Tense degan atama bilan ifodalanadi. Macmillian English Dictionary for Advanced Learners lug'atida zamon, ya'ni tense
Download 1.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Hamdam Atajanov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Money
- A car
- Some people
accomodation
turar joy (a flat) scenery manzara (a view) information ma'lumot baggage yuk travel sayohat (a journey, a trip) news yangilik, xabar bread non weather ob-havo progress rivoj, olg'a siljish furniture mebel (a chair) advice maslahat (a suggestion) traffic qatnov (a car) Hamdam Atajanov 85 luggage bagaj, safar yuki behaviour xulq-atvor trouble tashvish (a problem) permission ruxsat chaos tartibsizlik work ish (a job) Yuqoridagi sanalmaydigan otlar oldidan noaniq artikl (a/an) qoʻyib boʻlmaydi va ularning koʻplik shakli yoʻq. Masalan: He gave me a good advice. (notoʻg'ri) He gave me some advices. (notoʻg'ri) He gave me some good advice. (toʻg'ri) Qoʻshimcha tarzda quyidagi sanalmaydigan otlarni keltirish mumkin: clothing kiyim-kechak jewellery zargarlik lightning chaqmoq meat goʻsht money pul rubbish ahlat shopping bozor-oʻchar soap sovun thunder momoqaldiroq toast qizdirilgan non equipment uskuna Don't trouble trouble, until trouble troubles you. (Tashvish sizni tashvishga solmaguncha, siz tashvishni tashvishga solmang.) Ingliz tilida money- pul sanalmaydigan ot ekanligidan deyarli hamma talabalar ajablanishadi. Pul bu yerda umumiy tushuncha sifatida qoʻllanilganini, biz sanaydigan pullar aslida qog'oz banknotalar ekanini tushunib olish kerak. Money is not everything. news soʻzi birlikdagi ot hisoblanadi va birlikdagi fe'l bilan qoʻllaniladi. No news is good news. (Xabar yoʻqligining oʻzi yaxshi xabar.) Yuqoridagi qoidalardan umumiy xulosalar chiqaramiz: I) Sanaladigan birlikdagi otlar umumiy ma'noda har doim a/an artikli bilan qoʻllanishi lozim. I have got a dog and a cat. A dog is an animal. II) Sanalmaydigan otlar oldidan umumiy ma'noda hech qanday artikl qoʻllanmaydi. Milk is white. I hate violence. III) Koʻplikdagi sanaladigan otlar oldidan umumiy ma'noda hech qanday artikl qoʻllanilmaydi. Dogs are animals. All cars have wheels. Eslatma: Otlarning umumiy ma'nosi deyilganda, otlarning aniq biri yoki aniq bir miqdori nazarda tutilmasdan, ular haqida umumiy fikr yuritilgan holatga yoki ma'nosiga aytiladi. Masalan: A car is a useful means of transport. (a car - xohlagan bir avtomobil) Cars have wheels. (cars - hamma avtomobillar) sugar - shakar (umuman predmet sifatida tushinilganda.) I don't like sugar. (Men shakarni yoqtirmayman.) Sugar is imported into our country. (Shakar bizning davlatga import qilinadi.) Hamdam Atajanov 86 S OME SO ʻ ZINING OTLAR BILAN QO ʻ LLANISHI some soʻzi sanaladigan koʻplikdagi otlar oldidan bir qancha, sanalmaydigan otlar oldidan biroz degan ma'nolarda muayyan miqdorni bildirib keladi. I have written some letters today. (Men bugun bir qancha xatlar yozdim.) I bought some sugar yesterday. (Men kecha biroz shakar sotib oldim.) some soʻzi ba'zi degan ma'noda ham qoʻllanishi mumkin. Bunday ma'noda u inkor gaplarda ham qoʻllana oladi. Some people like tea, some don't. (Ba'zi odamlar choyni yoqtirishadi, ba'zilari esa yoʻq.) Some birds, for example, penguins can't fly. (Ba'zi qushlar, masalan, pingvinlar ucha olishmaydi.) Otlarning umumiy ma'noda yoki cheklangan miqdorda qoʻllanilish holatlarini qiyoslaymiz. I hate writing letters. (Men xat yozishni yomon koʻraman, umumiy ma'noda.) I wrote some letters yesterday. (Men kecha bir nechta xat yozdim, bir nechta xat - muayyan miqdor ma'nosida). I don’t take sugar in coffee. (Men kofega shakar qoʻshmayman, umumiy ma'noda.) Can I have some sugar? (Biroz shakar olsam boʻladimi?, biroz shakar - muayyan miqdor ma'nosida) N OANIQ ARTIKLNING OTLAR OLDIDAN KELISH QOIDALARI Ingliz tilida noaniq artikl ikki xil (a/an) koʻrinishga ega. Noaniq artiklning otlar oldidan kelishi undan keyin unli va undosh tovush kelishiga qarab oʻzgaradi. Agar ot oldida belgini bildiruvchi sifat boʻlsa, artikl undan oldin keladi. a book - an interesting book a general - an unsuccessful general Eslatma: Ehtiyot boʻlish kerak boʻlgan holat bu - u, h va o harflari bilan boshlanadigan otlar oldidan noaniq artiklning kelishidir. Bunday vaziyatlarda birinchi harf qanday talaffuz qilinishiga e'tibor berish lozim. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling