Tense degan atama bilan ifodalanadi. Macmillian English Dictionary for Advanced Learners lug'atida zamon, ya'ni tense
Download 1.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Hamdam Atajanov
interesting
interested qiziqarli qiziqqan confusing confused chalkash chalkashib ketgan boring bored zerikarli zerikkan embarrassing embarrassed xijolatli xijolatda qolgan, uyalgan tiring tired charchatadigan charchagan disappointing disappointed hafsalani pir qiladigan hafsalasi pir boʻlgan surprising surprised ajablanarli ajablangan horrifying horrified qoʻrqinchli qoʻrqqan amazing amazed taajjublanarli taajjubda terrifying terrified dahshatli, qoʻrqinchli dahshatda qolgan, qoʻrqqan amusing amused kulguli kayfiyati choq worrying worried tashvishli tashvishlangan shocking shocked hayratga soladigan hayratda annoying annoyed jig'iga tegadigan jig'ibiyron disgusting disgusted nafratlanarli nafratlangan exhausting exhausted holdan toydiradigan holdan toygan satisfying satisfied qoniqarli qoniqqan fascinating fascinated maftunkor maftun boʻlgan frightening frightened qoʻrqinchli qoʻrqqan exciting excited hayajonli hayajonda Hamdam Atajanov 81 Yuqoridagi sifatlarni umumiy qoidaga koʻra -ing bilan tugaydiganlari predmetlar uchun, -ed bilan tugaydiganlari shaxslar uchun qoʻllanilishini bilasiz. Ammo ba'zibir sifatlar (boring, interesting) shaxslarning belgisini ham bildirib kelishi mumkin. Our professor is very boring. I can't help sleeping at his lectures. Ot va artikl O TLARDA BIRLIK VA KO ʻ PLIK MASALASI Ingliz tilida otlarning birlik va koʻplik shakllari mavjud. Birlikdagi ot (singular noun) bitta shaxs yoki buyumni ifodalaydi. Birlikdagi ot oldidan bir yoki biror bir ma’nosida a/an noaniq artikli ishlatiladi. Koʻplikdagi ot (plural noun) ikki va undan ortiq shaxs yoki buyumni ifodalaydi. Otlarning koʻpligi bir necha yoʻllar orqali hosil qilinadi: 1. Otlarning koʻplik shakli birlikdagi otga -s/es qoʻshimchasini qoʻshish bilan yasaladi. Bunda birlikdagi ot oldidan keluvchi a/an noaniq artikli tushib qoladi. Singular noun Plural noun a book two books a bus some buses 2. Agar ot y harfi bilan tugagan va undan oldingi harf unli harf (a, o, u, e, i) boʻlsa, bunday otlarning koʻpligi -s qoʻshimchasini qoʻshish orqali yasaladi. unli harf +y → s a boy two boys a key keys a guy two guys a way ways a day days Agar ot y harfi bilan tugab, undan oldin undosh harf kelgan boʻlsa, y harfi i harfiga oʻzgaradi va keyin –es qoʻshimchasi qoʻshiladi. undosh harf + y → i + es a lady two ladies a copy two copies a secretary two secretaries 3. -sh/ -ch/ -ss/ -x/ -o/ -s harflari bilan tugagan otlarning koʻplik shakli ularga –es qoʻshimchasini qoʻshish bilan yasaladi. a dish two dishes a dress two dresses a tomato two tomatoes a watch two watches a box two boxes a bus two buses Ammo ingliz tiliga yunon va lotin tilidan kirib kelgan photo/piano/disco etc. soʻzlarining koʻplik shakli umumiy qoidaga koʻra yasaladi. a photo some photos a piano two pianos a video some videos a disco two discos a studio two studios a kilo two kilos 4. Agar ot -f/ -fe harflari bilan tugagan boʻlsa, koʻplik shaklida -s qoʻshilganda koʻrinishi -ves ga oʻzgaradi. a shelf two shelves a knife two knives a loaf loaves a thief Thieves Ammo quyidagi otlarning koʻplik shakli umumiy qoidaga koʻra yasaladi. a chief two chiefs a roof roofs a safe two safes a handkeirchief handkeirchiefs 5. Ba’zi otlarning koʻplik shakli qoʻshimcha qoʻshilmasdan oʻzakda oʻzgarish roʻy berishi bilan yasaladi. a man two men a woman two women a child two children an ox some oxen a foot two feet a goose two geese a mouse some mice a tooth two teeth 6. Ba'zi otlarning koʻplik va birlik shakllari bir xil. a deer some deer a sheep some sheep Hamdam Atajanov 82 a fish some fish an aircaft some aircraft a fruit some fruit a salmon some salmon 7. Qoʻshma otlarning koʻplik shakli ikkinchi otga koʻplik qoʻshimchasini qoʻshish bilan yasaladi. a toothbrush some toothbrushes a schoolboy some schoolboys Eslatma: Chiziqcha bilan yoziladigan qoʻshma otlarda koʻplik shakli quyidagicha hosil boʻladi: a custom-house two custom-houses a man-of-war two men-of-war a hotel-keeper two hotel-keepers a mother-in-law mothers-in-law 8. Ingliz tilida har doim koʻplikda qoʻllaniladigan otlar ham mavjud boʻlib, ular juft qismdan iborat predmetlardir (trousers/jeans/scissors/pyjames/glasses etc.). Bu otlar gapda qoʻllanganda koʻplikdagi fe’l va koʻplikdagi olmoshni talab qiladi. These trousers don't fit me . Where are my scissors ? I can't find them. Eslatma: Yuqoridagi otlar oldidan a pair of... (bir juft) soʻzini qoʻllashimiz mumkin. Bunday holatda ular birlikdagi otlar sifatida qoʻllaniladi va gapda birlikdagi fe’l hamda olmoshlar qoʻllanadi. These/those + doim koʻplikda qoʻllanuvchi ot + are/do A/this + pair of + doim koʻplikda qoʻllanuvchi ot + is/does These jeans don’t fit me This pair of jeans doesn’t fit me. 9. Quyidagi otlar ingliz tilida faqat koʻplikdagi otlar hisoblanadi va koʻplikdagi fe'l bilan qoʻllaniladi. belongings clothes congratulations earnings goods manners particulars riches surroundings savings thanks proceeds police cattle cast Most of the goods produced in this factory are exported. All their belongings have been destroyed. The police are investigating the case. My earnings aren't high but at least they are regular. 10. Quyidagi otlar esa s qoʻshimchasi bilan tugasa ham, birlikdagi otlar hisoblanadi va birlikdagi fe'llar bilan qoʻllanishi lozim. news economics linguistics mathemathics phonetics politics Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling