Temuriylar davri tarixiy geografiyasining zamonaviy tadqiqotlarda yoritilishi
Download 257.78 Kb. Pdf ko'rish
|
Temuriylar davri tarixiy geografiyasining zamonaviy tadbqiqotlarda
20 II.BOB.MUSTAQILLIK DAVRI TADQIQOTLARIDAN TEMURIYLAR DAVRI TARXIY GEOGRAFIYASINI O’GANILISHI 2.1. Mustaqillik davrida Tarixi arba ulus ya’ni to’rt ulus tarixining o’rganilishi va tadqiqotlardagi tarixiy geografik ma’lumotlar “Temur tuzuklari”ning manba sifatidagi tarixiy ahamiyati buyuk ekanligi mutaxassislarning unga bo‘lgan katta e’tiboridan bilish mumkin. Asarning sakkizta mo‘tabar qo‘lyozmasi Toshkentda, Sharqshunoslik instituti xazinasida mavjud. “Vaqoyi”- voqealar Zahiriddin Muhammad Boburning jahonga ‘Boburnoma’ nomi bilan mashhur bo‘lgan shoh asarining asl nomidir. Muallif asarda o‘zining o‘n ikki yoshida Farg‘ona viloyati podshohi, deb ko‘tarilgan vaqtidan boshlab, hayotining oxiriga qadar bo‘lib o‘tgan voqealarni yilma-yil bayon qilgan. Dunyoda mavjud asarning barcha qo‘lyozmalarida bir necha yil, xususan 1509-1518, 1521-1524 yil voqealari bayoni tushib qolgan. Bobur Farg‘ona viloyati hokimi Temuriy Umar Shayx Mirzoning (1461-1494 yy.) to‘ng‘ich o‘g‘li, 1483 yilning 14 fevralida Andijon shahrida tug‘ilgan. U 1494 yilning 5 iyunida, hijriy isobda o‘n ikki yoshida halok bo‘lgan otasi o‘rniga Farg‘ona taxtiga o‘tqaziladi. Lekin oradan ko‘p vaqt o‘tmay, mamlakatda avj olgan o‘zaro kurash natijasida mag‘lubiyatga uchrab, Farg‘onani tashlab chiqishga majbur bo‘ladi. Uning 1497-1500 yillari Samarqand taxti uchun olib borgan kurashi ham muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Bobur 1504 yilga qadar Farg‘ona va Samarqand uchun kurashdi, ammo Temuniylar o‘zaro birlasha olmadilar. Natijada, u tajribali Shayboniyxon bilan bo‘lgan janglarda mag‘luyuiyatga uchrab, o‘z yurtini tark etib, omad va baxt izlab Kobulga yo‘l oldi. Kobulni egallagan Bobur o‘z mavqeini asta-sekin mustahkamlab bordi. 1511 yilning kuzida Bobur Ozarbayjon va Eron podshohi Shoh Ismoil Safaviyning (1502-1524 yy.) harbiy yordamiga tayanib, Samarqandni uchinchi bor egallashga muvaffaq bo‘ldi. Ammo uning o‘z xalqi e’tiqodi sunniy mazhabni inkor etib, kishilarga shialar kiyimida ko‘rinishi, aholini undan ixlosini qaytardi. Bu 21 safargi Boburning bobo meros poytaxt Samarqanddagi hukmronligi bir yilga ham yetmadi. 1512 yilning bahorida Ko‘li Malik (Xayrobod bilan Qorako‘l orasida joylashgan mavze’) degan joyda bo‘lib o‘tgan jangda Shayboniylardan Ubaydullaxon, Muhammad Temur Sulton, Jonibek Sulton va boshqalarning birlashgan kuchlari uning qo‘shinlarini tor-mor keltirdi. Bobur Hisori shodmon tomonga chekindi va qariyb ikki yil mobaynida o‘sha viloyatda kun kechirdi va 1514 yili yana Kobulga qaytdi. U 1514-1525 yillar orasida Shimoliy Hindistonga, uni bo‘ysundirish maqsadida besh marta qo‘shin tortadi, lekin faqat so‘nggi yurishi (1525 y.) natijasida boy va ulkan mamlakatni egalladi. Bobur tarixda yangi saltanatga asos soldi. Uning davlati g‘arbda yanglish Buyuk mo‘g‘ullar nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan, aslida esa bu Hindistondagi Temuriylar yoki Boburiylar davlatidir. Bobur 1530 yilning 26 dekabrida Hindistondagi poytaxti Agra shahrida vafot etdi. Ammo uning vasiyatiga ko‘ra, keyincha uning xoki Kobul shahridagi o‘zi asos solib obod qilgan bog‘ga ko‘mildi. Uning qabr toshi keyincha chevarasi Nuriddin Muhammad Jahongir (1605-1627 yy.) tomonidan o‘rnatilgan. Bobur iste’dodli qalam sohibi sifatida ikki devon-she’rlar majmuasi, aruz ilmiga oid risola, islom qonunshunosligi masalalariga bag‘ishlangan ‘Mubayyin’ nomli masnaviysi, Ubaydulla Xoja Ahrorning ‘Volidiya’ risolasining turkiy tarjimasi, musiqa va harbiy ishga oid risolalari muallifi, maxsus yangi alifbo ‘Xatti Boburiy’ ixtirochisi hamda “Vaqoyi” asarining ijodkoridir. Asar mazmunini shartli uch qismga bo‘lish mumkin: 1. Farg‘ona va Movarounnahr voqealari davri (1494-1504 yy.); 2. Kobul va Xuroson voqealari davri (1504-1525 yy.); 3. Hindiston voqealari davri (1525-1530 yy.). 22 Siyosiy voqealar bayonidan tashqari, asar geografik hamda etnografik ma’lumotlarga boy. Undan Farg‘onaning turk-mo‘g‘ul qabilalari, ko‘chmanchi o‘zbeklar qo‘shini tuzilishi, Movarounnahr, Xuroson va Hindiston xalqlarining urf- odatlari, hayvonoti, nabototi, parrandalari va boshqalar to‘g‘risida tafsilotlar ham o‘rin olgan 8 . “Vaqoyi” asari asl matni uch marta, birinchi marta 1857 yili Qozonda N.I.Ilminskiy tomonidan Buxoro qo‘lyozmasi va ikki marta 1905 va 1970 yillari Angliyaning poytaxti London shahrida A.Beverij xonim tomonidan Haydarobod qo‘lyozmasi asosida chop qilingan edi. 1995-1996 yillari yapon olimi Eyji Manu “Vaqoyi” asari matnini to‘rtta turkiy va uchta forsiy qo‘lyozmalari asosida tuzib, unga mukammal ko‘rsatkichlarni alohida jild sifatida ilova qildi. Bu tadqiqotchi keyincha yapon tilida tarjima va ko‘rsatkichlarni ikki jildda chop etdi. Kirill-rus alifbosida 1948-1949 yillari ikki jildda S.Mirzayev va P.Shamsiyev tomonidan birinchi bor va 1960 yili bir jild sifatida chop qilingan edi. 2002 yili S.Hasanov tomonidan P.Shamsiyev, S.Mirzayev va Eyji Manu nashrlari asosida “Vaqoyi” asar matnini chop etdi. Ammo bular va boshqa nashrlar ushbu jahonga mashhur asarning asl nusxasining ilmiy akademik nashri emas. Garchi “Vaqoyi” asl nusxa matni ilmiy asosda tiklanmagan bo‘lsa-da, uni tarjima qilish, o‘rganish hali asar to‘la tugamasdan oldin boshlangan edi. Ilk marti “Vaqoyi” asarini fors tiliga tarjima qila boshlagan va bir qismini tarjima qilgan shaxs Boburning safdoshi va sadri Shayx Zayn Xavrfiy (vaf.1534 y.) edi. Asar butunlay tugamasdan turib, undan bir nusxani Bobur ko‘chirtirib Movarounnahrga jo‘natgan edi. “Vaqoyi” bilan tasodifan tanishgan Boburning chevarasi Sulton Salim, bo‘lg‘usi Jahongir otalig‘i, ma’naviy ustozi Qutbiddin Muhammad Beklarbegi o‘g‘li Behruzxon Navrangxondir. U Mirzo Poyanda Hasan G‘aznaviydan asarni fors tiliga 8 U. Uvatov, Abul Mu’iyn an-Nasafiy va uning asarlari. Imom al-Buxoriy saboqlari jurnali, 2001 yil, 3- son, 218-bet 23 tarjima qildira boshlaydi. Ammo tarjimon vafot etgach, Muhammad Quli Hisoriyni bu ishga jalb etib, 1586 yili tarjima nihoyasiga yetadi. Uchinchi marta “Vaqoyi”ni fors tiliga tarjima qilish tashabbuskori Boburning nabirasi Jaloliddin Muhammad Akbar (1556-1605 yy.) edi. U asarni Bayramxon o‘g‘li Abdurahimxonga tarjima qildirib, uning ko‘plab nusxalarini nafis mo‘jaz rasmlar bilan bezattirgan. Forsiy tildagi ushbu uchchala tarjima asl matnni tiklashda katta ilmiy ahamiyatga ega. “Vaqoyi” asari g‘arb olimlari ichida mashhur va juda katta obro‘-e’tiborga molik. Asar ingliz tiliga uch marta 1826, 1921 va 1990 yillari to‘la tarjima qilingan bo‘lsa, uning ixcham va qisqartirilgan nashrlari o‘n beshdan ziyoddir. Aytish mumkinki, so‘nggi ikki yuz yil davomida ingliz sharqshunoslari “Vaqoyi” asarini juda jiddiy o‘rganmoqdalar va maxsus Boburshunoslik ilmiy yo‘nalishiga asos solganlar. Asarning forsiy toshbosma matni ham mavjud. Kitob yana ikki marta fransuz tiliga, nemis, turk, yapon, hind, urdu, turk, qozoq tillariga tarjima qilingan. Umuman, sharq tarixiga oid asarlar ichida “Vaqoyi” bksak mavqega ega. Shunday tarixiy obida to‘g‘risida uch marta akademik S.Azimjonova tomonidan rus tilida kitoblar chop etilgan bo‘lsa-da, o‘zbek tilidagi tadqiqotlar asosan filologik yo‘yealishda amalga oshirilgan. “Vaqoyi” birinchi galda tarixiy manba va u boshqa soha mutaxassislari uchun ham bebaho obida va ibratli namunadir. Mavlono Nizomuddin Shomiy yoki mavlono Nizomuddin Shanbiy, Shanbi G‘ozoniy asli Tabrizning shimoli-g‘arbiy tarafida, undan ikki mil masofada joylashgan joyda tug‘ilgan tarixchi “Zafarnoma” asari bilan mashhur bo‘lgan. U 1393 yili Amir Temur xizmatiga qabul qilingan, 1404 yilgacha u bilan bo‘lib, sohibqironning harbiy yurishlarida voqeanavis va voiz mansabida ishtirok qilgan. 1402 yili Amir Temur unga o‘zining tarixini aniq va sodda tilda yozib berishni buyurgan. Nizomuddin Shomiy bu asarni 1402-1404 yillar orasida yozib tamomlagan. Asar jahongirning hokimiyat tepasiga kelishi (1370 yil.)dan to 1404 24 yilgacha bo‘lgan voqealarni o‘z ichiga oladi. “Zafarnoma” asari haqiqatan ham sodda tilda, ravon uslubda yozilgan, daliliy ma’lumotlarga boy. Lekin Amir Temur hayoti mazkur asarda birmuncha, Sharafuddin Aliga nisbatan kam, idealashtirilgan. Asar O‘zbekiston, Qozog‘iston, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarining XIV asr II- yarmi va XV asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o‘rganishda muhim va ishonchli manbalardan biri hisoblanadi. Nizomuddin Shomiy o‘z asarini yozishda G‘iyosidin Ali Yazdiyning ‘Ro‘znomayi g‘azavoti Hinduston’, Amir Temurning uyg‘ur kotiblari tomonidan yaratilgan ‘Tarixi xoniy’ va boshqa saroyda bitilgan kundaliklardan foydalangan. “Zafarnoma”yi Nizomuddin Shomiyning ikkita tarhriri mavjud: 1) 1404 yili Amir Temur Ozarbayjon yurishidan qaytganda unga taqdim etilgan nusxa. 2) Mironshohning o‘g‘li Мирзо Umarga (1404 yid 26 martda Amir Temur “Halokuxon taxti’ni , ya’ni G‘arbiy Eron hamda Ozarbayjonni in’om qilgan) paytida taqdim qilingan. U yuqorida qayd etib o‘tilgan birinchi nusxadan deyarli farq qilmaydi. Asar “Zafarnoma” deb ataladi. Unga ayrim uslubiy tuzatishlar kiritilgan va debocha hamda Mirzo Umarga bag‘ishlangan kichik bir ilova (zayl) qo‘shilgan. Shunga qaraganda, Nizomuddin Shomiy umrining so‘nggi yillarini Mirzo Umar xizmatida bo‘lgan va ona yurti Tabrizda istiqomat qilgan. “Zafarnoma”ning qo‘lyozma nusxalari Armaniston, Angliya, Fransiya, Iroq va Turkiya kutubxlnalarida saqlanmoqda. Asarning tanqidiy matni F.Tauer tomonidan 1937 va 1956 yillari Pragada chop etildi. 1996 yili Nizomuddin Shomiy “Zafarnoma” asarini Y. Hakimjonov tomonidan amalga oshirilgan forscha tarjimasi A.O‘rinboyev tomonidan tahrir qilinib nashr etildi. “Muntahab ut-tavorixi Mu’iniy” nomli Temuriylar davriga oid asar muallifi Mu’niddin Natanziydir. U Isfahon shahriga qarashli, undan qariyb yigirma farsah masofada joylashgan Natanz shahrida tug‘ilgan. Ch.A.Storining ma’lumotiga 25 qaraganda asli seistonlik bo‘lgan. Fors viloyatining hokimi Temuriy Iskandar Mirzo (Amir Temurning nabirasi, Umarshayxning o‘g‘li, 1415 yili inisi Boyqaro Mirzo tomonidan o‘ldirilgan) saroyida xizmat qilgan. Davlatshoh Samarqandiyning so‘zlariga qaraganda, ‘Mu’iniddin Natanziy Sulton Iskandar davrida Iroqi Ajam va Forsda shuhrat topgan olimlar va shoirlar jumlasidagn bo‘lib..., ilmda o‘z zamonasining yetakchisi edi va Mirzo Iskandarning maqoma va holati hamda tarixini yozgan. Muniddin Natanziy qalamiga mansub bo‘lgan va bizning zamonamizgacha yetib kelgan bu asarning aniq nomi ma’lum emas. U ilmiy jamoatchilik orasida ‘Anonim Iskandera’ nomi bilan mashhur. Asar 1413 yili yozib tamomlangan. Uning ikkinchi tahriri ham bo‘lib, ‘Muntaxab ut-tavorixi Mu’iniy’ (‘Mu’niniyning saylangan tarixi’) deb ataladi va Temurning o‘g‘li Shohruh Mirzoga bag‘ishlanadi 9 . Download 257.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling