Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi


Download 213.43 Kb.
bet21/100
Sana19.06.2023
Hajmi213.43 Kb.
#1604901
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   100
Bog'liq
1 курс 2 лекция

Tekshirish usullari va davolash: Elektrokardiografiya yurakdagi elektr protsesslarini grafik yo‘l bilan qayd qilib olish usulidir. Elektr impulsi sinus tugunidan kelib chiqib butun yurak bo‘ylab tarqalib borar ekan, uni elektrokardiograf xarakterli tishlari va oraliqlari bo‘ladigan elektrokardiogrammalar ko‘rinishida qayd qilib oladi, elektrokardiogrammaning mana shu tishlari bilan oraliqlari yurak bo‘lmalari bilan qorinchalarining qo‘zg‘alish va asliga kelish protsesslarini aks ettiradi. Elektrodlar bemor tanasi yuzasining qaysi joylariga qo‘yilishiga qarab elektrokardiogramma olishning uchta standart (asosiy) usuli – I, II, III usullari, bir qutbli uchta usul (aVL, aVR, aVF) va oltita ko‘krak usuli (V1–V6) tafovut qilinadi. Shu usullar yordamida miokardning u yoki bu qismida patologiya bor-yo‘qligi to‘g‘risida ma’lum axborot olinadi.
Fonokardiografiya yurakdagi tovush hodisalarini qayd qilish usulidir. Fonokardiografiyada tovush tebranishlari maxsus apparat– fonokardiograf yordamida fonokardiogramma ko‘rinishida yozib boriladi. Fonokardiograf mikrofon tovushlarini kuchaytiruvchi asbob va qayd qiluvchi qurilmadan iboratdir. Fonokardiogrammalar tinchlik sharoitlarida, bemorni yotqizib qo‘yib, nafas chiqarish mahalida nafasni tutib turib yozib olinadi. Yurak auskultatsiyasida qanday nuqtalardan foydalaniladigan bo‘lsa, mikrofon galma-galdan xuddi o‘sha nuqtalarga qo‘yib ko‘riladi. Normal fonokardiogramma I va II tonlarni aks ettiradigan tebranishlardan iborat bo‘ladi.
Yurakka zond solib ko‘rish yurak bo‘shliqlaridagi qon bosimini o‘lchashga, qonning kislorod va karbonat kislota bilan nechog‘li to‘yinganini aniqlashga, bevosita yurak bo‘shliqlarining o‘zida elektrokardiogramma bilan fonokardiogrammani qayd qilib olishga, angiokardiografiya o‘tkazishga imkon beradi. Yurakka zond solish ishi maxsus jarrohlik xonalarida bajariladi.
Angiokardiografiya yurak va tomirlar kasalliklari diagnostikasi maqsadida keng qo‘llaniladi. Bu usul shundan iboratki, o‘ng yurakka, keyin kichik qon aylanish doirasi (o‘pka)ga, so‘ngra chap yurak va aortaga o‘tadigan kontrast modda venadan yuboriladi. Yurak va yirik tomirlarning bir qancha suratlari olinib, tasviri tushiriladi.

Download 213.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling