sun - koʻtarilayotgan quyosh, a broken glass - singan stakan.
A broken glass was lying on the table.
The first rays of the rising sun lit up the top of the hill.
Ingliz tilida odatda sifatdoshning ikkita shakli qoʻllaniladi.
Participle I - hozirgi zamon sifatdoshi, ya'ni -ing qoʻshimchasi bilan tugaydigan sifatdoshlar: dancing,
talking, running, joining. Oʻzbek tiliga bu sifatdoshlar -adigan, -yotgan qoʻshimchalari bilan tarjima
qilinadi va aniq nisbatda qoʻllaniladi.
dancing girl - raqshga tushayotgan qiz
a road joining the two villages - ikkita qishloqni bog'lab turadigan, bog'laydigan yoʻl
Participle II - oʻtgan zamon sifatdoshi, ya'ni -ed qoʻshimchali yoki fe'lning III shakliga ega sifatdoshlar:
produced, made, broken, invited. Oʻzbek tiliga bu sifatdoshlar -ilgan, -ingan qoʻshimchalari bilan tarjima
qilinadi va koʻpincha majhul nisbatda qoʻllaniladi.
goods produced at this factory - bu fabrikada ishlab chiqarilgan (chiqarilayotgan) mahsulotlar
people invited to the party - ziyofatga taklif qilingan odamlar
Sifatdoshlar oʻzlari izohlab kelgan soʻzlardan oldin yoki keyin ham kelishlari mumkin. Otdan keyin kelgan
sifatdoshlar sifatdoshli birikmalar tarzida qoʻllaniladi.
The first rays of the rising sun lit up the top of the hill. (koʻtarilayotgan quyosh, oddiy sifatdosh, aniq
nisbatda)
The broken arm was examined by the doctor. (singan qoʻl, oddiy sifatdosh, majhul nisbatda)
The room facing the garden is much more comfortable than this one. (bog'ga qarab turgan xona,
sifatdoshli birikma, aniq nisbatda)
Hamdam Atajanov
80
Do'stlaringiz bilan baham: |