Tense degan atama bilan ifodalanadi. Macmillian English Dictionary for Advanced Learners lug'atida zamon, ya'ni tense
The aim of the exhibition is to exchange
Download 1.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Hamdam Atajanov
The aim of the exhibition is to exchange experience.
5. Maqsadni ifodalash uchun: I went out to post the letter. Hamdam Atajanov 65 I am studying English to go to the USA. 6. Ot va olmoshdan keyin: I have a lot of work to do. (Bajariladigan ish koʻp) I've got a few people to see. (Uchrashadigan bir nechta odamim bor.) 7. Ba’zibir fe’llaridan keyin fe'l+soʻroq olmoshi+ to infinitive qurilmasida: Could you tell me how to get to the station? I didn't know what to do. 8. am/is/are+to infinitive qurilmasi kelajakda boʻladigan ish-harakatni bildiradi: He is to become mayor next month. 9. to be about+to infinitive qurilmasi yaqin kelajakda sodir boʻladigan ish-harakat uchun qoʻllaniladi. The plane is about to take off. Infinitiv ham aslida fe'l boʻlganligi uchun uni ham boʻlishsiz qilish mumkin. Bunday vaziyatda infinitiv oldidan not soʻzi qoʻllaniladi va oʻzbek tiliga -maslik qoʻshimchasi bilan tarjima qilinadi. We decided not to stay at home during the holiday. (Biz ta'til davomida uyda qolmaslikka qaror qildik.) We agreed not to tell anyone. (Biz hech kimga aytmaslikka qaror qildik.) I NFINITIV TALAB QILADIGAN FE ' LLAR agree rozi boʻlmoq, kelishmoq appear koʻrinmoq seek harakat qilmoq refuse rad qilmoq, bosh tortmoq seem koʻrinmoq, tuyulmoq fail uddasidan chiqolmaslik promise va'da bermoq pretend -dek koʻrinmoq beg yalinmoq threaten tahdid qilmoq afford qurbi yetmoq choose tanlamoq offer taklif qilmoq forget unutmoq expect kutmoq attempt harakat qilmoq learn (how) oʻrganmoq need kerak boʻlmoq manage uddasidan chiqmoq dare jur'at qilmoq wish tilamoq ask soʻramoq tend moyil boʻlmoq consent rozi boʻlmoq decide qaror qilmoq aim moʻljallamoq demand talab qilmoq plan rejalashtirmoq can't wait juda xohlamoq desire istamoq arrange belgilamoq, rejalashtirmoq hurry shoshilmoq hesitate ikkilanmoq hope umid qilmoq prepare tayyorgarlik koʻrmoq deserve loyiq boʻlmoq mean niyatda boʻlmoq strive harakat qilmoq struggle kurashmoq swear qasam ichmoq volunteer koʻngilli boʻlmoq claim da'vo qilmoq decline rad etmoq want xohlamoq happen sodir boʻlmoq Hamdam Atajanov 66 try urinmoq care qiziqmoq Yuqorida yulduzcha bilan belgilangan fe'llarga keyingi mavzularda alohida toʻxtalib oʻtiladi. Misollar: As it was late, we decided to take a taxi home. (Kech boʻlganligi tufayli uyga taksida ketishga qaror qildik.) They agreed to lend me some money when I told them the position I was. (Men ularga qanday sharoitdaligimni aytganimdan keyin, ular menga qarz berishga rozi boʻlishdi.) He pretended not to see me as he passed by. (U yonimdan otganda oʻzini meni koʻrmaganlikka oldi.) The teacher was very strict. Nobody dared to talk. (Oʻqituvchi juda qattiqqoʻl edi. Hech kim gaplashishga jur'at qilolmoasdi.) I NFINITIV SHAKLLARI Infinitiv gapdagi mazmuniga qarab 6 ta shaklda keladi. Quyidagi jadvalda to do fe'lining infinitiv shakllari berilgan. Simple infinitive (Active) simple continuous infinitive Simple infinitive (Passive) to do to be doing to be done Perfect infinitive (Active) Perfect continuous infinitive Perfect infinitive (Passive) to have done to have been doing to have been done Davomiy infinitiv davom etib turgan ish-harakatni bildirib to pretend/seem fe'llaridan keyin qoʻllaniladi. When I saw him, he pretended to be reading a book. (Uni koʻrganimda, u oʻzini kitob oʻqiyotgandek koʻrsatdi.) Perfekt infinitiv infinitivda ifodalangan ish-harakat tugallanganligi yoki ancha oldin sodir boʻlganligini koʻrsatadi. You seem to have lost weight. (Siz ozgan koʻrinasiz.) Majhul nisbatdagi infinitiv ish-harakat bajaruvchisi noma'lum yoki ahamiyatsiz ekanligini koʻrsatadi. This work needs to be done. (Bu ish bajarilishi kerak.) Infinitivning qolgan 2 ta shakli (Perfect continuous infinitive va Perfect infinitive (Passive)) juda kam qoʻllaniladi. You are tired. Was it hard to have been running all morning? (Butun ertalab yugurib yurish qiyin boldimi?) This book is thought to have been written in 15 th century. (Bu kitob 15-asrda yozilgan deb taxmin qilinadi.) V ERB + OBJECT + TO INFINITIVE want – xohlamoq expect - kutmoq would like - xohlamoq ask - soʻramoq mean - niyatda boʻlmoq would prefer - afzal koʻrmoq Yuqorida keltirilgan fe'llardan keyin ikkita qurilma qoʻllanishi mumkin: verb+to infinitive (Infinitivda ifodalangan ish-harakatni gapning egasi amalga oshiradi) He would like to come. (U kelishni xohlaydi) I asked to see the manager. We expected to be late. Hamdam Atajanov 67 verb+object 1 +to infinitive (Infinitivda ifodalangan ish-harakatni toʻldiruvchi amalga oshiradi.) He would like me to come. (U mening kelishimni xohlaydi.) I asked Tom to help. We expected him to be late. help fe'lidan keyin yuqoridagi holatlarda to+infinitive yoki infinitive qoʻllanishini mumkin. Can somebody help me (to) move this table? Quyidagi jadvalda keltirilgan fe'llar esa verb+object+to infinitive qurilmasida qoʻllaniladi. tell aytmoq warn ogohlantirmoq enable imkon bermoq order buyurmoq force majburlamoq teach oʻrgatmoq remind esga solmoq invite taklif qilmoq persuade koʻndirmoq get koʻndirmoq cause sabab boʻlmoq entitle huquq bermoq challenge chaqirmoq dare botinmoq convince ishontirmoq hire yollamoq urge undamoq instruct koʻrsatma bermoq require talab qilmoq Remind me to phone Ann tomorrow. He warned me not to touch anything. I got Jack to repair my car. Who taught you (how) to drive? Bu qurilmani majhul nisbatda ishlatilishiga e'tibor bering. I was warned not to touch anything. Quyidagi fe'llardan keyin ham ikki xil qurilma ishlatiladi. Agar bu fe'llardan keyin toʻldiruvchi (object) boʻlmasa, gerundiy qoʻllaniladi. Agar toʻldiruvchi boʻlsa, to infinitive qoʻllanishi lozim. allow ruxsat bermoq recommend tavsiya qilmoq permit ruxsat bermoq encourage ruhlantirmoq advise maslahat bermoq I wouldn't advise/recommend staying in that hotel. (Men anavi mehmonxonada qolishni maslahat/tavsiya qilmagan boʻlar edim.) I wouldn't advise/recommend you to stay in that hotel. (Men sizga anavi mehmonxonada qolishni maslahat/tavsiya qilmagan boʻlar edim.) They don't allow parking in front of the building. They don't allow people to park in front of the building. Yuqoridagi gaplarning majhul nisbatda qoʻllanishiga e'tibor beramiz: Parking isn't allowed in front of the building. (Gerundiy ega oʻrniga oʻtgan) You aren't allowed to park in front of the building. (Toʻldiruvchi ega oʻrniga oʻtgan) B UYUK FE ' LLAR ( VERB + OBJECT + BARE INFINITIVE ) Quyidagi fe'llar oʻzidan keyin bare infinitive (tosiz infinitiv ) boʻlishini talab qiladi. Bu fe'llar nutqda juda koʻp qoʻllanilgani bois, men ularni buyuk fe'llar metaforasi bilan atayman. make - majburlamoq let - ruxsat bermoq have - yollamoq, koʻndirmoq Hot weather makes me feel tired. (Issiq havo meni charchatadi.) 1 Object - bu ingliz tilida to'ldiruvchini bildiruvchi atamadir. Hamdam Atajanov 68 Her parents wouldn't let her go out alone. (Uning ota-onasi unga yolg'iz koʻchaga chiqishga ruxsat berishmaydi.) Let me carry your bag. I had Jack write all my notes. (Men Jekga hamma konspektlarimni yozdirdim.) I made him promise that he wouln't tell anyone what had happened. If you wait, I will have someone collect them for you. Majhul nisbatda: We were made to wait for two hours. Let's… - Keling… iborasidan keyin ham bare infinitive qoʻllaniladi. Let's go swimming tonight. (Kelinglar, bugun kechqurun choʻmilishga boramiz.) Why/Why not….? - Nimaga/Nimaga…emas? iborasidan keyin ham bare infinitive qoʻllanishi lozim. Why wait for them? Why not go to a restaurant tonight? (Nimaga kechqurun restoranga bormaymiz? (boraylik degan ma'noda) … anything but/… nothing but/except+bare infinitive qurilmasining ishlatilishiga ham e’tibor bering: He does nothing but yawn at the lessons. Agar ketma-ket bir nechta infinitiv qoʻllaniladigan boʻlsa, ikkinchi fe'l tosiz ishlatiladi. We decided to come and see you. Eslatma: dare fe’li modal fe’l sifatida qoʻllanilganda undan keyin bare infinitive qoʻllaniladi: They daren’t ask for any money. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling