni ko‘tarib darvozalar yaqiniga keldilar va ehtiyot yuzasidan 
tuni bilan o‘sha yerda bo‘ldilar.
Tong o‘z bayrog‘ini ufq pistirmasidan ko‘targan chog‘ida Elchi-Bug‘o bahodir 
va Oqtemur bahodir darvoza ko‘prigini(12) tushirdilar va ellik kishi bilan qal’adan 
chiqib to‘satdan yov ustiga yopirildilar; ular kallani uchiruvchi tig‘ va jonni 
sug‘iruvchi hanjar bilan jang maydonini qonga beladilar.


13 
Hazrat Sohibqironning farmoni bilan Alishoh va Darveshak-burg‘uchi 
yigirmata otliqni olib piyodalarga yordam bermoq uchun ot solib qo‘rg‘ondan 
chiqdilar. Ular intiqom olovini alanga oldirdilar va aniq g‘alaba bayrog‘ini tikdilar. 
Muxoliflardan bo‘lmish Tag‘o-bahodir qilich yalang‘ochlab hamla qildi. Oqtemur 
bahodir uning yo‘lini to‘sib, bir zarba bilan qulatdi. Amir Muso sipohida bir o‘zbek 
yigiti bor edi, dong‘i ketgan dovyurak botir, dumog‘ida pahlavonlik tasavvuri, 
kallasida yoshlik g‘ururi. U zarbasidan Alburz tog‘i(13) titraydigan bir gurzini 
ko‘tarib jangga kirdi. Qozon-Bug‘o g‘ayrati jo‘shib, borib uning ikkala qo‘lini 
chunon (mahkam) ushladiki, oyog‘ini joyidan qo‘zg‘atolmadi va (shu payt) boshqa 
bir kishi yetib kelib uni qilich bilan chopib halok qildi.
Amir Sori-Bug‘o va Elchi bahodir qasos kamonini zihga kiritib, darvoza ustidan 
turib o‘q yog‘dira boshladilar. Bahodirlarning qo‘rg‘on tepasidan, turib otgan o‘qlari 
dushmanlar ahvolini zabun qilganligi sababli, muxoliflar joni paykon(14) o‘ygan 
teshikdan tashqariga otilib, yuqori olamdagi manzil sari intilardi.
Dushman sipohi qo‘rqqanidan to‘rolarni tashlab, kapanaklarni(15) boshlariga 
to‘nkarib qochdilar va har ehtimolga qarshi (oldindan) qazib qo‘ygan xandaqlariga 
bekindilar. G‘olib lashkar ularni u yerdan ham haydab, chodirlaridan nariga 
o‘tkazdilar, shahar ko‘chalarida (izg‘itib) quvdilar
5
.
Dushman sipohidan yana yuz kishi To‘kal (boshchiligida) boshqa tarafdan 
hujum qilib qoldi va muxolif piyodalari chaqqon qo‘llari bilan o‘q yog‘dirib, zafarli 
lashkarni qaytardilar. Saodatli Sohibqiron o‘n beshta otliq bilan qo‘rg‘ondan ot 
choptirib chiqdi va osmon qo‘rquvdan titroqqa tushdi; davlatining ulug‘vorligi 
bahodirlarga toza quvvat va yangi kuch-g‘ayrat baxsh etdi. Elchi-Bo‘g‘o va Bahrom 
tavakkal qilib To‘kalga yuzlandilar. U devorning bir chetida bekinib o‘tirgan edi. 
Elchi-Bo‘g‘o devor ustidan unga qilich serpadi, u bo‘lsa kallasini engashtirib qochib 
5
U. Uvatov, Abul Mu’iyn an-Nasafiy va uning asarlari. Imom al-Buxoriy saboqlari jurnali, 2001 yil, 3-
son, 218-bet 


14 
qoldi. Shu payt g‘olib lashkar botirlaridan bir xurosonlik bilmasdan qilich soldi va 
uning qilichi kasridan Bahrom hayotining kuni shomga yetib, halok bo‘ldi.
Nihoyat, yetti ming otliq bilan ketma-ket hamla qilib, shamolidan jang maydoni 
olovini yoqqan Amir Muso obro‘si, to‘kilib, sharmandalik tuprog‘ini o‘z hayotining 
(boshi) farqiga eladi va (Sohibqironning) kun sayin ortib borayotgan davlati sharafi 
tufayli, ozgina kishidan iborat osmonday g‘olib askarlardan orqa o‘girib qochdi, 
(lashkari) har tomonga tarqab ketdi. Lekin Malik bahodir besh ming sipohdan iborat 
qaravunos lashkari bilan hanuzgacha Xuzor darvozasi tomonda turardi. 
Jahongirlikni tasdiqlovchi hazrat Sohibqiron oltmish kishi bilan shijoat yuzini ular 
tomon burdi. Ul Hazratning intiqom olmoq uchun kelayotganini ko‘rgan Malik 
joyida turmoqqa toqati dosh berolmay, ojizlik qo‘li bilan qochish etagini tutdi, qilich 
sug‘urish o‘rniga qalqonni (ham) uloktirib jo‘nab qoldi va Gunbadi-Lavliyda 
joylashgan o‘z qayto‘liga(16) ot surdi. Hazrat Sohibqiron davlat jilovini ul tomon 
burdi va g‘azablangan sher misoli uning iziga .tushdi. Ular Hazrat (Sohibqiron)ning 
sipohini uzoqdan ko‘rishi bilanoq, u yerda ham turolmadilar va tarqalib-chochilib, 
qochmoqqa yuz tutdilar
6
.
Ollohning cheksiz inoyati va poyonsiz marhamati erurki, bir kishini o‘z lutfi ila 
sarafroz aylab, unga shu qadar quvvat va shijoat hadya etadiki, u (kishi) ikki yuz 
qirq uch sipoh bilan, majburiy emas, balki o‘z ixtiyoricha, o‘n ikki ming qonxo‘r va 
qasoskor dushman otliqlariga qarshi chikib jang qilmoqchi bo‘ladi; yetib kelgach, 
ikki kecha-kunduz ichida ulardan qo‘rg‘onni tortib oladi, ahli ayolini asir qiladi, 
mol-mulkini talon-taroj qildiradi; barchasini o‘q yog‘diruvchi obdor shamshir kuchi 
bilan tarqatib, to‘zitib yuboradi; o‘zi esa ot solib ularni ta’qib qiladi, bahodirlarini 
qulatadi va asir oladi. Bu voqeiy hikoyadir.. Uning to‘g‘riligi qayta-qayta 
6
Bahr al-kalom ta’liyf Maymun bin Muhammad an-Nasafiy ash-shahiyr bi-Abul Mu’iyn an-Nasafiy, 
Damashq, Dor al-Farfur, 1997


15 
tekshirilgan va tahrir majlisida(17) ul ahvolni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan ba’zi 
kishilar hech qanday tilyog‘lamachilik kilmasdan tasdiqlamoqdalar...
Shunday qilib, qutli folga ega iqbol kuchidan, dushmanlarning jabr-zulm va 
kibru havo cho‘qqisiga ko‘targan shavkat va qudrat bayrog‘i qulab tushdi. 
G‘animlarning ko‘maklashuvchilar va tarafdorlar ko‘pligiga orqa qilib tasavvur va 
faraz lavhiga chizib olgan g‘urur va iftixor naqshlari olov yog‘diruvchi qilichning 
suvidan butunlay yuvilib ketdi. Muxolif lashkar yoppasiga orqa o‘girib jo‘nab qoldi: 
amir va navkar, sardor va lashkar (barchasi) noilojlik yuzini qochish tomonga 
burdi...
Hazrat Sohibqiron o‘sha qish(18) saodat va salomatliqda Qarshi (shahri)ni 
qo‘nimgoh va yashash joyi qildi, hamda o‘z marhamati va ehsoni soyasini ul diyor 
aholisi va yashovchilari ahvoli uzra soldi. Raiyatga yupanch berib, zudlikda 
viloyatning imorati va ziroatini yaxshilashga buyurdi", (6,131-146 betlar).
Temuriylar davri yozma manbalaridan Hofizi Abruning "Geografiya" asarida 
ham Naxshab va Qarshi shaharlari tavsifi berilgan: "Naxshab, uni Nasaf ham 
deydilar, hozir Qarshi nomi bilan mashhur. Bu qadimiy shahar tekislikda joylashgan. 
U yerdan toqqacha Kesh tomondan ikki marhala keladi; boshqa tomondan to 
Jayhungacha cho‘ldan iborat. Ul nohiyatning suvi Kesh suvining davomidir va u 
suvdan shaharning o‘rtasidan bir ariq oqadi. Naxshabning barcha qishloqlari ana shu 
suvdan foydalanadi; ekin ham ekiladi. Naxshab viloyatida bundan boshqa daryo 
yo‘q, bu ham goh oqadi, gohida qurib qoladi. Ayrim bog‘larni quduqlar (suvi)dan 
sug‘orishadi. Ularning tegirmonlarida hayvon kuchi yordamida un qiladilar. Meva-
cheva va noz-ne’mat ul navohiyda farovon va arzon.
Kichik qo‘rg‘oni bor. Jome’ masjid qo‘rg‘onning ichida; podshoh Kebek 
(Kepek)ning qabri o‘sha yerda. Ularning imoratlari loydan qurilgan, faqat jome’ 
masjid va sultonlarning qabrlari pishiq g‘ishtdan va koshiy qilingan" (3,1706 varaq).


16 
Hofizi Abru ma’lumotlarini arab manbalari bilan qiyoslaganimizda, ularning 
dastlabki katta qismi X asr mualliflari al-Istaxriy va Ibn Havqalning "Al-masolik va-
l-mamolik" asaridan olinganligi va u Naxshabga tegishli ekanligi aniq bo‘ldi. Faqat, 
keyingi lo‘nda ma’lumotgina Qarshi shahriga oid.
XIV asrning oxirgi o‘n yilliklarida, aniqrog‘i 1388 yilning qishida Qarshi shahri 
To‘xtamishxon qo‘shinlari tomonidan chopqin qilinganligi ham ma’lum. Gap 
shundaki, Sohibqiron besh yillik yurish chog‘i Eronzaminda bo‘lib, 789/1387 yili 
Fors o‘lkasini zabt etib turganida, Oltin O‘rda xoni To‘xtamishxon, Mo‘g‘uliston va 
Xorazm kuchlari bilan birgalikda, Movarounnahrga bostirib kirdi.
«Ko‘p urush-taloshlar bo‘ldi... muxoliflar Movarounnahr viloyatining (turli 
joylarini) xarob qila boshladilar... Zanjirsaroyga o‘t qo‘ydilar... Qarshi va Xuzor 
orqali o‘tib to Ko‘hitan va Omo‘ya suvi bo‘ylarigacha bo‘lgan joylarga chopqin 
yasadilar»,-deb yozadi Sharafiddin Ali Yazdiy (2, 193a-1946 varaqlar). Amir Temur 
yurishdan zudliqda qaytishga majbur bo‘ladi va buni eshitgan g‘animlar tumtaraqay 
qochib qoladilar.
Qarshi shahri va mavzei XV asr tarixiy voqealarida ham tilga olingan. Masalan, 
Hofizi Abruning «Zubdat at-tavorih» va Abdurazzoq Samarqandiyning «Matlai 
sa’dayn va majmai bahrayn» asarlarida, Amir Temur vafotidan so‘ng, ya’ni 
808(1405) yili temuriyzodalar Pirmuhammad ibn Jahongir va Xalil Sulton ibn 
Mironshoh o‘rtasida toj-taxt uchun muhoraba Nasaf (ya’ni Qarshi) mavzeida yuz 
berganligi aytiladi. Pirmuhammad Balxga yetib kelgach, u yerda kengash tuzadi. 
Unda Pirmuhammad tarafdorlari: «Mirzo Pirmuhammad hazrat Sohibqironning 
valiahdidir; taxt unga tegishli, chunki u og‘a, mirzo Xalil esa inidir»,-dedilar. 
(Pirmuhammad) mirzo Xalil Sultonga elchi yo‘llab: - "Hazrat Sohibqiron taxtu 
mamlakat Xalil Sultonga qoladi, deb qachon vasiyat qilgan?"- degan mazmunda xat-
xabar yubordi. Mirzo Xalil Sulton esa: "Amir (Temur sohibqiron) hazratlariga taxtu 
mamlakatni bergan u qodir (egam) menga ham inoyat qildi ,-deb javob yubordi" (19, 


17 
86-87-betlar). Muzokaralar jang qilmoqqa borib taqalgan edi. Pirmuhammad 
Balxdan, Xalil Sulton esa Samarqanddan yo‘lga otlanib, "Nasaf atrofida ikki 
shersifat jangovar sipoh yuzma-yuz uchrashib jangga kirishdi",-deb yozadi 
Abdurazzoq Samarqandiy (19, 87 bet). Bu jangda Mirzo Ulug‘bek ham qatnashgan. 
Biroq g‘alaba Xalil Sultonga boqdi va Pirmuhammad o‘z tarafdorlari bilan Balxga 
qaytishga majbur bo‘ldi.
Qarshi shahrining Amir Temur tomonidan egallanishi hamda Pirmuhammad 
bilan Xalil Sulton muhorabasi voqealari arab tarixchisi Ibn Arabshohning (1389-
1450 yillar) "Ajoyib al-maqdur" asarida ham qisqa bayon qilingan (20,1, 75-78 
betlar). Temuriylar davri yozma manbalarida qayd etilgan ma’lumotlar tahlilidan 
xulosa qilib aytish mumkinki, mo‘g‘ullar davrida Naxshabning asosiy qo‘rg‘oni 
buzdirilgan bo‘lsa-da, biroq u XIV asr boshlarida ham bir muncha obod kichik 
shahar mavqeini saqlab turgan. Ayni paytda, qo‘rg‘on va siyosiy-ma’muriy markaz 
Qarshi shahriga ko‘chgan. Amir Temur hukmdorligida Qarshi shahrining qo‘rg‘oni 
qayta qurildi, mustahkamlandi, shahar va uning atroflari ancha obod bo‘ldi. 
“Temur tuzuklari”, ‘Tuzukoti Temuriy’, ‘Malfuzoti Temuriy’ yoki ‘Voqeoti 
Temuriy’ nomlari bilan atalgan asar Amir Temurning yetti yoshligidan boshlab 
hayot yo‘li haqida hikoya qiladi. 
“Temur tuzuklari” muhim tarixiy manba bo‘lib, unda Amir Temur davlatining 
tuzilishi va boshqarish xususiyatlari bayon etilgan. Asar dastlab turkiy-o‘zbek tilida 
bitilgan. Uning bir qo‘lyozmasi Yaman mamlakati oliy hukmdori Ja’far podshoh 
kutubxonasida saqlangan. “Temur tuzuklari”ning fors tiliga tarjimoni Mir Abu Tolib 
Husayniy at-Turbatiy tarjima muqaddimasida, Arabistonning muqaddas joylarini 
haj qilib qaytishda, Yamanda bo‘lgan chog‘ida Ja’far podshoh kutubxonasida turkiy 
tildagi mazkur asarni topgani va u Amir Temurning hayot yo‘li haqidagi o‘zi yozgan 
ekanligini ta’kidlaydi. Mir Abu Tolib Arabistondan qaytib kelgandan keyin, asarni 


18 
fors tiliga tarjima qilgan. Lekin Arabistondan olib kelingan asliyatdan yoki 
Hindistonda bo‘lgan biron qo‘lyozma nusxadan o‘girilgani aytilmagan. 
Mir Abu Tolib 1637 yilda “Temur tuzuklari” asari forscha tarjimasini buyuk 
boburiylardan Shohijahonga tortiq qiladi. Keyin bu tarjima Muhammad Afzal 
Buxoriy (vaf. 1652 y.) tomonidan jiddiy tahrir qilingan. 
“Temur tuzuklari” ikki maqoladan iborat: 
Birinchi maqola Amir Temurning davlatni barpo etish va mustahkamlash, 
qo‘shinni tashkil etish yuzasidan tuzuklari, rejalaridan tarkib topgan. 
Ikkinchi maqolada 13 kengash va uning qismlarida Amir Temurning hokimiyat 
tepasiga kelishi va harbiy yurishlari tafsilotlari beriladi. 
“Temur tuzuklari” XV-XVI asrlarda nafaqat hukmdorlar va ma’lumotli kishilar 
orasida, balki jahon ilm ahli o‘rtasida shuhrat topti. Asarning ko‘lyozma shaklida 
ham, toshbosma shaklida ham, shuningdek jahonning ko‘p tillariga qilingan tarjima 
shaklida ham (inglizcha, fransuzcha, urdu, rus va o‘zbek tillarida) nashr etilishi 
so‘zimizga isbot dalildir. 
Ikki fozil shaxslar Mir Abu Tolib va Muhammad Afzal Buxoriy xizmatlari 
tufayli “Temur tuzuklari” fors tilida bizgacha yetib kelgan. Bu tarjimaning mo‘tabar 
qo‘lyozmalari Rossiya, Hindiston, Eron, Turkiya, Misr, Angliya, Fransiya va boshqa 
mamlakatlar xazinalarida mavjud
7
.
“Temur tuzuklari”ning forsiy matni 1783, 1785, 1890 va 1963 yillari ovrupo 
va sharq tillaridagi tarjimalari bilan birga nashr etilgan. 
“Temur tuzuklari”ni to‘liq 1857 yili Xivada Muhammad Yusuf Rojiy 
tomonidan va 1858 yili Pahlavon Niyoz devon tarafidan turkiy-o‘zbek tiliga tarjima 
qilingan. Ularning birinchisi ‘Tuzuki Temuriy’, ikkinchisi ‘Malfuzot’ nomi bilan 
7
Bahr al-kalom ta’liyf Maymun bin Muhammad an-Nasafiy ash-shahiyr bi-Abul Mu’iyn an-Nasafiy, 
Damashq, Dor al-Farfur, 1997


19 
ma’lum. Yana bir tarjima Xo‘jand qozisi Nabijon mahdum tarafidan, Qo‘qon xoni 
Muhammad Alixon (1821-1858 yy.)ning topshirig‘iga binoan amalga oshirilgan. 
“Temur tuzuklari” asarini Alixon To‘ra Sog‘uniy 1967 yili Mir Abu Tolib 
tarjimasini o‘zbekchaga tarjima qilgan edi. 1990 yili Alixon To‘ra tarjimasini 
“Temur tuzuklari”ni Bombay nashri matni asosida Habibullo Karamatov yana bir 
tarjimani amalga oshirib, nashr ettirdi. 

Download 257.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling