Temuriylar davri tarixiy geografiyasining zamonaviy tadqiqotlarda yoritilishi


Temuriylar davri tarixiy geografiyasining O.Bo’riyev tomonidan


Download 257.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana22.06.2023
Hajmi257.78 Kb.
#1649708
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Temuriylar davri tarixiy geografiyasining zamonaviy tadbqiqotlarda

2.2. Temuriylar davri tarixiy geografiyasining O.Bo’riyev tomonidan 
o’rganilishi 
“Muntaxab ut-tavorix” umumiy tarix tipida yozilgan asar bo‘lib, olamning 
yaratilishidan to Amir Temur vafotigacha, 1405 yil 18 fevralgacha musulmon 
mamlakatlarida yuz bergan voqealar haqida baxs yuritadi. asar muqaddima va uch 
bobdan iborat. Muqaddima diniy mazmunda bo‘lib, unda olamning yaratilishi, 
Odam Ato va uning farzandlari, Nuh payg‘ambar va uning avlodi haqida umumiy 
gap boradi. Birinchi bobda qadimiy Eron va Yunoniston podshohlari, Rim va 
Vizantiya imperatorlari, Rim papalari, qadimiy arab hamda Efiopiya 
podshohlarining qisqacha tarixi bayon etilgan. Ikkinchi bobda Muhammad 
payg‘ambar va uning avlodi, xalifayi Roshidin, Umaviya va Abbosiya xalifalari, 
Arabiston hamda Misrda podshohlik qilgan Ali va Fotima avlodi, shuningdek, 
Abbosiylar bilan zamondosh bo‘lgan Eron va Movarounnahr hukmdorlari tarixi 
9
U. Uvatov, Abul Mu’iyn an-Nasafiy va uning asarlari. Imom al-Buxoriy saboqlari jurnali, 2001 yil, 3-
son, 218-bet 


26 
talqin etilgan. Asarning noyob va qimmatli qismi uning uchinchi bobi hisoblanadi. 
U turk-mo‘g‘ul qabilalari va ularning kelib chiqishi, Chingizxon va uning avlodi, 
Shimoliy Xitoyda ukmronlik qilgan mo‘g‘ul xonlari, Chig‘atoy ulusi hukmdorlari, 
Elxoniylar, Jaloiriylar, Cho‘poniylar, Muzaffariylar, Oq O‘rda xonlari, 1346-1370 
yillar orasida Movarounnahrda hukmronlik qilgan amirlartarixini o‘z ichiga oladi. 
Asarning uchinchi qismini yozishda muallif Tabariy, Juvayniy, Rashiduddin hamda 
turkiy tilda yozilgan ‘Tarixi xoniy’ kabi asarlardan keng foydalangan. “Muntaxab 
ut-tavorixi Mu’iniy” asarining matni 1957 yili Eronda Jak Oben tarafidan chop 
etilgan. Uning ko‘lyozma nusxalari Sankt-Peterburg, Angliya, Fransiya va Eron 
kutubxonalarida mavjud. Bu asar to‘g‘risida va undagi ayrim lavhalar G‘.Karimov 
tomonidan ‘Amir Temur va Ulug‘bek zamondoshlari xotirasida’(T.: 1996) va 
‘Temuriylar bunyodkorligi davr manbalari’(T.: 1997) nomli to‘plamlarda chop 
etgan.
“Zafarnomayi Temuriy”, ‘Fathnomayi sohibqironiy’, ‘Tarixi jahonkushoyi 
Temuriy’ yoki “Zafarnoma” nomi bilan mashhur bo‘lgan asarni o‘z davrining yirik 
tarixchisi Sharafuddin Ali Yazdiydir. U asli Eronning Yazd viloyatidagi Taft 
qishlog‘idan bo‘lib, turli fan sohalarini egallangan edi. Shuning uchun ham Alisher 
Navoiy uni ‘Sharaf davla va din’, ya’ni din va davlat sharafi deb ta’riflagan. 
Sharafuddin Ali Yazdiy Fors viloyatining hokimi Temuriy Ibrohim Sulton 
(1415-1435 yy.) saroyida xizmat qilgan. U ilm-fan homiysi bo‘lmish mazkur 
shahzodaniina emas, balki Shohruhning ham zo‘r hurmat-e’tiborini qozongan edi. 
Sharafuddin Ali Yazdiy 1442 yili Shohruhning nabirasi va Sultoniya, Qazvin, 
Ray hamda Qum hokimi Sulton Muhammad (1442-1446 yy.)ning taklifi bilan 
Qumga keldi va shahzodaning xizmatiga kirdi. Sulton Muhammad 1446 yili 
Shohruhning og‘ir kasalligidan foydalanib, isyon ko‘tardi, Hamadon hamda 
Isfahonni bosib oldi, SHerozni qamal qildi. Shohruh unga qarshi qo‘shin tortti. 
Culton Muhammad Shohruh bilan ochiq jang qilishdan qo‘rqib toqqa qochdi1. 


27 
Shohruh Sulton Muhammad bilan yaqin bo‘lgan kishilarni, shuningdek, mahalliy 
sayyidlardan birmunchasini isyonda ishtirok etishda ayblab hibsga oldi va ko‘plarini 
o‘limga mahkum qildi. O‘shanda hibsga olinganlar orasida Sharafuddin Ali Yazdiy 
ham bor edi. Faqat Mirzo Abdullatifning (Ulug‘bekning to‘ng‘ich o‘g‘li) aralashuvi 
bilan Sharafuddin Ali Yazdiy jazodan qutulib qoldi. Shahzoda uni Samarqandga, 
otasi huzuriga jo‘yeatib yubordi. Sharafuddin Ali Yazdiy Samarqandda bir yil 
chamasi istiqomat qildi va fikrimizcha, Ulug‘bekning ilmiy izlanishlarida ishtirok 
etgan bo‘lishi kerak. Shohruh vafotidan (1447 y.) keyin 1449 yilda Sharafuddin Ali 
Yazdiy Xurosonga qaytdi va Sulton Muhammadning ruxsati bilan yana o‘z vatani 
Taftga qaytib bordi va umrining oxirgi qismini uzlatda kechirdi. Sharafuddin Ali 
Yazdiy 1454 yili vafot etdi. 
“Zafarnoma” asosan Nizomuddin Shomiyning shunday nomli asari asosida 
zo‘r badiiy mahorat bilan yozilgan. Lekin Sharafuddin Ali Yazdiy Nizomuddin 
Shomiy asarida bayon etilgan voqealarning ba’zilariga yangi tarixiy manbalar 
asosida aniqliklar kiritdi, uni yangi isbot va dalillar bilan boyitdi. Amir Temurning 
shaxsiyati va uning faoliyatidagi qarama-qarshiliklar, ya’ni bir tomondan qattiqqo‘l 
ekanligi, ikkinchi tomonlan esa Movarounnahrdagi tarqoqlikka barham berib, 
markazlashgan davlatga asos solganligi birmuncha to‘g‘ri va haqqoniy yoritilgan.
Sharafuddin Ali Yazdiy asarining zo‘r qimmati shundaki, unda Mo‘g‘ul 
imperiyasining tarkibida tashkil topgan Oltin O‘rda, Elxoniylar davlati, Chig‘atoy 
ulusi, shuningdek Movarounnahrning Chingizxon zamonidan to Temur davlatining 
paydo bo‘lishigacha bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy tarixi qisqa tarzda yoritib yuyerilgan. 
Asarning bu qismi ‘Tarixi jahongir’, yoki ‘Muqaddimayi Zafarnoma’ nomi bilan 
ataladi va 1419 yili yozib tamomlangan.
“Zafarnoma” asarining asosiy qismi, muallifning dastlabki redalariga ko‘ra, 
uch qism maqoladan iborat bo‘lmog‘i, birinchi qismda Amir Temur tarixi, ikkinchi 
qismda Shohruh Mirzo va nihoyat, uchinchi qismda ushbu asar yozishning 


28 
tashabbuskori Ibrohim Sultonning davrida o‘tgan voqealar bayon etilishi 
mo‘ljallangan edi. Lekin, biz hozir asarning birinchi qismigagina egamix, xalos. 
Uning ikkinchi va uchinchi qismlari saqlanmagan. Ehtimol, ikkinchi va uchinchi 
qismlari yozilmay qolgan bo‘lsa kerak. “Zafarnoma” asarining asosiy qismi 1425 
yili yozib tamomlangan. 
Asarning qo‘lyozma nusxalari ko‘p, xorijiy mamlakat kutubxonalari, xususan 
Toshkentda O‘zR FA Sharqshunoslik institutida uning yigirma to‘rt nusxasi bo‘lib, 
ularning ikkitasiga (Inv. № 3440 va № 4472) XV va XVII asrlarda rasmlar 
ishlangan. “Zafarnoma” asari matni Hindiston (1885-1888 yy.), Eron (1957 y.) va 
1972 yili A.O‘.O‘rinboyev tomonidan Toshkentda chop qilingan. Asar ikki marta 
o‘zbek tiliga, ingliz, fransuz va turk tillariga tarjima qilingan. Undan ayrim parchalar 
ingliz hamda rus tillarida bosilgan. 
“Zafarnoma” asarining muqaddimasi terma tarjimasi va 10 yilgi Movarounnahr 
voqealari bayoni O.Bo‘riyev tomonidan tarjima qilinib, 1996 yili nashr qilindi. 
Kitob O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixini o‘rganishdagi ilmiy 
ahamiyati juda katta. Keyincha yaratilgan tarixiy asarlarga bu kitobning ta’siri 
yaqqol seziladi
10

‘Ulusi arba’yi Chingiziy’ (‘Chingiziylar to‘rt ulusi’ (tarixi) yoki ‘Tarixi arba’ 
ulus’ (‘To‘rt ulus tarixi’) nomli asar asosiy mualliflaridan biri, uning yaratilish 
tashabbuskori XU asrda o‘tgan buyuk olim, yirik davlat arbobi, Shohruh Mirzoning 
o‘g‘li Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bekdir. U 1394 yil 22 martida Amir 
Temurning Iroq va Ozarbayjonga qilgan navbatdagi besh yillik harbiy yurishi 
vaqtida Sultoniya shahrida, Eron Ozarbayjonida tug‘ilgan. Amir Temur saroyida 
hukm surgan an’anaga ko‘ra, shahzoda sohibqironning katta xotini Saroymulk 
xonim, Bibi xonimning tarbiyasiga topshiriladi. Oradan bir yil chamasi vaqt o‘tgach, 
10
Bahr al-kalom ta’liyf Maymun bin Muhammad an-Nasafiy ash-shahiyr bi-Abul Mu’iyn an-Nasafiy, 
Damashq, Dor al-Farfur, 1997 


29 
1395 yili Amir Temur Saroymulk xonim va nabirasini Shohruhga qo‘gib 
Samarqandga jo‘natadi. 
1398 yili Ulug‘bekka mashhur qissaxon, shoir va olim, shayx Orif Ozariy 
(1382-1462 yy.) muallif etib tayinlandi va u dastlabki asosiy ta’limni ana shu ajoyib 
shaxsdan oldi. Shahzoda Amir Temurning bar qator harbiy harakatlarida, 1399-1404 
yillari Turkiya va Suriyaga qarshi o‘tkazilgan yurishda, 1404-1405 yili Xitoyga 
qarshi uyushtirilayotgan yurishda qatnashdi. Amir Temur 1405 yil 18 fevralda vafot 
etgach, Movarounnahr taxtini nabirasi Xalil Sulton zo‘rlik bilan egallab oldi. Bu 
vaqtda Ulug‘bek otasi Shohruh xizmatida bo‘ldi. 1409 yili Xalil Sulton o‘z amirlari 
tomonidan asir olingach, Shohruh Xurosondan Movarunnahrga kelib, Mirzo 
Ulug‘bekni Movarounnahr va Turkiston hokimi etib tayinlandi. U 1449 yil 25 
oktabrigacha bu mamlakatni boshqardi. 
Mirzo Ulug‘bek yirik davlat arbobi, sarkarda edi. Lekin u buyuk olim va ilm-
fan hamda madaniyat homiysi sifatida tengi yo‘q edi. Samarqand uning davrida 
Sharqning yirik ilm-fan va madaniyat markazlaridan biriga aylandi. Mirzo Ulug‘bek 
ikki yirik asar yaratdi. Biri ‘Ziji jadidi ko‘ragoniy’ (‘Ko‘ragoniyning yangi 
astronomik jadvali’) bo‘lib, 1437 yili yaratilgan kitobda ilmi nujumning nazariy va 
amaliy masalalari qamrab olingan, o‘sha davrdagi eng yuksak ilmiy jasorat 
hisoblangan. Olimning ikkinchi asari ‘Ulusi arba’yi Chingiziy’ bo‘lib, unda XIII-
XIV asrlarda Mo‘g‘ul imperiyasi tarkibiga kirgan mamlakatlarning ijtimoiy-siyosiy 
tarixi qisqa tarzda bayon etilgan. Kitob 1425 yildan keyin tugallangan. ‘Tarixi arba’ 
ulus’ muqaddima va to‘rt qismdan iborat.

Download 257.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling