try - urinmoq, harakat qilmoq ma'nosida
to+infinitive bilan qoʻllaniladi.
I tried to open the door but I couldn't.
(Men eshikni ochishga harakat qildim, ammo
qoʻlimdan kelmadi.)
Please try to be quiet when you come
home. Everybody will be asleep.
try - sinab koʻrmoq ma'nosida gerundiy bilan
qoʻllaniladi.
If you don't like Coca-Cola, try drinking Pepsi.
(Agar Koka-Kolani yoqtirmasang, Pepsi ichib koʻr.)
If the mashine doesn't work, try pressing the
green button again.
forget - esdan chiqarmoq, yoddan koʻtarilmoq
degan ma'nolarda to+infinitiv bilan qoʻllaniladi.
Ish-harakat bajarilmay qoladi.
I forgot to lock the door, it was left open.
(Eshikni kalitga yopish yodimdan koʻtarilibdi, u
ochiq qoldi.)
forget - unutmoq, esdan chiqarmoq degan ma'nolarda
avval sodir boʻlgan ish-harakatni eslay olmaylikni
bildiradi va gerundiy bilan qoʻllaniladi.
I forgot lending you any money. (Sizga qarzga
pul berganimni eslay olmayapman.)
stop - toʻxtamoq (biror ish qilish maqsadida)
ma'nosida to+infinitive bilan qoʻllaniladi.
He stopped to smoke. (U chekish uchun
toʻxtadi.)
After 2 hours we stopped to have a snack.
(Ikki soatdan keyin biz tamaddi qilib olish uchun
toʻxtadik.)
stop - toʻxtatmoq, tugatmoq (biror ish-qilishni) degan
ma'nolarida gerundiy bilan qoʻllaniladi.
He stopped smoking. (U chekishni
toʻxtatdi/tashladi.)
When she came in, we stopped talking.(U
kirganida, biz gaplashishni toʻxtatdik.)
need - kerak, lozim boʻlmoq ma'nolarida gapning
egasi shaxs (ish-harakat bajaruvchisi) boʻlganda
aniq nisbatda to+infinitive bilan qoʻllaniladi.
I need to get up early tomorrow. (Men
ertaga erta turishim lozim.)
Do'stlaringiz bilan baham: |