Tense degan atama bilan ifodalanadi. Macmillian English Dictionary for Advanced Learners lug'atida zamon, ya'ni tense
Download 1.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Hamdam Atajanov
G
ERUNDIY VA INFINITIV ( ARALASH HOLATLAR ) Ingliz tilida qaysi fe'ldan keyin gerundiy, qaysi fe'ldan keyin infinitiv ishlatilishining qat'iy qoidasi yoʻq. Ammo siz fe'lning ma'nosidan kelib chiqib, undan keyin nima qoʻllanishini bilib olishingiz mumkin. 1. Gerundiyda ifodalangan ish-harakat asosiy fe'l bilan bir vaqtda sodir boʻladigan yoki undan oldin sodir boʻlgan ish-harakatni ifodalaydi: I enjoy swimming. (bir vaqtda sodir boʻladi…suzayotganda zavqlanaman) I regret buying that coat. (sotib olish oldin boʻlgan…sotib olganimdan afsusdaman) 2. Infinitivda ifodalangan ish-harakat asosiy fe'ldagi ish-harakatdan keyin sodir boʻladigan ish-harakatni bildiradi. We hope to see you next week. (hozir umid qilaman seni keyingi hafta koʻrishga) We decided to buy a new house.(oldin qaror qildik, endi sotib olamiz) Quyidagi jadvalda bir necha fe'llarning ham gerundiy, ham infitiniv bilan qoʻllanish holatlarini koʻrib chiqamiz: remember - esga tushmoq (oldin esga tushib, keyin biror ish-harakatni bajarsak) remember+to infinitive qoʻllaniladi. I remembered to post the letter which was urgent. (…esimga tushdi va keyin xatni joʻnatdim.) remember - xotirlamoq, eslamoq (avval, oʻtmishda sodir boʻlgan ish-harakatni eslasak) remember+gerund shaklida qoʻllaniladi. I still remember walking with Jane along the river. (Men haligacha Jeyn bilan daryo boʻylab sayr qilganimni eslayman.) regret - afsusda boʻlmoq (biror xabarni aytishda qoʻllaniladi. to say/to tell/to inform/ to confirm/to report fe'llari bilan qoʻllaniladi.) regret - pushaymon boʻlmoq (avval qilingan ishdan afsusda boʻlish ma'nosida gerundiy bilan qoʻllaniladi) Hamdam Atajanov 69 I regret to tell you that your application hasn't been accepted. (Sizning hujjatingiz qabul qilinmaganligini aytishdan afsusdaman.) I regret being so rude to her. (Unga qoʻpol munosabatda boʻlganimdan pushaymonman.) He regrets buying an Opel. He would rather have bought a BMW. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling