Tense degan atama bilan ifodalanadi. Macmillian English Dictionary for Advanced Learners lug'atida zamon, ya'ni tense


Passive and Active Voice(majhul va aniq nisbat)


Download 1.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/183
Sana22.04.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1378878
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   183
Bog'liq
Hamdam Atajanov

Passive and Active Voice(majhul va aniq nisbat)
Ingliz tilida asosiy ikkita nisbat mavjud boʻlib, ish-harakatning bajaruvchisi gapda ega boʻlib qatnashgan
gaplar (active voice) va ish-harakatning bajaruvchisi noma'lum yoki ikkinchi darajaga tushib qolgan
(passive voice) nisbatdagi gaplardir.
Oʻzbek tilida passive voice - majhul nisbat deb qabul qilinadi va shu eng maqbul variantdir. Ma'lumki,
majhul nisbatlarda ish-harakat bajaruvchisi noma'lum boʻladi yoki ikkinchi darajaga tushib qoladi.
Qiyoslash uchun misol:

Tom cleans the room every day. (Tom har kuni xonani tozalaydi….ish-harakatning bajaruvchisi, ya'ni
Tom gapning egasi va ish-harakat bajaruvchisi aniq)

The room is cleaned every day. (Xona har kuni tozalanadi….ish-harakatning bajaruvchisi gapda
noma'lum.)
Yuqoridagi misoldan ma'lum boʻladiki, majhul nisbatdagi gaplarda ish-harakatning bajaruvchisiga emas,
bajarilishiga asosiy e'tibor qaratiladi.
Hamma majhul nisbatdagi gaplarda to be + V
3 (ed)
qurilmasi boʻlishi shart. Bu yerda to be fe'li shaxsga va
zamonga qarab oʻzgaradigan qism, V
3 (ed)
shakli esa oʻzgarmas qism hisoblanadi.

English is taught all over the world.

Latin was taught at universities in the Middle Ages.

We will be taught Japanese next year.
Eslatma: DTM tomonidan tuziladigan testlarning ba'zilarida gaplarni aniq nisbatdan majhul nisbatga
oʻgirish misollari beriladi. Buning uchun aniq nisbatdagi gap quyidagi shartlarga javob bera olishi lozim.
1. Gapdagi fe'li oʻtimli (transitive)boʻlishi lozim.
2. Gapda toʻldiruvchi (object) qatnashgan boʻlishi lozim.
Fe'lning oʻtimli yoki oʻtimsiz ekanligini lug'atlardan bilib olishingiz mumkin. Oʻtimli fe'llar toʻldiruvchi talab
qiladi va qarshisiga [T], oʻtimsiz fe'llar toʻldiruvchi talab qilmaydi va qarshisiga [I] belgisi qoʻyiladi.
Oʻtimli fe'llarga misollar: to read, to bring, to kill, to tell…
Oʻtimsiz fe'llarga misollar: to cry, to rain, to sleep, to nod off
Aniq nisbat gapdagi toʻldiruvchi majhul nisbatdagi gapda ega oʻrniga chiqadi.


Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling