Davolash. Stenokardiyani davosi og‘riq xurujining qanday sharoitlarda paydo bo‘lishi va nechog‘li zo‘rligiga bog‘liqdir. Ko‘k rak qisib qolgan mahalda nitroglitserin 1–2 tabletkasi til ostiga tashlanadi (0,5–1mg). Agar og‘riq butunlay o‘tmasa, 10–15 minut dan keyin nitroglitserin validol yoki valerianka bilan takror qabul qilinadi. Xurujlar oralig‘ida xurujlarning takrorlanishini, stenokardiya asoratlarini va kasallik rivojlanishini oldini oladigan dori vositalari beriladi. Dori vositalarining 5 ta gruppasi ajratiladi: nitratlarning ta’siri uzaytirilgan turlari, betta-adrenoblokatorlar, kalsiy antogonistlari, antiagregantlar, metaboliklar – bu dori vositalari bemorga individual holda buyuriladi.
Parvarish. Dori-darmonlar bilan qilinadigan davodan tashqari, bunday kasallarga parhezga amal qilib, yog‘lar, uglevodlar va osh tuzidan cheklab qo‘yish tavsiya etiladi.
Bemor bilan kasallikning mohiyati, davolanish natijalari haqida suhbatlashish zarur. Bemor qarindoshlari bilan ham kasallik xarakteri borasida suhbatlashish lozim. Stenokardiya xuruji paytida bemorga osoyishtalik yaratish, uni yotqizib qo‘yib, xonaga toza havo kelishini ta’minlash zarur. Bu holatlarda chalg‘ituvchi vositalar yaxshi effekt beradi (yurak sohasiga xantallar qo‘yish, chap qo‘lni tirsakkacha issiq suvga tushirish).
Profilaktikasi. Xurujlar ortiqcha his-hayajonlarga aloqador bo‘lsa, bemorni birmuncha tinchroq ishga o‘tkaziladi. Stenokardiya profilaktikasidagi muhim shartlarning biri ishda va turmushda qulay sharoit yaratishdir. Yetarlicha dam olishni tavsiya etish, uyqu buzilganida uxlatadigan va tinchlantiradigan dori vositalari buyuriladi. Organizmni chiniqtirish, gimnastika bilan shug‘ullanish o‘rinli, lekin gimnastika mashqlari jismonan uncha zo‘riqtirmasligi kerak. Bemorlarga sanatoriykurortlarda davolanish tavsiya etiladi.
2.3.1. Miokard infarkti kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi
Miokard infarkti deb, yurakdagi toj arteriyalardan birining birdan tiqilib qolishi natijasida ro‘y beradigan holatiga aytiladi. Bunda yurak muskuli nekrozga uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |