Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi


Gipertoniya kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi


Download 213.43 Kb.
bet27/100
Sana19.06.2023
Hajmi213.43 Kb.
#1604901
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   100
Bog'liq
1 курс 2 лекция

2.3.2. Gipertoniya kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi
Gipertoniya (xafaqon) kasalligi yurak qon-tomir tizimining kasalligi bo‘lib, ichki organlarning ma’lum bo‘lgan biror kasalligiga bog‘liq bo‘lmasdan turib arterial bosimning ko‘tarilib ketishi bilan xarakterlanadi, buyrak usti bezlari, gipofiz, buyrak va siydik yo‘llari kasalliklarida, aorta aterosklerozida, aortal klapanlar yetishmovchiligida, odam semirib ketgan va boshqa mahallarda ham arterial bosim ko‘tariladi. Biroq, bu hollarda arterial gipertoniya ikkilamchi xarakterga ega bo‘ladi.
Arterial gipertenziyaning arterial bosim darajasi bo‘yicha klassifikatsiyasi:

  • Normal arterial bosim – 140 – 90 dan past.

  • Oraliq zona arterial bosimi – 140–159/90–94.

  • Arterial gipertenziya – 160/95 mm sim.ust.

etiologiyasi. Arterial bosimning ko‘tarilishiga bir qancha omillar, birinchi galda asabiy, gemodinamik, gumoral va genetik omillar sabab bo‘ladi. Asabiy omil gipertoniya kasalligining kelib chiqishidagi asosiy sabablarning biridir. Asablarga zo‘r kelishi va ko‘p hayajonlanish natijasida arterial bosimning ko‘tarilishi yurakdan ko‘p qon otilib chiqishiga olib keladi. Bu esa sistolik bosimning ko‘tarilishiga olib keladi. Gipertoniya paydo bo‘lishiga olib boradigan gumoral omillar buyraklarda ishlanib chiqadi. Buyraklarda ishemiya bo‘lib turgan paytda uzoq davom etadigan gipertoniya paydo bo‘ladi. Buyraklarda qon aylanishi buzilganda tomirlarni toraytiruvchi renin hosil bo‘ladi. Gipertoniya kasalligining paydo bo‘lishida ovqat omillari ham ahamiyatga ega. Osh tuzini, hayvon yog‘larini ko‘p iste’mol qiladigan odamlarda arterial bosim birmuncha yuqori raqamlarda bo‘ladi. Irsiy moyillik ham kasallikning avj olishiga sabab bo‘ladi. Bu moddalar almashinuvining bir tipda bo‘lishiga bog‘liq, shu narsa arterial bosimni idora etib turadigan moddalar ishlanib chiqishida o‘xshash o‘zgarishlar ro‘y berishiga olib keladi.
Klinikasi va kechishi. Gipertoniya kasalligining kechishi uchta bos qichga bo‘linadi:

Download 213.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling